2010 yil 16 mayda uch yuz ming so‘m oldim
Niyozova
(imzo)
Operator to‘ladi Karpova
(imzo)
21-rasm. Pul o‘tkazmasi to‘lovi uchun dalolatnomaning namunasi
.
– Hisobotni qabul qiluvchi aloqa xodimi: to‘langan pul o‘tkazmalari
hamda ularga tegishli xabarnomalarning soni va summasini, pul
o‘tkazmasi blankalarida oluvchilarning pul olganliklari to‘g‘risidagi
tilxatlari, shuningdek pul o‘tkazmasini to‘lagan aloqa xodimining imzosi
borligini tekshirishi;
– pullarni va to‘lanmagan pul o‘tkazmalarini, ularning
to‘lanmaganlik sababi to‘g‘risidagi belgilarning borligini tekshirib qabul
qilishi, to‘langan pul o‘tkazmalariga yopishtirilgan markalarga taqvim
tamg‘a izini tushirish;
90
– to‘langan pul o‘tkazmalarining soni va summasini, qaytarilgan
to‘lanmagan pul o‘tkazmalarining soni, shuningdek qaytarilgan pullarning
summasini 55-shakldagi daftarga yozishi kerak. Hisobotni qabul qiluvchi
aloqa xodimi va pul o‘tkazmalarini to‘lagan aloqa xodimi yozilgan
yozuvlarning to‘g‘riligini tasdiqlab imzo qo‘yadilar.
Operatsiyalar tugagandan so‘ng to‘lanmagan pul o‘tkazmalari
blankalari va pochta jo‘natmalari saqlanadigan qutisi yopiladi va
ta‘minlangan tartibda saqlanadi.
Pul to‘langandan so‘ng har bir pul o‘tkazmasi 10-shakldagi
reestrga yoziladi, u davrlar bo‘yicha 1 dan 15 gacha va 16 dan 30 (31)
gacha bo‘lgan kunlar uchun ikki nusxada olib boriladi. Pochta aloqasi
hududiy tashkiloti bilan kelishilgan holda PO‘NQM 10-shakldagi
reestrlarni olib borishni o‘n kunlik, besh kunlik bo‘yicha yoki har kuni
amalga oshirilishini belgilab qo‘yishi mumkin. Reestrga pul
o‘tkazmalari nusxa ko‘chiruvchi qog‘oz bilan yoziladi.
Reestrning yuqori qismiga pochta aloqasi obyektining nomi va
reestr yuritilayotgan hisobot davri ko‘rsatiladi. Reestrning har bir
varag‘ini birinchi nusxasida nazorat-geralydli muhr izi tushiriladi.
Reestrning har bir varag‘ini yuqorisida pul o‘tkazmalari to‘langan kun
va oy ko‘rsatiladi.
10-shakldagi reestr bo‘yicha pul o‘tkazmalarini tartib bo‘yicha
raqamlash PO‘NQMga nazorat uchun hisobotlarni jo‘natish davrlari
bo‘yicha olib boriladi.
Bank orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘langan va pochta-kassa
apparati, elektron majmuada rasmiylashtirilgan pul o‘tkazmalari 10-
shakldagi alohida reestrga umumiy soni bilan yoziladi. Reestrning
yuqori qismiga «Bank orqali pul o‘tkazilgan» yozuvi yoziladi. 10-
shakldagi reestrlarning nusxalari bir to‘plamga tikib yig‘iladi.
10-shakldagi reestrga pul o‘tkazmalari yozilib borgan sari
to‘langan pul o‘tkazmalari summalarining betma-bet yakunlari
hisoblanib, ular reestrning har bir beti oxirida o‘sib boruvchi yakun
ko‘rinishida raqamlar bilan ko‘rsatiladi. Ish kuni (smena) tugagach 10-
shakldagi reestrga (agar bittadan ortiq pul o‘tkazmasiga pul to‘langan
bo‘lsa) to‘langan pul o‘tkazmalarining soni va summalarning (raqamlar
bilan) yakuni hisoblanadi. Bu yakunlar reestrga nusxa ko‘chiruvchi
qog‘oz bilan yoziladi va pul o‘tkazmalarini to‘lagan aloqa xodimining
va nazorat qiluvchi shaxsninng (ularning lavozimlarini ko‘rsatgan holda)
imzolari bilan tasdiqlanadi.
91
Kun davomi (smena)da to‘langan pul o‘tkazmalari soni va
summasi bo‘yicha hisoblanadi, 10-shakldagi reestrda ko‘rsatilgan
yakunlar bilan taqqoslanadi, bank orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lan-
gan pul o‘tkazmalari esa, bundan tashqari, to‘lov topshiriqnomasining
uchinchi nusxasida ko‘rsatilgan yakunlar bilan solishtiriladi.
Hisobot davri tugagandan so‘ng, 10-shakldagi reestrlarda ish kuni
(smena) yakunidan keyin butun hisobot davri uchun to‘langan pul
o‘tkazmalarining soni, summasi raqamlar bilan yozilib, keyin so‘zlar
bilan takrorlanadi. Yakunlar nazorat qiluvchi shaxsning imzosi bilan,
yakunlarning pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi
obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt) shaxsiy to‘lovi hisobot-
larining davrlari bo‘yicha buxgalterlik hisobi yakunlariga muvofiq
kelishi esa bosh buxgalter (uning o‘rinbosari) imzosi bilan tasdiqlanadi.
Aloqa bo‘limlarida yakunlar bo‘lim boshlig‘ining imzosi bilan, bir oylik
yakunlar esa, bundan tashqari pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki
pochta aloqasi obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ning bosh
buxgalteri (uning o‘rinbosari) imzosi bilan tasdiqlanadi.
Pul o‘tkazmalari bir necha kassalarda to‘lanadigan pochta aloqasi
hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyektlari (pochta aloqa
bog‘lamalari, pochtamt)da asosiy kassa bo‘yicha yakunlardan so‘ng
boshqa kassalarda to‘langan pul o‘tkazmalarining umumiy soni va
summasi alohida, shuningdek bank orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan
to‘langanlari alohida ko‘rsatiladi.
Oy oxirida 10-shakldagi reestrda to‘langan pul o‘tkazmalarining
soni va summasi quyidagi tartibda yakunlanadi: avval oxirgi hisobot
davri uchun yakuni, keyin esa, bir oy uchun umumiy yakuni yoziladi.
To‘langan pul o‘tkazmalarini va ularga tegishli xabarnomalarni
nazorat qiluvchi aloqa xodimi tekshirishi kerak.
Tekshirilgan to‘langan pul o‘tkazmalari, 10-shakldagi reestrlar va
xabarnomalar ta‘minlangan tartibda saqlanadi.
Kelgan 114-shakldagi tezkor (telegraf) pul o‘tkazmalari nazorat
qiluvchi aloqa xodimi tomonidan 20-shakl nazorat daftaridagi yozuvlar
va keluvchi pul o‘tkazma telegrammalari bilan solishtiriladi. 114-
shakldagi tekshirilgan pul o‘tkazmalari har kuni oy mobaynida kelish
tartibida to‘plam qilib tikiladi.
Noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan pul o‘tkazmalari ularni qabul qilgan
joydagi pochta aloqasi hududiy tashkilotiga yoki pochta aloqasi
obyektiga qaytarilishi mumkin emas.
92
Bunday pul o‘tkazmalari pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki
pochta aloqasi obyektining boshlig‘i (o‘rinbosari)ga beriladi, u
qoidabuzarlikning turiga qarab, ularni to‘lash imkoniyati haqidagi
masalani mustaqil hal qiladi.
To‘lash ruxsat etilmagan pul o‘tkazmalari nazorat qiluvchi shaxsda
saqlanadi. Aloqa bo‘limlari yozishmalarni mustaqil ravishda olib
boradilar.
Ushbu pochta aloqasi obyektiga adashib kelgan pul o‘tkazmalari
tamg‘alanadi va darhol manziliga qayta jo‘natiladi.
Hisobot davri tugagandan so‘ng, pochta aloqasi obyektlari (aloqa
bo‘limlari) 5-shakldagi daftarlar, 103-shakldagi ro‘yxatlar, 10-shakldagi
reestrlar va to‘langan pul o‘tkazmalarini pochta aloqasi obyekti (pochta
aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ga ular tomonidan belgilangan muddatlarda
PO‘NQMga jo‘natadilar.
Pochta aloqasining hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi
obyektlari (pochta aloqa bog‘lamalari, pochtamtlar) pul o‘tkazmalarini
to‘lash bo‘yicha o‘z hisobotlarini PO‘NQMga pochta aloqasi obyektlari
(aloqa bo‘limlari)ning hisobot davrlari bo‘yicha tekshirilgan hisobotlari
bilan birga, pul o‘tkazmalari (5-shakldagi daftar va 103-shakldagi
ro‘yxatlar)ni qabul qilish bo‘yicha esa – oxirgi hisobot davri uchun pul
o‘tkazmalarini to‘lash bo‘yicha hisobotni bir oyda bir marta jo‘natadi.
Hisobotlarni nazoratga jo‘natish PO‘NQM tomonidan belgilangan
va pochta aloqasining hududiy tashkilotlarida tasdiqlangan muddatlarda,
uning PO‘NQM ga kelgan kunini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
PO‘NQM ko‘rsatmasiga ko‘ra pul o‘tkazmalarini katta miqdorda
qabul qiluvchi va to‘lovchi viloyat markazlari, Toshkent va Nukus
shaharlari pochta aloqasining hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi
obyektlari (pochta aloqa bog‘lamalari, pochtamtlar) uchun 10-shakldagi
reestrlar bilan birga nazoratga jo‘natish o‘n kunlik yoki besh kunliklar
bo‘yicha belgilanishi, 5-shakldagi daftarlarni 103-shakldagi ro‘yxatlar
bilan birga jo‘natish esa oyda ikki marta qilib belgilanishi mumkin.
Pochta-kassa apparati, elektron majmuadan foydalanib pul
o‘tkazmalari qabul qilinadigan va to‘lanadigan pochta aloqasining
hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlaridan perfolentalar
(disketlar yoki boshqa axborot tashuvchilar) ma’lumotlarni to‘plash,
tayyorlash va uzatish punktlari (MTTUP)ga jo‘natiladi, keyin esa bu
ma’lumotlar PO‘NQMga jo‘natiladi.
93
Xalqaro pochtamt PO‘NQMga kelgan sug‘urtali qoplarni
belgilangan muddatlarda eltib beradi va shu bilan bir vaqtda
PO‘NQMdan jo‘natilayotgan sug‘urta pochtani qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |