Kutubxonachi.uz
26
–
Sen kitlarning qirg‘oqqa otilishini nazarda tutyapsanmi?
–
ha, xuddi o‘shani. Soppa-sog‘, aqli-hushi ham joyida bo‘lgan kitlarning u yo‘q — bu yo‘q, kelishib
olishganday to‘satdan kechasi qirg‘oqqa yaqin suzib kelib, suv to‘piqdan keladigan sayozlikka bo‘g‘ilib
o‘lish uchun sakrashadi. Ular o‘sha yerda okeanga qaytib ketishga urinmasdan halok bo‘ladi. Kitlar nima
uchun, qanday sabablarga ko‘ra shunday qilishadi?
–
Hay, to‘xta, — deb uning so‘zini bo‘ldi Jessi chehrasi ochilib. — Bu haqda gazetalarda qancha
marta yozishdi. Xo‘sh, sening o‘sha avstraliyalik do‘sting buning sababini bilarmikin?
–
Hamma gap shunda-da. Biz u bilan qanday fikrga keldik degin. Bu hodisa turning o‘z jonini
saqlash biologik qonuniga ziddir. Boshqacha aytganda, tabiatga ziddir. Hayvonot olamida bunaqasi
yo‘q.
–
Lekin odamlar orasida xohlaganingcha bor.
–
Bu butunlay boshqa narsa. Ha, tamomila boshqa narsa. Gap bu haqda ketmayotir. Bu yerda
butunlay boshqa bir manzara, Jessi.
Robert Bork jim qoldi, o‘rmonlar orasidan tepalikka ko‘tarilib boradigan keng avtomobil yo‘liga nazar
tashlab, yo‘l yoqasidagi belgilar va tanish manzarani zavq bilan tomosha qilib ketar edi. Bir zum u o‘zini
juda baxtli sezdi – yo‘lda mashinani Jessi haydab borar ekan u o‘zicha kitlarning ulkan bir sirini xotiniga
aytib berishini, buni eshitib Jessining lol qolishini, so‘ngra ikkalasi bu kashfiyotga maftun bo‘lib, mavzuga
takror-takror qaytib, uni atroflicha muhokama qilishlarini ko‘z oldiga keltirdi.
Shuning o‘zi baxt emasmi? Baxt degani dillarning uyg‘unlashib ketishi degan so‘z. Uyga yetib kelgach,
ayvonda xotini bilan suhbat quradi, Jessi qo‘ygan musiqani miriqib eshitadi (Jessi klassik xalq musiqasi
desa jonini beradi) va o‘zi xush ko‘rgan oq vinosidan xo‘plab o‘tiradi... Shu on birdan samoviy rohib
esiga tushib qoldi uning, u bugun kayf-safoga o‘rin yo‘q ekanini tushundi.
–
Nega jimib qolding, gapir. Bob. Faqat meni gapirtirib qo‘ymoqchimisan?
–
Yo‘g‘-e. Fikrimni jamlayapman. Sen o‘sha avstraliyalik Kiffer kitlarning o‘zini o‘zi o‘ldirishi
sabablarini bilarmikin deb so‘rading. Senga nima desam ekan? U boshqalarning yetti uxlab tushiga
kirmagan fikrni aytmoqda. Bu qandaydir mantiqan to‘g‘ri fikrgina emas, men uni alohida axloqiyfalsafiy
mushohada degan bo‘lar edim. Ha, ha, shunday. Kulma ham, ajablanma ham. Bu haq gap. Avstraliyalik
olim dunyoviy ahamiyatga ega fikrini o‘rtaga tashlamoqda. Bilsang kerak, barcha sut emizuvchilar
orasida kitlar bilan delfinlar aqliy jihatdan eng rivojlangan mavjudotlardir. Afsuski, ular gapira olmaydi,
bu esa hozircha bizlar bilan ular o‘rtasida yengib bo‘lmaydigan g‘ov bo‘lib turipti.
–
E xudo, sen ma’ruza qilishga odatlanib qolibsan, Robert. Men tushunolmayapman — qanday
axloqiy-falsafiy mushohada haqida gapiryapsan?
–
Ana shu g‘alati hodisaning tabiatini birorta olim tushuntirib bera olmadi. Kiffer bo‘lsa mening ko‘z
o‘ngimda birdan dunyoviy ahamiyat kasb etadigan fikrni o‘rtaga tashladi.
–
Uning gipotezasining mohiyati nimada ekan?
–
U hammani hang-mang qoldiradigan xulosaga kelibdi. U kitlarning gala-gala bo‘lib o‘zini o‘zi
o‘ldirishida dunyoviy aqlning yerdagi hodisalarga aks sadosini ko‘rmoqda.
–
Bu g‘irt xayolparastlik-ku, Robert!
–
Bunday dema, aslo bunday deya ko‘rma, azizam. Men bu gipotezaning maftuni bo‘lib qoldim.
Inson ongning mutlaq hokimidir, demakki dunyo oldida burchdordir, agar biz takomillasha olmas
ekanmiz, biz o‘n sakkiz ming olamni o‘rgana olmas ekanmiz (bizdan talab qilinadigan narsa ham shu,
dunyoda biz ana shuning uchun yashaymiz), demak, biz o‘z burchini oqlay olmaydigan tekinxo‘rlarmiz,
hemirilik maxluqlarmiz. Lekin meni kechir, bir oz chalg‘ib ketdim. Men faqat shuni aytmoqchi edimki,
bizga, odam bolasiga qancha huquq berilgan bo‘lsa, biz shuncha burchdormiz. Birinchi galdagi
burchlarimiz: turmushni, hayotni uyg‘unlashtirish, takomillashtirish, bizning barcha orzu-niyatlarimiz,
amaliyotimiz shu jumlaga kiradi. Hayotning uyg‘unlashishi! Biroq bu sohada qancha buyuk va ayni
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |