Mavzu: Psixologik trening haqida umumiy tushuncha.
Mashg`ulot shakli: Obzorli-ma`ruza
tushunib olish, esda qolishi kerak bo`lgan
bilimlar,
ilmiy
ma’lumotlarni
zahirasini
talabalarga
bayon
etish
va
tushuntirishga qaratilgan.
Ma’ruza mashg`uloti rejasi:
1.Psixologik faoliyatda guruhiy jihatdan ishlashning tarixi.
2.Sotsial psixologik trening hakida umumiy tushuncha. “Trening”, “Guruhiy psixologik
faoliyat”, “Guruhiy psixoterapiya”, “Psixoterapevtik guruh” tushunchalarning mazmuni va
bog`liqligi.
3. Sotsial psixologik treningni asosiy tiplari va ko`rinishlari. Guruh ko`rinishlari.
Psixologik faoliyatda guruhiy usulning afzalliklari va kamchiliklari.
Mavzuga oid asosiy tushunchalar:
Ijtimoiy-psixologik trening, treninglarning vazifalari,
“qayta aloqa”, tashkil etish bosqichi, boshlang’ich bosqich, ishni olib borish bosqichi, yakunlash
bosqichi.
Tayanch so`z va iboralar;
Trening, predmet, ob`ekt, maqsad, vazifa, muloqotchanlik, shaxsning ichki holati, kayfiyat,
do’stona muhit,
qayta aloqa.
O’quv mashg’ulotining maqsadi:
O’quv kursi bo’yicha umumiy tushuncha berish. Talabalarning psixologik trening
asoslari
fanining predmeti, maqsad va vazifalari, fanlar tizimidagi o’rni haqidagi bilimlarini
kengaytirish va mustahkamlash. psixologik trening asoslari fan sifatida vujudga kelishi,
rivojlanishi, uning metodlari, treningning o`ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berish.
1-savoli bayoni
Ta’lim-tarbiya jarayonida shaxsni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga
alohida e’tibor qaratiladi. Har bir inson o’z hayot faoliyati davomida turli voqea va hodisalarning
guvohi bo’ladi.
Bunday holatlar albatta, uning psixologiyasiga ta’sir etmasdan qolmaydi.
Taassurotlar esa har doim ham ijobiy tomonga boravermaydi, uning almashinib turishi tabiiy hol.
Shunga qaramasdan, odam o’z faolligini oshirib, maqsad sari intilishga harakat qilishi lozim.
Buni amalga oshirish uchun ijtimoiy psixologik trening mashg’ulotlari samarali natijaga erishish
imkonini yaratadi.
Keyingi yillarda jamiyatdagi insonlar salomatligi muammosi davlat siyosati darajasiga
ko’tarilishi bilan birga quvonarli hol shundan iboratki, har bir kishi o’z
salomatligiga nisbatan
ongli ravishda munosbatda bo’lmoqda. Salomatlik deganda nafaqat jismoniy, balki har
tomonlama, ya’ni ham jimonan, ham ruhan, ham ma’nan sog’lom bo’lishiga e’tibor
berilayotgnligi bizning yutug’imizdir.
Shaxs tarbiyasi bilan shug`ullanish uni kelgusidagi murakkab va xilma-
xil muloqot jarayonlariga psixologik tayyorlaydi.
Bunday tayyorgarlik, barcha soha mutaxassi
slari uchun muhim, chunki ular o`z kasblari tufayli turli muloqot vaziyatlariga duch keladilar v
a har bir vaziyatda ulardan nihoyatda o`tkir didlilik, odob va kishilar psixologiyasini bilgan
holda ularni to`g`ri tushunish
malakasi talab qilinadi
Ijtimoiy psixologiyaning bu borada noyob usuli bor, u ham bo`lsa, ijtimoiy
psixologik treningdir. Trening usulining ijtimoiy-
psixologik mohiyati shudaki, bu usul orqali odamlarda
muloqot malakalari hosil qilinib, ular turli ijtimoiy sharoitlarda o`zini
to`g`ri tutishga odatlantiriladi. Boshqacha qilib aytganda, trening muloqotga o`rgatishdir. T
o`g`ri, odam kishilar jamiyatida yashar ekan, kundalik muloqot jarayonida
turli muloqot sh
akllariga o`rganib, o`zida ma`lum muloqot malakalarini
shakllantirib boradi. Lekin insonda bunday malakalar stixiyali tarzda yoki maqsadga qaratil
gan holda ham hosil qilinishi mumkin. Oxirgi holat hozirgi zamon kishisining turli ishlab
chiqarish va
muomala
sharoitlarida
to`g`ri moslashishiga
yordam beradi. Bu narsa
insonda, ijtimoiy aql-zakovatning shakllanishiga olib keladi.
Ma`lum bir muammolarni hal qilishda psixologik trening deb ataluvchi o`yin va
mashqlar to`plamidan iborat mashg`ulotlar yordam beradi. Shuni alohida qayd etish lozimk
i, trening jarayonida
muammolarni yechish ham, bu boradagi bilim, ko`nikma va malakala
rni hosil qilish ham trenerdan shaxs psixologiyasi, shaxsning individual psixologiyasi bilan
ishlashni taqozo yetadi.
Shuning uchun psixologiyada
bunday treninglar