Buxoro Davlat Universiteti “Pedagogika va psixologiya” yo’nalishi 4-1 PPs-19 guruh talabasi Niyozova Zarinaning
Buxoro shahar Xalq ta’limi bo’limiga qarashli pedagogika kollejida o’tagan amaliyot
Hisoboti
Men Karimova O‘g‘iloy 4-1 PPs-19- guruh talabasi 26-aprel kuni Buxoro Pedagogika kollejiga amaliyot o’tash uchun keldim. Kollejda meni kollej direktori Adizova D. va kollej psixologi Mo‘minova Nargiza kutib oldilar. Kollej direktor o’rinbosari kollejdagi ichki tartib-qoidalar bilan meni tanishtirdilar. So’ng menga yuklatilgan vazifalarni aytib, meni kollej psixologi Mo‘minova N. ga biriktirdilar.Mo‘minova N. dars o’tish ishchi dastur tuzish, taqvimiy rejalar, guruh bilan ishlash, tarbiyaviy soat ishini qay tarzda tashkil etish va o’qituvchilarni pedagogik va psixologik o’rganishlar haqida tushuntirish berdilar.
Har kuni psixolog bilan 1 ta guruhga kirib, trening, mashq, metodikalar bajardik. Bu ko’pincha kunning yarmigacha bajarilar edi, ikkinchi yarmida esa o’quvchilarga berilgan metodikalarni psixolog bilan birga tahlil qildik.
Har kuni fanlargan dars tahliliga kirdim. Psixologiya,Maktabgacha ta‘lim pedagogikasi, Davlat talablari va MTT o‘quv dasturi, tasviriy faoliyat metodikasi, Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi,MTT pedagogikasi, Badiiy ijodiy faoliyat, Bolalar adabiyoti va ifodali o‘qish , Defektologiya fanlaridan dars tahlillariga kirdim. Fan o’qituvchilari darslarni juda qiziqarli, aniq ma’lumotlar bilan o’tdilar. Darslarni o’qituvchilar juda katta mahorat bilan, pedagogik nazokat bilan juda qiziqarli va katta bilimga boy qilib o’quvchilarga yetkazishar edi. Kollej o’quvchilarining ko’pchiligi aqlli, odobli va a’lo baholarda o’qiydigan talabalarni tashkil qilardi. Darslar juda qizg’in, savol-javobga boy va eng asosiysi pozitiv kayfiyatda o’tdi. Men amaliyot davomida1-20, 11-20, 4-20, 9-20, 8-20, 5-20, 3-20 -guruhlarida o’tkazilgan psixologik trening, mashq va metodikalarda qatnashdim.
Amaliyot davomida “Biz erta turmush qurishga va qarindoshlar orasidagi nikohga qarshimiz” mavzusida seminarda, “Hayot go’zal-yashash zavqli” aksiyasi, “Biz zo’ravonlikka qarshimiz” aksiyasi, “Sog’lom oila-sog’lom bola” aksiyasi, “Baxtli yaxshashning 100 siri” aksiyasida ishirok etdim.
Guruh o’quvchilari bilan “Mavjud bo’lmagan hayvon metodikasi”, Xavotirlanish darajasini aniqlash metodikasi, Shaxsning depressiv holatini diagnostika qilish metodikasi va “Ushlab qol va olib qoch”, “Abraka-dabra” “Muammoli vaziyat”, “Intervyu”, “Chigal”, “Stressdan ehtiyot bo’ling” treninglarini o’tkazdik. O’quvchilarning ota-onalari bilan “Men- bolaman” treningi va Bolalar tarbiyasi bo’yicha ota-onalar uchun individual maslahatlarda qatnashdim.
Tarbiya fanidan Psixologik madaniyat va psixologik salomatlik bilim-ko’nikmalari mavzusida tadbir o’tkazdik.
Buxoro shahar pedagogika kolledji direktori: Adizova D. Amaliyotchi talaba:Niyozova Zarina
Do'stlaringiz bilan baham: |