Kutubxonachi.uz
20
qadam tashlashi kerak. Taraqqiyot g‘oyaning texnikaviy samarasidir, xolos. Kerak bo‘lsa butun dunyoni
ostin-ustin qilishga tayyorlanayotgan mutaassib yakka hokim qo‘lidagi yadro quroli bunga yaqqol
misoldir.
Yerliklar kassandra-embrionlarning signallaridan tashvishga tusharmikin, bu signallarni genetik
inqirozdan, va demakki, insoniyat tsivilizatsiyasi inqirozidan nishonadir, deb qabul qilisharmikin?
Oldindan bir narsa deyishga qo‘rqaman. Yana shuning uchun qo‘rqamanki, shubha va vijdon azoblari
har bir voqea doirasidan tashqariga chiqmaydi, va Kassandraning har bir tamg‘asi ayrimayrim holda o‘z
yechimini va xotimasini topadi.
Ko‘pchilik ayollar ana shunday g‘ayrioddiy homiladan tezroq qutilishga harakat qilishadi deb
cho‘chiyman, erlari ham xotinlariga bu borada monelik ko‘rsatishmasa kerak. Bunday ayollar bolasini
oldirishni eng maqbul yo‘l deb topishadi. Aytish mumkinki, bu axloqiy jihatdan ham, shubhasiz, eng
to‘g‘ri vajdir — qismati oldindan ma’lum bo‘lgan baxtsiz kishilarni dunyoga keltirishning nima keragi
bor? Busiz ham baxti qarolar dunyoda to‘lib yotibdi. Bu holda abortga rozi bo‘lgan ayollarni kim ayblay
olar ekan?! Kim? Jamiyatmi? Tarixmi? Axloqmi? Genetik qo‘rqinch shaklida o‘rnashib qolgan
yovuzlikning manbalarini jamiyat tarixidan qidirmoq kerak, axloq esa voqelikning surbetlarcha siquvi
qarshisida ko‘pincha durustroq samara bermaydi.
Va mana shu o‘rinda, hazratim, o‘z mavqeimni aniqlab olishni burchim deb bilaman. Men katolik
dinining abortni ta’qiqlashini jon-dilim bilan yoqlash barobarinda Kassandra tamg‘asini ko‘ra-bila turib
abort qildirgan ayollarni qoralay olmagan bo‘lur edim; buning ustiga bu hol kassandra-embrionlarning
niyat-maqsadlariga ham mos tushgan bo‘lur edi.
Oqibatda biz o‘ta murakkab ziddiyatga duch kelayotirmiz. Bunday keskin harakatlar (abortlar)
dunyoviy ongning asosiy muammolarini yecha olmaydi, aksincha, yanada kuchaytiradi — pushtda oxir
zamon xabarchisi bo‘lgan sabablar aniqlanmay qoladi.
Bo‘lajak ona quyidagi musibatlar haqida o‘ylamasligi mumkin emas:
–
ocharchilik;
–
xaroba kulbalar;
–
kasalliklar, jumladan OITS (SPID);
–
urushlar;
–
iqtisodiy buhronlar;
–
ijtimoiy qasirg‘alar;
–
jinoyatkorlik;
–
fohishabozlik;
–
giyohvandlik va narkomafiya;
–
elatlararo qirg‘inlar;
–
irqchilik;
–
ekologik, energetik halokatlar;
–
yadro sinovlari; – qora tuynuklar va hokazo, va hokazo.
Bularning hammasi odamlar dastidan. Odamzodning boshiga tushayotgan musibatlar
avloddanavlodga ortib bormoqda. Va bularning hammasida barchamiz ishtirokchimiz. Mana, nihoyat,
Iloh bizni jahannam labida to‘xtatib, Kassandra tamg‘asi orqali o‘zi haqida nishon bermoqda...
Men yana takror aytaman, mening kassandra-embrionlarning signallarini aniqlash borasida olib
borgan kosmik tadqiqotlarim kishilarning endi bunday yashash mumkin emasligini, bundan buyon
avlodlarning, naslning buzilishi boshlanajagini anglab olishlariga yordam berishni maqsad qilib olgan,
xolos.
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |