88
Pul o‘tkazmalarini eltib berish uchun qabul qilayotgan aloqa xodimi
55-shakldagi daftarda yozilgan ma‘lumotlarni
tekshiradi, olinayotgan
pullarni va pul o‘tkazmalarining sonini sanaydi, shundan so‘ng pul
o‘tkazmalarining sonini raqamlar bilan va olingan pul summasini so‘z
bilan yozib ko‘rsatib daftarga imzo qo‘yadi.
Aloqa xodimiga bir marotaba eltib berish uchun beriladigan pul
miqdori pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti
(pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ning rahbari tomonidan, mahalliy
sharoitdan kelib chiqqan holda, pullarning butligini
va aloqa xodimlarining
xavfsizligini ta’minlashni hisobga olib belgilanadi. Qabul qilingan qaror
buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Pulni olishda oluvchi xabarnomaning orqa tomoniga ko‘rsatilgan
hujjat ma’lumotlarini yozadi va pullarni olganligi to‘g‘risida imzo qo‘yadi.
Pul o‘tkazmasi bo‘yicha pulni berishdan avval, aloqa xodimi:
– ko‘rsatilgan hujjatdagi fotosurat tasvirini oluvchining o‘zi bilan
solishtirib ko‘rishi. Pasportdagi fotosurat almashtirilmaganligini,
tozalashlar, qo‘shimcha yozuvlar, tuzatishlar yo‘qligini tekshirishi;
– oluvchiga pul o‘tkazmasi blankasi asosiy
qismining orqa tomonida
so‘mlar miqdorini so‘z bilan, tiyinlarni raqamlar bilan yozishni taklif etishi
va u pullarni olganligi to‘g‘risida imzo qo‘yishi;
– oluvchining tilxatda yozgan summasini pul o‘tkazmasi va
xabarnomada ko‘rsatilgan summa bilan solishtirishi;
– oluvchining pul o‘tkazmasi va bildirshnomadagi imzosini
ko‘rsatilgan hujjatdagi imzo bilan solishtirishi zarur.
Oluvchiga pullar bilan birga 112-shakldagi blankaning talon qismi
beriladi. Tezkor (telegraf) pul o‘tkazmasida yozma xabar mavjud
bo‘lganda aloqa xodimi oluvchini uning mazmuni bilan yozma
xabarning orqa tomoniga imzo qo‘ydirib tanishtiradi.
Oluvchining
iltimosiga ko‘ra unga yozma xabar matnining nusxasi aloqa xodimining
imzosi bilan beriladi. Pul o‘tkazmasi blankasi asosiy qismining orqa
tomonida aloqa xodimi pul to‘laganligi va xabarnomadagi hujjatlarning
ma’lumotlari tekshirilganligi to‘g‘risida imzo qo‘yadi.
Hujjatda va pul o‘tkazmasi blankasida ko‘rsatilgan oluvchining fami-
liyasi, ismi sharifida farq bo‘lsa, shuningdek hujjatning haqiqiyligiga
gumon tug‘ilsa, pul o‘tkazmasi uyda to‘lanmaydi. Bu holda oluvchiga
pochta aloqasi obyektiga murojaat qilish uchun pul o‘tkazmasi
to‘g‘risidagi
xabarnoma topshiriladi, u yerda to‘lov to‘g‘risidagi masalani
pochta aloqasi obyektining rahbari hal etadi.
89
Pul o‘tkazmasini uyda to‘lash mumkin bo‘lmaganda, pochtalyon
xabarnomada to‘lanmaslik sababini ko‘rsatadi va uni imzolaydi.
Xabarnoma abonent javoniga yoki abonent qutisiga solinadi.
Har bir eltib berishdan so‘ng aloqa xodimi to‘langan va to‘lanmagan
pul o‘tkazmalarini, shuningdek pullarni nazorat qiluvchi shaxsga
topshirishi shart.
To‘lanmagan pul o‘tkazmalarining belgilangan joyida
to‘lanmaganlik sabablari ko‘rsatilib imzo qo‘yiladi.
D A L O L A T N O M A
2010 yil 15 mayda «Farg‘ona pochtamtida» quyidagilar haqida tuzilgan: Saodat
Alievna Ergasheva
tomonidan 2010 yil 5 aprelda (164-10-00) Xorazm viloyatining Yangiariq pochta aloqa bog‘lamasidan Barno
Bo‘rievna Niyozova nomiga Farg‘ona-10, Navro‘z ko‘chasi 29-uy manzili bo‘yicha jo‘natilgan 300000 so‘mga
1/11-raqamli oddiy pul o‘tkazmasi jo‘natishda yo‘qotilgan va oluvchiga to‘lanmagan. Yangiariq pochta aloqa
bog‘lamasining 2010 yil 10 maydagi 35-son ma’lumotnomasiga ko‘ra o‘tkazma qaytarilmagan va jo‘natuvchiga
to‘lanmagan.
Qaror: 300000 (uch yuz ming) so‘m pul oluvchi Barno Bo‘rievna Niyozovaga to‘lansin.
Farg‘ona pochtamtining boshlig‘i
Usmonov
(imzo)
Operator
Solieva
(imzo)
(Farg‘ona pochtamtining nazorat-geralydli (Taqvim tamg‘a izi)
yoki dumaloq muhrining izi)
Do'stlaringiz bilan baham: