Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
23
Bu voqealar Borkni aeroportdayoq giribonidan oldi. Jessi uni eshik oldida olomon orasida qo‘lida qalin 
gazetasi bilan kutib oldi va gazetani silkitar ekan, qandaydir g‘alati jilmayar, biron ayb qilib qo‘yganday 
tashvishli va ma’yus edi. Jessi to‘satdan yoqqan sharros yomg‘irda qolgan kabi bir oz yasharganday 
ko‘rindi. U Borkdan to‘qqiz yosh kichik edi, lekin o‘qtin-o‘qtin betob bo‘lar, qon bosimidan azob chekar, 
hatto holdan toyib, rangi ketib qolar edi, bu gal esa aeroportda erining ko‘ziga u xuddi yoshlik yillaridagi 
kabi hayajonga tushganday jo‘shqin bir holatda ko‘rindi. O’sha paytlarda u xotinining buyuk 
navozandalardan bo‘lishiga qanchalar to‘sqinlik qilgan edi! Axir u ajabtovur violonchelist edi-ku! Unga 
kanaday yopishib olgan: jinnisang‘i o‘sha Bork bo‘lmaganda edi, ehtimol, Jessi teatr orkestri bilangina 
cheklanib qolmagan bo‘lur edi. Lekin har kimning taqdiri azali o‘zida.
Jessining aeroportda aylanma eshiklar oldidagi tiqilinchda aytgan so‘zlari jumlasida quyidagi jiddiy 
ibora erini qarshi olishdan mamnunligini ham ifoda etar edi.

Bilmayman, Robert, nima balo, sen safarga otlanish oldidan o‘zingning bema’ni toshlaring 
orasida qandaydir sehrli belgilar chizganmiding, bo‘lmasa yuz bergan bu voqealarni qanday izohlash 
mumkin? Buni izohlab bo‘lmaydi, Robert, hech ham... Tushuntirib ham bo‘lmaydi. Bu mislsiz bir hol. 
Ishon menga, bundan butun dunyo larzaga keladi!

Demak, mening mixxatlarim nimagadir arzir ekan-da?! — deb javob qaytardi uning so‘zlariga 
yarasha Futurolog.

Lekin umuman olganda, yetishding, mening aziz Futurologim, sehrgarlikda yetishding... Mana 
eni buyog‘ini bilib olaver.
Yo‘lda mashinani Jessi boshqardi. Bork gazetani ochdi, lekin u yoq-bu yog‘ini ko‘zdan kechirdi-da 
gazetani yig‘ishtirib qo‘ydi.

Yo‘q, buni uyda bemalol o‘tirib diqqat bilan o‘qib chiqish kerak, — deb ko‘zoynagini g‘ilofiga solib 
qo‘ydi Bork.

Sen nima deb o‘ylab eding?! — dedi Jessi. — Kosmosdan emas, biron kimsa yerdan turib shunday 
bashorat qilganda bormi, uni olomon qilib o‘ldirib yuborishgan bo‘lur edi. Tasavvur qilasanmi: embrion, 
zig‘irday pusht salkam fikr yuritar emish! Nimanidir faraz qilar ekan! Va tug‘ilishni xohlamayman deb 
jar solar ekan. Bu jiddiy gap emish. Shunday bo‘lishi mumkinmi?!

Unchalik bo‘lmasa kerak, — dedi hayrat bilan yelka qisib Bork. Unga ayoli o‘ylamasdan 
gapirganday tuyuldi, lekin bunaqasi kam bo‘lgan, negadir bu safar xotinining nohaq bo‘lishini xohladi. 
— Ehtimol, mavjud embrion refleksiyasi nazarda tutilayotgandir. Lekin nima bo‘lganda ham mulohaza 
qilish uchun bahona bor. Zora osiy dunyomizni idrok etishning, hisob-kitob qilishning halol yo‘li topilsa... 
Bilasanmi, hozir birdan shu haqda o‘ylab ketdim. Bunaqasi chindan ham faqat embrion bosqichidagina 
bo‘lishi mumkin. Shunda ham fantastik tasavvurlarda. To‘g‘risini aytganda, bir narsa deyish qiyin. Hozir 
buni qo‘yib turaylik, avval uyga boraylik, o‘qib ko‘ray, shundan so‘ng masala jiddiy bo‘lsa, 
gaplasharmiz... Bilasanmi, gapiraversam rosa kulasan.
Futurolog xotiniga nemislarning sinchkovligi va o‘taketgan rasmiyatchiligi haqida, shu bilan birga 
yevropaliklarning ichki erkinligi to‘g‘risida, bu esa ularning amerikaliklar bilan ellashib ketishiga imkon 
berganligi haqida jo‘shib gapira ketdi. U bir kun ertalab Reyn daryosining sohilida Dyusseldorf shahrida 
velosipedga minib olib ovozining boricha mashhur bir ariyani ijro etib ketayotgan kishini ko‘rib qoldi; 
velosipeddagi odam oq ko‘ylak, lak tufli kiyib, galstuk taqib olgan, boshiga shlyapa kiyganmi, yo‘qmi, 
baribir xuddi opera sahnasidan chiqqanga o‘xshaydi. Daryo bo‘yida uning ashulasiga quloq osadigan 
bironta jon yo‘q. Lekin velosipedda uchib ketayotgan ashulachining hech kim bilan ishi yo‘q. Uning o‘zi 
xon, ko‘lankasi maydon; to‘lib-toshib oqayotgan Reyndan tortib daryo uzra ertalabdan suzib ketayotgan 
yuk kemalari-yu paroxodlar barcha-barchasi go‘yo uning o‘zinikiday... Yoz quyoshi endigina ko‘tarilib 
kelayotir. Bu manzara shu qadar ajib va ulug‘vor ediki, Bork o‘sha tentakvoy ashulachi ketidan quvib 
ketguday bo‘ldi. Dunyodagi bor erkinlik, baxt uniki edi. Qani edi, Bork cheksiz sohil bo‘ylab xirgoyi qilib 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish