Kutubxonachi.uz
29
borganmiz. O’shanda u yerga butun dunyodan siyosatshunoslar, futurologlar to‘plangan edi. Ordok
siyosatshunos hamda shtat ma’muriyatining vakili sifatida ishtirok etgan. Ha, qayta qurish, qayta qurish!
Biz hammamiz Sharqda ham, G’arbda ham seskanib tushganday bo‘ldik, nimasini aytasan! Romantikaga
to‘la paytlar. U mendan yoshroq, lekin hozir uyam anchaga kirib qoldi.
–
Ellik oltida, — eslatdi Jessi. — Gazetalarda shunday deb yozishmoqda: ellik olti yoshli Oliver
Ordok. Uni qara-ya! Men ham taxminan shu yoshlarda bo‘lsa kerak deb o‘ylovdim. Bundan chiqdi, Oliver
Ordok yurak yutibdi-da, taqdirini sinab ko‘rmoqchi bo‘pti-da. Oliy hokimiyatning sehriga qarang. Birdan
ishi o‘ngidan kelib qolsa-ya? Saylov kompaniyasi ochiq dengizday gap, to‘lqin turib qolsa, qarabsanki,
qirg‘oqqa otib tashlaydi. Jamoatni og‘zingga qarata olsang, bas. Sezgirlik, ustomonlik kerak. Bu jihatdan
Ordok o‘zini suvda suzgan baliqday his qiladi. Fikri unchalik teran bo‘lmasa ham, ayni vaqtda ahmoq
ham emas.
–
Ha, o‘sha damlar esimda. Yaxshi xotirlayman. O’shanda Moskvada bo‘lganimizda, sakson oltinchi
yil edi, sen Kremlda, saroyday eski, katta zalda forumda so‘zga chiqqan eding, forumni Gorbachevning
o‘zi boshqargan edi. Ordok ham biz bilan birga edi. Esingda-mi? O’shanda binoyiday, hatto yaxshigina
ma’ruza qilgandi.
–
Binoyiday. Binoyiday bo‘lganda qanday. U g‘ayrat-shijoat bilan zavq-shavqqa to‘lib so‘zlagan. U
har doim fursatdan to‘g‘ri foydalana biladi. Garchi takror aytaman, bilimi bo‘lmasa ham. Ehtimol, bunday
hollarda teran bilimning o‘zi kerak emasdir. Ommaning ongiga ta’sir eta olish uchun, avvalo,
nomzodning dasturi dolzarb bo‘lmog‘i lozim. Undan tashqari, kishining nuktadonligi katta rol o‘ynaydi.
–
Hoy, Robert, yetar, boya kitlar to‘g‘risida vaysab edik, endi bo‘lsa Oliver Ordokka yopishib oldik.
Bizning boshqa tashvishlarimiz yo‘qmi? Ko‘p o‘tmay uyga yetib kelamiz. “Ordok, Ordok” deb
valdirayveramizmi?
–
Hozirgi populizmning mohiyati ham ana shunda-da, Jessi. Bir shaxs deb hamma telba bo‘lib
qoladi, o‘sha shaxs ham hamma uchun telba bo‘lib qolganday. Biz Amerikada bundan mustasno
emasmiz.
–
Albatta. Faqat nima uchun u birdan shoshilinch suratda senga – Yevropaga qo‘ng‘iroq qilmoqchi
bo‘pti? Boisi ne ekan?
–
Bu yerda fol ochib o‘tirishga hojat yo‘q. O’ylaymanki, o‘sha samoviy rohib hozirning o‘zidayoq
ko‘plarning boshini og‘ritdi, birvarakayiga dovdiratib qo‘ydi. Sababi xuddi ana shunda deb o‘ylayman.
Yanayam xudo biladi.
–
Bunga sening nima daxling bor! Kosmik fenomen yuzasidan Ordokka sen ham telefon qilishing
mumkin edi, Bob. Salom, mo‘ysafid, Rim papasiga kosmosdan kelgan maktub haqida nima deya olasan
deyishing mumkin edi. Esingdami, Moskvada o‘rislar bunday hollarda “masalani nima bilan hazm qilish
mumkin” deyishadi. Sen ham “bu sensatsiyani nima bilan iste’mol qilsa bo‘ladi, azizim Ordok”, desang
bo‘lardi. Nega shunday deb bo‘lmas ekan?
–
To‘g‘ri aytasan. Hozirning o‘zidayoq ko‘plar senga qo‘ng‘iroq qilishdi deganding. Nima uchun
odamlar kosmosdagi savdoyining qiliqlarini meni izohlab beradi deb o‘ylashadi. Buning sababini tezroq
bilib olishim kerak. Bu shunchaki safsata bo‘lsa-chi?
–
Safsata bo‘lsa, kulishamiz, jinnilik qilamiz.
–
Hay, hay, bunday deya ko‘rma. Bunday safsatalar yaxshilikka olib kelmaydi.
–
Mana isbot, senga bahona topilsa bas. Kulgisevar frantsuzlarning seni pessimistlikda dunyoda
buning oldiga tushadigani yo‘q deb atashlari bejiz emas. Bu gaplarning barini uygayam olib kirma,
ko‘chaga tashlab ketaylik. Bugunga shuncha muammo ko‘plik qiladi — orbitadagi rohib Filofey
deysanmi, okeandagi haligi kitlar deysanmi, eh-he, men esa ertaga orkestr bilan jiddiy repetitsiya
qilishim kerak... E, Xudoyim-ey...
–
Men o‘zim bugun sen bilan bafurja suhbatlashib o‘tirmoqchiman, Jessi... Mana, uyga ham keldik.
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |