Microsoft Word Pochta aloqalari doc


Keluvchi oddiy pul o‘tkazmalari, pul o‘tkazma



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

2.4.3 Keluvchi oddiy pul o‘tkazmalari, pul o‘tkazma 
telegrammalarni qabul qilish, nazorat qilish  
va ularga ishlov berish  
 
Manzillangan pochta aloqasi obyektlarida xat-xabarlar yig‘indilari 
ochilgandan so‘ng pul o‘tkazmalari nazorat qiluvchi shaxsga alohida 
tuzilgan reestr bo‘yicha beriladi, bu reestrga pul o‘tkazmalarining 
umumiy soni yoziladi. 
Keluvchi pul o‘tkazmalarini nazorat qilishda ularning qabul 
qilinish joylaridagi pochta aloqasi obyektlarida to‘g‘ri rasmiy-
lashtirilganligi tekshiriladi. Bundan tashqari, pochta-kassa apparatlarida 
rasmiylashtirilgan pul o‘tkazmalarining muhrida ko‘rsatilgan summasi 
jo‘natuvchi tomonidan yozilgan summaga to‘g‘ri kelishi hamda tegishli 
hollarda pul o‘tkazmalarining shifrlari tekshiriladi. 
To‘lovni tasdiqlash uchun nazorat qiluvchi shaxs har bir pul 
o‘tkazmasining belgilangan joyiga imzo chekadi, qayta pul o‘tkazishi 
lozim bo‘lgan va noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan pul o‘tkazmalari bundan 
mustasno. Qolganlari nazorat qiluvchi shaxsda saqlanadi. Pul 
o‘tkazmalari guruhlarga: uyga eltib berilishi kerak bo‘lgan; bank orqali 
o‘tkazilishi kerak bo‘lgan; pochta aloqasi obyektlarida naqd pullarda 
to‘lash kerak bo‘lganlarga ajratiladi. Shundan so‘ng pul o‘tkazmalari 
bank orqali o‘tkazishga taalluqli bo‘lganlardan tashqari, taqvim tamg‘a 
izi bilan muhrlanadi. 
Naqd pullar bilan to‘lanishga taalluqli bo‘lgan pul o‘tkazmalari 
keluvchi tartib raqamlari bilan raqamlanadi. Shu raqamlar 11-shakldagi 
reestrning bo‘sh joyiga (_____sondan _____songacha) yozib qo‘yiladi. 
Raqamlash oy davomida olib boriladi. 
Pul o‘tkazmalari 11-shakldagi reestr bo‘yicha tegishli ish joylariga 
pul o‘tkazmalarining umumiy soni ko‘rsatilib beriladi. 
Yo‘qotilgan yoki o‘g‘irlatilgan nazorat-geralydli muhr (pochta-
kassa apparati muhri)ning izi bilan olingan pul o‘tkazmalari, shuningdek 
aniqlangan qalbaki pul o‘tkazmalari to‘lanmaydi. 


 
83
Ular tekshirish o‘tkazish uchun pochta aloqasi obyekti (pochta 
aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ga yoki pochta aloqasi hududiy tashkilotiga 
qiymati 1000 so‘m deb e’lon qilingan xizmatga oid xat bilan ilova xatini 
qo‘shib jo‘natiladi. So‘nggi jo‘natuvchilar bu haqda PO‘NQMga, 
«O‘zbekiston pochtasi» OAJga xabar beradilar. 
Blankaning pochta-kassa apparati muhri yoki nazorat-geralydli 
muhr izi tushirilgan qismi yirtilgan, keyin yelimlab qo‘yilgan pul 
o‘tkazmalari ularni kirim qilish to‘g‘risidagi so‘rovga javob kelgandan 
so‘ng to‘lanishi kerak.  
Keluvchi pul o‘tkazma telegrammalari telegraf va telefon orqali 
TG-115 shakldagi blankada rasmiylashtirilib, qabul qilinadi. Keluvchi 
pul o‘tkazma telegrammalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri telegrafdan telefon 
orqali qabul qilish, telefon orqali uzatiladigan jo‘natiluvchi pul o‘tkazma 
telegrammalari uchun ko‘zda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Telefon 
orqali qabul qilingan pul o‘tkazma telegrammalari pul o‘tkazmasi 
blankalariga aniq, ravshan yozuvda yoki yozuv mashinkasida yoziladi. 
Telegraf apparatiga ega bo‘lgan pochta aloqasi obyektlarida pul 
o‘tkazma telegrammalari telegrafdan olinadi va pochta aloqasi 
xodimlariga bir soat davomida, telegrafga ega bo‘lmagan pochta aloqasi 
obyektlarida – pul o‘tkazmasi qaerdan kelganligi, pul o‘tkazmasining 
raqamini ko‘rsatib ikki nusxada tuzilgan 11-shakldagi reestrlar bo‘yicha 
ikki soat davomida yetkazib beriladi. 
Pochta aloqasi xodimi telegrafdan telegrammani qabul qilish 
(soatlar, daqiqalar) vaqtini ko‘rsatib reestrning nusxasiga imzo qo‘yadi 
va taqvim tamg‘a izini tushiradi. Xuddi shu vaqt pul o‘tkazmasi 
telegramma blankasining yuqori qismiga qo‘yiladi. 
Qabul qilingan pul o‘tkazma telegrammalarini nazorat qiluvchi 
aloqa xodimi: 
– har bir telegrammada telegraf xodimining imzosi mavjudligini va 
uning pul o‘tkazmalariga ishlov berish, ish joylarida bo‘lishi kerak 
bo‘lgan namunasiga muvofiqligini; 
– «Yo‘qlab olinadigan» deb manzillangan pul o‘tkazma 
telegrammalarida telegrafchining «XKM orqali uzatildi» belgisi va 
uning imzosi mavjudligini; 
– shifrning borligi va to‘g‘riligi, tezkor (telegraf) pul o‘tkazmasini 
qabul qilish joyidagi pochta aloqasi xodimining familiyasi borligini; 
– xizmat sarlavhasi va telegramma matnida ko‘rsatilgan so‘zlar 
sonining to‘g‘ri sanalganligini tekshiradi. 


 
84
So‘zlar noto‘g‘ri sanalgan pul o‘tkazma telegrammalari 11-
shakldagi reestr bo‘yicha telegrafga qaytariladi. 
Pul o‘tkazma telegrammada bir vaqtning o‘zida 5-shakldagi daftar 
(pochta-kassa apparati, elektron majmua) bo‘yicha raqami, pul 
o‘tkazmasining summasi, agar telegramma qaytarilgan yoki qayta 
jo‘natilgan bo‘lsa, dastlabki jo‘natilgan joyning nomi (pul o‘tkazmasi 
telegramma boshqa pochta aloqasi obyektida tuzilganda) ham chiziladi. 
Telegrammaning yuqori qismiga raqamlar bilan 11-shakldagi reestr va 
5-shakldagi daftar (pochta-kassa apparati, elektron majmua) bo‘yicha 
raqami, pul o‘tkazmasining summasi yoziladi, orqa tomoniga esa 
olingan kunning taqvim tamg‘asini izi tushiriladi. 
Pul o‘tkazma telegrammalarida ko‘rsatilgan pullarni ikki marta 
to‘lashning oldini olish maqsadida, shu jumladan ushbu pochta aloqasi 
obyektiga qaytarilgan va qayta jo‘natilgan pul o‘tkazmasi telegrammalar 
nazorat qilingandan so‘ng 20-shakldagi nazorat daftariga qabul qilish 
joyi pochta aloqasi obyektlarining nomlari bo‘yicha alifbo tartibida 
yoziladi, ular pochta aloqasi obyektlarining Alifbo ro‘yxatida ko‘rsatil-
gan nomlarga mos tushushi kerak. Daftarga yozishdan oldin bu pul 
o‘tkazma telegramma avval yozilgan-yozilmaganligi tekshiriladi. 
Tekshirish dalili va to‘lashga ruxsat aloqa xodimining imzosi bilan tas-
diqlanadi. 
Matnda pul o‘tkazmasi boshqa pochta aloqasi obyektida qabul 
qilingani ko‘rsatilgan pul o‘tkazma telegrammalar 20-shakldagi nazorat 
daftariga ikki marta: pul o‘tkazmasini beruvchi pochta aloqasi 
obyektining nomi va pul o‘tkazma telegrammani tuzgan punktning 
nomlari bo‘yicha yoziladi. 
Qayta jo‘natilgan va qaytarilgan pul o‘tkazma telegrammalarini 
(telegraf yoki pochta orqali) 20-shakldagi nazorat daftariga yozishda 
«Berilgan joy» ustunida pul o‘tkazma telegrammasini qaytargan yoki 
qayta jo‘natgan pochta aloqasi obyektining nomi qo‘shimcha ravishda 
ko‘rsatiladi, «Alohida belgilari» ustunida mos ravishda «V» yoki «D» 
harflari qo‘yiladi. 
Qaytarilgan pul o‘tkazma telegrammalarini yozishda jo‘natuv-
chining familiyasi, shuningdek pul o‘tkazmasi dastlab kimga yo‘llangani 
ko‘rsatiladi. 
Pul o‘tkazma telegrammasi asosida 22-shakldagi xabarnoma yozib 
beriladi. 


 
85
To‘lash uchun imzolangan pul o‘tkazma telegrammalari 11-
shakldagi reestr bo‘yicha pul o‘tkazmalarining umumiy sonini ko‘rsat-
gan holda ish o‘rinlariga uzatiladi. 
Ikkinchi marta olingan pul o‘tkazma telegrammalari yo‘q qilinadi. 
Ularda diagonal bo‘yicha nazorat qiluvchi shaxsning imzosi bilan 
«Bekor qilindi» degan yozuv yoziladi. Bunday pul o‘tkazma telegram-
malarini aloqa bo‘limlari nazorat qilish va tegishli choralar ko‘rish 
uchun tobeligiga ko‘ra pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta 
aloqasi obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt) rahbariga xat orqali 
jo‘natiladi. 
  

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish