Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
18
insoniyat oldida ayta olamanki, juda katta mas’uliyat olgan eksperimentchiman. Bu balandparvoz gaplar 
emas, haqiqat. Shuning uchun, haqiqatga to‘la mos kelmaydigan bironta so‘z ayta olmayman. Men 
ishonamanki, tadqiqotlarim o‘zimizning dillarimizda o‘zimiz keltirib chiqargan tushunchaning — 
dunyoning oxir bo‘lishi haqidagi tushunchaning oldini olishga yo‘naltirilgandir. Men bizning ustimizdan 
abadiy hukmronlik qilib turgan xudbinlik va riyokorlik imkon bermaydigan so‘zlarni hammaga baralla 
eshittirib aytib olishga harakat qilaman.
Men Kassandra tamg‘asini butun bir sistema ekanligini aniqlashga qaratilgan ekspermentlar 
o‘tkazayotgan bo‘lsam-da, bu haqda dunyobexabar ayollarga lom-mim demayman. Bu hammaga 
kelgan to‘y. Garchi ana shu ko‘zga ko‘rinmas zondaj-nurlar sog‘liq uchun butunlay zararsiz bo‘lsa ham, 
kishilarning dilini og‘irtyapman deb har gal vijdon azobida qiynalaman.
Fazodan turib «so‘roq» qilinganda kassandra-embrion miltillab nishon bersa bormi, bunday hollarda 
ularni men tashvishlanishdan xalos qila olmayman. Buni taqdir deydilar, taqdirdan esa qochib qutilib 
bo‘lmaydi. Shuni tushunish muhimki, ana shu taqdir muayyan shaxs taqdiri bo‘lsa ham, ayni vaqtda 
hammaning, butun jamiyatning taqdiri hamdir, chunki bu falokatning sabablari dunyoviy sabablardir.
Biz xohlaymizmi yo‘qmi, kassandra-embrionlar bilan Kassandra tamg‘asi bor narsa. Va shuning uchun 
o‘zimning kosmik tadqiqotlarimni og‘ishmay davom ettiraveraman, bu haqda ochiq gapiraveraman, 
Yerda bu falokatga uchragan yoki bundan buyon uchraydiganlarga hamdardlik bildiraman. Odamlar 
o‘zlari haqidagi haqiqatni bilishlari kerak. Mening Xudo oldidagi burchim ana shunda. Lekin bu holda 
men tashvish torta boshlayman, hazratim, ana shu tashvishlarimni yashira olmayman va jamoat 
hukmiga havola qilaman.
Takror aytaman, men o‘zim kashf etganim va sirni oshkor qilganim kassandra-embrion oldida ham 
(axir, oshkor qilinishini kassandra-embrionning o‘zi talab etmoqda) va homilani ko‘tarib yurgan ona 
oldida ham javobgar ekanligimni anglayman, ona Kassandra tamg‘asining ahamiyatini tushunmaganda 
edi, xotirjam yashayvergan bo‘lur edi.
Hozir ham ana shu yo‘rg‘a satrlarni kompyuterda terayotgan paytimda ham qiynalayapman, shunday 
qilishga haqqim bormi degan fikr meni azobga solmoqda.
Men orbital kemaning devorlarini ko‘zdan kechiraman, vaznsizlikda kompyuterdan nariroqqa suzib 
ketaman, meni alahsitadigan, o‘zimning kashfiyotim haqida butun dunyoga jar solib to‘g‘ri ish 
qilganimga ishonch bag‘ishlaydigan nimalarnidir qidirib atrofga alang-jalang boqar ekanman, stantsiya 
korpusining har ikki tomoniga o‘rnatilgan teleekranlarga ko‘zim tushadi. Barcha ekranlar yog‘dulanib 
ishlab turibdi, turli mamlakatlardan turli tillarda teleko‘rsatuvlar namoyish qilinmoqda. Mana bu yer 
yuzidagi voqelik, butun haqiqat barcha qirralari va rang-barangligi bilan namoyon bo‘lmoqda, 
reklamadan tortib sportgacha, sud reportajidan tortib rasmiy shaxsning aeroportda kutib olinishiga 
qadarli, yana qancha-qancha voqea-hodisalar ko‘z o‘ngimdan o‘tmoqda va hokazo.
Ko‘z o‘ngimda butun dunyoda namoyish qilinayotgan ana shu serqirra manzara orasida ko‘chada 
hayajonga tushib, shovqin-suron ko‘tarayotgan namoyishchilar mening diqqatimni tortadi. Nima 
uchundir talay politsiyachilar norozilik bildirib ko‘chaga chiqqan namoyishchilar bilan birga ketishyapti. 
Hamma ko‘chalar odamga liq to‘la, turli nuqtalardan, jumladan baland joylardan ko‘rsatuvlar olib 
borilmoqda, kishilarning hayajonli ovozlari yangraydi. Joylardagi voqealar haqida gapirayotgan 
muxbirning va studiya diktorining ovozini ko‘chalardagi shovqin-suron, baqiriq-chaqiriqlar bosib ketadi. 
Bu voqea qaerda bo‘layapti ekan? Italiyada bo‘layotganga o‘xshaydi. Shu qadar uzoq va yaqin — 
Hammasi shu yerda bo‘layotganga o‘xshaydi: chaqnagan ko‘zlar, imo-ishoralar, asabiy chehralar. Ha, 
bu Sitsiliyada bo‘layotir. Kishilar naridan beri yozilgan shiorlarni ko‘tarib ketishmoqda. Ha, o‘sha. Yana 
mafiya! Yana terrorchilar. Prokurordan so‘ng bu safar bosh sudya qatl qilindi. Qatl qilinganda ham 
hammaning ko‘z oldida, makkorlik bilan shafqatsizlarcha o‘ldirildi. Ko‘chaning transport o‘tadigan 
qismida uzoqdan boshqarilgan portlatish natijasida barcha odamlar — Hamma-hammasi, ana shu 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish