Kutubxonachi.uz
28
dastimizdan naqadar azob chekayotganini izhor eta olmaydi, bu holat ularning vujudini siqadi, ezadi,
bo‘g‘adi, keyin ular qanday qilib bo‘lsa ham ichini bo‘shatish yo‘lini qiladi. Buning naqadar azobli,
mashaqqatli ekanini tasavvur qil. Esingdami, kimdir aytib bergan edi. Ko‘chada bir gung qizni ko‘rib
qopti. Uning onasini ablah otasi o‘ldirib qo‘ygan ekan. Sho‘rlik qiz esa voqeani odamlarga tushuntirib
beraolmaganidan uyoq-bu yoqqa chopib, o‘zini tramvay tagiga tashlamoqchi bo‘pti. Aftidan, kitlar ham
xuddi shu ahvolga tushadi. Lekin bu holat boshqacha miqyosda, dunyo miqyosida ro‘y bermoqda. Kitlar,
aftidan, lovullab alanga olgan o‘rmon yong‘inlari uchun okeanda turib bezovta bo‘ladi, tog‘ ko‘chkilari
ro‘y bersa, muzliklar harakatga kelib o‘z yo‘lidagi hamma narsani yakson qilib ketsa iztirob chekadi,
lekin inson xulqidagi nopokliklarga, shafqatsiz va dahshatli yovuzliklarga chiday olmaydi, bilasanmi,
dunyoviy aql egasi bo‘lgan odamda halokatga olib keladigan ehtiroslarning junbushga kelishiga bardosh
bera olmaydi. Bizga dunyoviy aql, substrat, to‘g‘rirog‘i, abadiylik shahodati ishonib topshirilganligi
haqida o‘ylaymizmi? Shubham bor. Qaerdadir bizning oramizda, muhitimizda o‘pirilish, yemirilish,
axloqiy buzilish ro‘y beradi, yovuzlik va qo‘rqinchning ko‘rinmas radiatsiyasi o‘sha o‘pirilgan muhitdan
dunyo bo‘ylab tarqaladi, dunyoviy adolat buziladi, o‘ylaymanki, shunday adolat bor narsa, hayotning
uyg‘unligi izdan chiqadi, shundan keyin kitlar bardosh bera olmaydi va junbushga kiradi, suzib kelib
o‘zini qirg‘oqqa otadi, o‘zini o‘zi halok qiladi. Tasavvur qil, Atlantika ustida uchib ketayapman va birdan
burilib uchgan samolyotning qanoti tagida okeanda bir to‘p kit ko‘rindi. Men to‘lqinlar orasida kitlarning
turnalar parvozini eslatadigan shaklda uchburchak hosil qilib suzib ketayotganini ko‘rdim-u hang-mang
bo‘lib nafasim ichimga tushib ketdi, keyin ular qayoqqa oshiqayapti, ularni qanday kuch qaerga va nima
uchun haydab ketayapti deb o‘ylab qoldim.
–
Samolyotdan menga telefon qilib qolganing boisini endi bildim. Men bo‘lsam tushunmay, qanday
kitlar haqida gapiryapti, nima bo‘lyapti o‘zi deb yuribman. Shunday manzaraning guvohi bo‘lganingdan
keyin telefon qilasan-da, albatta.
–
Men bu manzaraning guvohi bo‘libgina qolganim yo‘q.
–
Hay-hay, sekinroq, — dedi xotini iltifot bilan. — Mening qimmatli futurolog do‘stim! — u eriga
yengil istehzo bilan qarab qo‘ydi.
–
Shunday qilish sening tabiatingga xos narsa. Lekin bunisi qiziq bo‘ldi, hatto juda qiziq. Menga
qara, bu rostdan ham norozilikning o‘ziga xos bir shakli bo‘lsa-chi? Voy esim qursin, Robert, benzin
olishimiz kerak-ku, qara — benzinimiz tugayapti. Kitlar haqida bahs qilib, yeldek uchib ketaveribmizu...
Ular benzokolonkaga burilishdi-yu, hamma narsa — samoviy rohib ham, kitlar ham, barcha mavhum
fikrlar bir zumda unut bo‘ldi. Shundan so‘ng shahar chetidagi ko‘cha bo‘ylab ketishdi, endi uylari juda
yaqin qolgan edi.
Bork birdan o‘zining charchaganini his qilib dedi:
–
Jessi, bugun telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermaymiz. Avtomatga qo‘yib qo‘y, yozilib qoladi.
Charchadim. Yo‘l azobi go‘r azobi...
–
Faqat bir marta qo‘ng‘iroq bo‘lishi mumkin. Bugun kechqurun Oliver Ordok telefon qiladi. Unga
seni bugun uchib keladi deb aytgandim. U senga, hatto Yevropaga telefon qilmoqchi bo‘luvdi.
–
Oliver Ordok-a?
–
Ha, o‘sha. U prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘ygan. Bundan xabaring bormi?
–
Borlikka bor. Hozir nomzodlarning hammasi birinchi qurdan o‘tishayotir. Lekin undan qochib
qutulib bo‘lmaydi. U tutganini kesadigan odam. Masalaning mohiyatiga yetmaguncha telefon qilaveradi.
–
Kechirasan, Bob. Men yo‘q deya olmadim.
–
Mayli, qo‘ng‘iroq qilaversin. E, xudoyim-ey, Oliver Ordok bilan talay vaqtdan buyon telefonda
gaplashgan emasmiz. Esingdami, u vitse-gubernator edi. Shu shtatda fan, ta’lim ishlari va aholining ish
bilan bandligi masalasi bo‘yicha shug‘ullanar edi. Bizda xalqaro ilmiy konferentsiyalar tashkil etishga
yordam bergan, esingda bo‘lsa. Gorbachev qayta qurishining birinchi yillarida birgalikda Moskvaga
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |