97
amalga oshirilishini tekshirish uchun pochta aloqasi obyektlariga
kirishga ruxsat beriladi.
Harbiy pochta jo‘natmalari va pul o‘tkazmalarini qabul qilishda
quyidagilarga amal qilinishi zarur:
a) harbiy qism va muassasalarga mo‘ljallangan joy manzilini
ko‘rsatgan holda (masalan: 100170, Toshkent 170, 14016 harbiy qism,
Baxtiyor Tursunovich To‘xtaevga), barcha turdagi pochta jo‘natmalari, shu
jumladan, tezkor (telegraf) pul o‘tkazmalari
ham qabul qilinadi;
b) ro‘yxatga olinadigan harbiy pochta jo‘natmalari faqat olinganligi
to‘g‘risidagi buyurtmali va oddiy bildirishnomalari bilan qabul qilinadi.
Harbiy xizmatchilarning oddiy xatlari va pochta varaqchalari (pulli
va bepul) harbiy pochtalyonlar tomonidan pochta qutilariga solinmaydi,
balki ular tomonidan pochta aloqasi obyektlariga topshiriladi.
Manzili ko‘rsatilmagan harbiy qismlar va muassasalar manziliga
yuborilgan pochta jo‘natmalari jo‘natuvchiga «Manzili noto‘g‘ri
ko‘rsatilgan» belgisi bilan qaytarilishi, jo‘natuvchining manzili
ko‘rsatilmaganda esa, tarqatilmaganlar qatoriga topshirilishi lozim.
Harbiy qism va muassasalarga faqat shahar aloqa bo‘limi
raqamini
ko‘rsatmasdan manzillangan pochta jo‘natmalari manzili bo‘yicha xech
qanday to‘siqlarsiz yo‘llanadi. Bunday pochta jo‘natmalari yuborilgan
joydagi harbiy qism axtarib topilmagan hollarda Pochta aloqasi
felyd’egerlik bog‘lamasi (bundan keyin matn bo‘yicha PAFB)ga
yuboriladi.
Harbiy pochta jo‘natmalari PAFBga, yo‘llash rejasiga muvofiq
muhrlangan qoplarda yuboriladi.
Muddatli xizmatdagi askar, matros, serjantlar nomiga jo‘natiladigan
og‘irligi 20 g gacha bo‘lgan oddiy xatlar va pochta varaqchalari bepul
jo‘natiladi. Ushbu harbiy xizmatchilar tomonidan jo‘natiladigan og‘irligi
20 g gacha bo‘lgan oddiy xatlar va varaqchalar
konvert yoki pochta
varaqchasi ustida
«Muddatli harbiy xizmatchining xati. Bepul» yozuvli
maxsus uchburchakli tamg‘a izi mavjud bo‘lgan hollarda, jo‘natma bepul
yuboriladi.
Bunday tamg‘a izi tushirilmagan xat va pochta varaqchalari kelgan
manziliga qaytariladi, u bo‘lmaganda esa – tarqatilmaganlar soniga
kiritiladi. Og‘irligi 20 g dan ortiq bo‘lgan
oddiy xatlar, shuningdek, harbiy
xizmatchilar nomiga va ular tomonidan jo‘natiladigan oddiy banderollar,
buyurtmali va sug‘urta pochta jo‘natmalari, belgilangan tarif bo‘yicha haq
to‘lash bilan umumiy asoslarda qabul qilinadi.
98
Praporshchiklar, michmanlar, zobitlar, generallar,
harbiy qism
shtablari (harbiy muassasalar va bilim yurtlari) tomonidan jo‘natiladigan,
shuningdek ularga manzillangan barcha pochta xat-xabarlari umumiy
asoslarda amaldagi tariflar bo‘yicha to‘lanadi.
Harbiy qismlar va muassasalarga hamda ularning shaxsiy tarkibiga
manzillangan oddiy va buyurtmali jo‘natmalar, shuningdek qiymati e’lon
qilingan xatlar, qiymati e’lon qilingan banderollar, posilkalar va pul
o‘tkazmalari (talonlari bilan birga) pochta aloqasi hududiy tashkilotlari
yoki pochta aloqasi obyektlaridan harbiy
pochtalyonlarga yohud qism,
muassasalarning vakillariga beriladi.
Pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyektining
rahbari harbiy qismlar va muassasalar qo‘mondonligi bilan birgalikda
harbiy pochtalyonlarning pochta jo‘natmalari hamda pul o‘tkazmalarini
olishlari va topshirishlari uchun kelish muddatlarini belgilaydilar.
Belgilangan muddatlarning buzilish hollari to‘g‘risida qism
qo‘mondonligiga xabar qilinadi.
Harbiy pochtalyon harbiy qism (muassasa)ning pochtasini qabul
qilish huquqini beruvchi, qism qo‘mondoni tomonidan imzolanib,
gerbli
muhr izi bilan tasdiqlangan va
quyidagi shaklda tuzilgan ishonchnomaga
Do'stlaringiz bilan baham: