Microsoft Word Pochta aloqalari doc


Bildirishnomalarga ishlov berish va uni pochta jo‘natmalari



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

2.6.3 Bildirishnomalarga ishlov berish va uni pochta jo‘natmalari 
hamda pul o‘tkazmalarini jo‘natuvchilarga topshirish 
 
Tezkor (telegraf) pul o‘tkazmasini qabul qiluvchi joyning aloqa 
xodimlari tezkor (telegraf) yoki olinganligi to‘g‘risidagi pochta 
bildirishnomani olishlari bilan jo‘natuvchi tomonidan to‘ldirilgan 119-
shakldagi bildirishnoma blankasini topib, pul o‘tkazmasi kimga va 
qachon to‘langanini ko‘rsatadilar. Bu belgini pochta aloqasi hududiy 
tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, 
pochtamt)ni nazorat qiluvchi shaxs yohud pochta aloqasi obyekti (aloqa 
bo‘limi)ning boshlig‘i (o‘rinbosari) imzolaydi, shundan so‘ng 
bildirishnomaga taqvim tamg‘a izi tushiriladi va pul o‘tkazmasining 
jo‘natuvchisiga eltib beriladi. Pul o‘tkazmasi to‘langan joydagi pochta 
aloqasining hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlaridan 
olingan bildirishnomalari alohida tikib qo‘yiladi. 
Agar tezkor (telegraf) bildirishnoma tezkor (telegraf) pul 
o‘tkazmasini qabul qilgan pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta 
aloqasi obyektiga kelib tushsa, jo‘natuvchi ushbu pochta aloqasi 
hududiy tashkilotlaridan yoki pochta aloqasi obyektlarining eltib berish 
hududidan tashqarida yashasa, bu bildirishnoma tegishli manzilga 
yuboriladi. 119-shakldagi bildirishnoma telegrammani yuborish vaqti 
to‘g‘risidagi belgi bilan, pul o‘tkazmasi qabul qilingan pochta aloqasi 
hududiy tashkilotida yoki pochta aloqasi obyektida qoladi va jo‘natilgan 
pul o‘tkazma telegrammasi bilan birga saqlanadi. 
119-shakldagi bildirishnoma blankasining manzilini ko‘rsatuvchi 
tomonining pastki o‘ng burchagida ularning kelgan kun sanasining 
taqvim tamg‘a izi tushiriladi. Eltib berish uchun topshirishdan avval 
pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta 
aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ni nazorat qiluvchi shaxs yohud pochta 
aloqasi obyekti (aloqa bo‘limi)ning boshlig‘i (o‘rinbosari) bildirishnoma 
blankalarining to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini sinchliklab tekshirishi 
kerak. Rasmiylashtirilmagan yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan 
bildirishnoma blankalari bo‘yicha xodimning aybiga ko‘ra yaroqsizlikka 
yo‘l qo‘ygan pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi 


 
111
obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ning hisob raqamlarini 
qo‘yib darhol bildirishnoma blankasiga kiritiladigan zarur ma’lumotlarni 
aniqlash uchun telegraf so‘rovi jo‘natiladi. 
Rasmiylashtirilmagan yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan bildiri-
shnoma blankalarini jo‘natuvchilarga topshirish qat’iyan man etiladi.  
Agar tezkor (telegraf) pul o‘tkazmasining to‘langanligi to‘g‘-
risidagi tezkor (telegraf) bildirishnoma pul o‘tkazmasi to‘langan kundan 
boshlab 5 kun davomida olinmasa, u holda manzilining pochta aloqasi 
hududiy tashkilotiga yoki pochta aloqasi obyektiga telegraf so‘rovi 
jo‘natiladi. 
Tezkor (telegraf) pul o‘tkazmasini olinganligi to‘g‘risidagi pochta 
bildirishnoma olinmaganda, pul o‘tkazmasini to‘lash uchun zarur 
muddat va bildirishnoma blankasi pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki 
pochta aloqasi obyekti manzilida berilgan joyga o‘tkazish uchun zarur 
bo‘lgan muddat tugagandan so‘ng, manzilining pochta aloqasi hududiy 
tashkiloti yoki pochta aloqasi obyektiga pochta orqali so‘rov yuboriladi. 
Jo‘natuvchi pochta jo‘natmasi yoki pul o‘tkazmasini qabul qilgan 
pochta aloqasi hududiy tashkiloti yohud pochta aloqasi obyektiga 
bildirishnomani olmaganligi to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganida, 
pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti pochta 
jo‘natmasi yohud pul o‘tkazmasi va bildirishnomani o‘tkazishning 
nazorat muddatlari tugagandan so‘ng, pochta jo‘natmasi topshiriladigan 
yoki pul o‘tkazmasi to‘lanadigan sanani tezda aniqlash va natijasini 
arizachiga ma’lum qilish choralarini ko‘rishga majburdirlar. 
 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish