Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
22
Tahririya mening murojaatimga kelgan eng qiziqarli fikrlarni jo‘natib tursa, minnatdor bo‘lur edim. 
Men yerliklarning fikrlarini bilib turishim zarur. Ehtirom ila
Filofey, samoviy rohib,
RX orbital stantsiyasi».
 
 
U ch i n ch i b o b
Uning tushiga yana kitlar kirdi. U okeanda uzoq vaqtgacha kitlar orasida suzib yurdi. U kitlarning 
to‘lqinlar yuvib turgan ko‘zlariga boqar va ularning fikrini o‘qir edi. Uning o‘zi ham kit edi. Va kitlar 
samolyotdan ko‘ringan holatni takrorlaganday o‘tkir burchak hosil qilib suzishar edi. Ularni qandaydir 
g‘ayritabiiy kuch ufq sari, go‘yo o‘sha tomonda nimadir kutayotganday olg‘a yetaklab borar edi. Ufq 
uzoqlashgandan uzoqlashar, kitlar esa qudratli tanalari bilan to‘lqinlarni yorib hamon suzib borishmoqda 
edi. Okean suvi tobora isib, to‘lqinlarning zarbidan tana qizib bormoqda edi. Issiq to‘lqinlarda suzish 
borgan sari qiyinlashib, dahshatli tus olmoqda edi. Okean chidab bo‘lmaydigan darajada birdan qaynab 
ketganini ko‘rdi va tushundi. Okean ustida birdan ikki quyosh paydo bo‘ldi. Cho‘g‘day yonib turgan qizil-
jigarrang ikkita shar osmonda bahaybat juft projektor kabi olov purkamoqda edi. Shulardan qaysi biri 
haqiqiy, mangu quyosh ekanini, qaysi biri esa qaerlardandir daydib kelgan, ehtimol, chinakam quyosh 
bilan raqobat qilayotgan kelgindi quyosh ekanini bilib olish qiyin edi. U o‘takasi yorilguday qo‘rqib ketdi. 
Yonginasida suzib ketayotgan kitlarga qarab qichqira boshladi: “Qaranglar, qaranglar, kitlar, mening 
birodarlarim! Osmonga ikkita quyosh chiqibdi! Birdaniga ikkita quyosh-a! Eshityapsanlarmi? Bu yaxshilik 
alomati emas! Okean qaynab ketadi, va biz hammamiz nobud bo‘lamiz! Ikkita quyosh — dahshat!..”
Robert Bork qutirgan okeanda o‘zini uyoqdan bu yoqqa tashlayotgan kitlar orasida yana ancha 
vaqtgacha suzib yurdi va keyin qora terga tushib uyg‘onib ketdi, uning gurs-gurs urayotgan yuragi 
qulog‘idagi tomirda lo‘qillar edi. O’ziga kelguncha ko‘rganlari tush ekanligiga ishonmadi. Okean ustida 
ko‘zni qamashtirib turgan ikkita quyosh xuddi o‘ngida ko‘ringanday ko‘z oldidan ketmas edi. Uning 
tushiga kitlar ko‘p kirgan, lekin tepadan birdaniga ikki quyosh kuydirib nur sochib tursa — bunaqasi 
bo‘lgan emas. Dahshat, dahshat!...
Xuddi shu onda u tushida ikkinchi quyosh qayoqdan kel-ganini tushundi. Yalt etib xayoliga kelib 
seskandi. Buni birdan anglab olmaganiga ajablandi qam. “Qarang-a!” — miyig‘ida kulib qo‘ydi Futurolog 
va ko‘zgu oldida turgan soatga qaradi. Ertalab soat yetti bo‘lib qopti. Xotini qo‘shni xonada hali uxlab 
yotgan edi.
Bork ertalabki gimnastika qiladigan ochiq ayvonga chiqdi. Lekin bu safar uning miyasi boshqa fikrlar 
bilan band edi. Dala hovlisidagi jamiki narsalar unga boshqacha mazmun kasb etganday tuyuldi. Hatto 
hovuz oldida yulduzlarning joylashishiga qarab yaponchasiga qurilgan toshlar bog‘i ham bugun butunlay 
unutgan edi. Holbuki, Jessi tarqatgan yarmi hazil, yarmi chin mishmishlarga qaraganda, jonsiz xarsang 
toshlar quchog‘ida Futurolog har kuni ertalab sehrgarliklar ko‘rsatar, qum ustida qandaydir sirli belgilar 
chizar edi. Bugun hazil-mutoyibalarga o‘rin yo‘q. Stolda uyilib qolgan gazeta-jurnallarni ko‘zdan 
kechirish, xilma-xil masalalar yuzasidan turli kishilarga qo‘ng‘iroq qilish — tezda vaziyatni fahmlab olish 
vazifasi ko‘ndalang turar edi. hammaning dili-tilida kassandra-embrionlar. Robert shunday bo‘lishiga 
hech shubhalanmas edi. Uning o‘zi esa o‘zini o‘tmish yoshlik yillaridagidek bardam seza boshladi, o‘sha 
paytlarda zamonaviy tsivilizatsiya muammolari yuzasidan dorilfununlarda olag‘ovur munozaralar bo‘lib 
turar, insoniyatning istiqbolini allomalarning og‘zidan tushmay qolgan “Rim klubi” modelidagiday hal 
qilish mumkin, faqat eskilikka yopishib qolgan muxoliflarning fikri o‘zgartirilsa bas deb o‘ylar edilar. 
Kassandra tamg‘asi atrofidagi voqealar Borkda yoshlik paytlaridagidek qandaydir katta qiziqish uyg‘otdi, 
uni tahlika yo‘lini tanlashga, g‘oya yo‘lida ochiqdan-ochiq to‘qnashuvlarga tik borishga undadi.


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish