Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
117
bosqichda eng qiyini laboratoriyada undirilgan noma’lum urug‘ni inkubaning, ya’ni embrionni ko‘tarib 
yurish uchun, aniqrog‘i, to‘qqiz oylik odatdagiday homiladorlik uchun o‘z organizmini laboratoriya 
ixtiyoriga topshirgan ayolning bachadoniga implantatsiya qilish (ko‘chirib o‘tkazish) bilan bog‘liqdir. Bola 
tug‘ilgandan keyin ikkinchi bosqich boshlanadi, buni shartli ravishda emizik bosqichi deb atash mumkin. 
Bu qismning bizga aloqasi yo‘q edi, ikszurriyotlarni tarbiyalash bilan maxsus internatlar shug‘ullanishlari 
kerak edi. Ikszurriyotlar “sanoati” haqidagi vakolatli organlarning umumiy tasavvuri taxminan ana 
shunday edi.
Muammolar-chi? Barcha sohalardagi kabi bunda ham o‘ziga xos muammolar paydo bo‘lgandi. Hayron 
qolarlisi shundaki, bu texnologiyada urug‘ni donor ayolning qorniga joylashtirish ham, homilani undirish 
ham emas, balki inkubalar deb ataladigan ana shu ayollarning ruhiyati bilan bog‘liq axloq-etikaga borib 
taqaladigan sof insoniy omillar masalaning eng nozik jihati bo‘lib chiqdi. Laboratoriyada sun’iy undirilgan 
ikszurriyotning inkuba bo‘lmish ayolga genetik jihatdan hech aloqasi yo‘q edi. O’zini bilgan har qanday 
ayol ham ana shunday “ijara”ga, o‘z onalik pushtini soxta onalik uchun topshirib turishga rozilik 
beravermas edi. Buni aytib o‘tirishning hojati ham yo‘q. Ana shu muammo tevaragida jamiyatda janjal 
boshlanib ketishi hech gap emas edi. Chet ellarda ham shovshuvlar ko‘tarilib, BMTgacha va muhimroq 
ishlarga tuzoq qo‘yib o‘tirgan boshqa insonparvar tashkilotlargacha yetib borgan bo‘lur edi. Mana bu 
o‘rinda bizning hamma narsadan voqif “uch harfligimiz” — DXK (Davlat Xafsilik Komiteti)ning ziyrakligi 
va tadbirkorligiga qoyil qolish kerak. Konyuxanov eshik oldida meni kuzatib qo‘yayotib vakolatli 
organlarning tashkiliy g‘oyalarini tushuntirib berganda men g‘orga kirib qolgan qush uchun faqat bitta 
yo‘l borligini, bizning laboratoriyamizni, institutimizni va mening o‘zimni vakolatli organlar 
allaqachondan buyon bedorlik bilan kuzatayotganini – muammoning mohiyatiga naqadar aniq 
tushunishganini anglab olgan edim.
DXK xodimlari vazifani hal qilishda o‘z usuli va ko‘magini taklif qilgan edilar. Taklif bunday edi: inkubalar 
jazo muddatini o‘tayotgan mahkumalar orasidan maxfiy yo‘l bilan tanlab olinadi. Bunday mahkumalar 
esa mamlakatda keragidan ortiq darajada. Turli jinoyatlar uchun turlicha moddalar bilan kesilgan o‘n 
minglab va yuz minglab mahkumalar ko‘pdan-ko‘p ayollar koloniyalari va badarg‘axonalarda to‘lib-
toshib yotibdi. Ana shu ma’noda mahkumalar orasidan inkubalarni xohlagan miqdorda tanlab olish 
mumkin. Mening roziligim kerak bo‘lib qoldi. Men o‘ylab ko‘raman, dedim.
Keyinroq vakolatli organlar takliflari bilan ikir-chikirlarigacha tanishdim va ularning topqirligidan, 
rejalashtirilgan vazifalarning aniqligidan bu safar ham og‘zim ochilib qoldi. Inkubalikka 10 yildan 25 
yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum etilgan mahkumalardan nomzodlar tanlab olinishi kerak edi. 
Tegishlicha tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng mahkumaga quyidagi shartlar asosida inkubalik rolini 
bajarish taklif qilinardi: a) bir ikszurriyot tug‘ilishi qamoq muddatining yarmisini qisqartirar, ikkinchi 
ikszurriyotning tug‘ilishi butunlay ozod bo‘lish huquqini berardi; b) mahkuma-inkuba 
ikszurriyotchaqaloqni uch oyga to‘lguncha emizib turishga, shundan so‘ng uni davlat tarbiyasiga so‘zsiz 
topshirishga majbur; v) bola tug‘ilgandan keyingi ta’til davri tugagandan so‘ng mahkuma-inkuba o‘ta 
uzoq rayonlardagi lagerga yoki badarg‘axonaga jo‘natiladi; g) mahkuma-inkuba o‘zining roli, manzili 
haqidagi, xizmat qiluvchi xodimlarning shaxsi haqidagi ma’lumotlarni sir saqlash to‘g‘risida tilxat beradi, 
tilxatda ko‘rsatilgan shartlar buzilgan taqdirda ikkinchi marta jazoga tortilardi.
Mahkumalar orasidan inkubalar tanlash loyihasi umumiy tarzda ana shunday edi. Men uzoq o‘yladim. 
Bu loyihani qoyil qolib qarshi oldim deya olmayman, lekin boshqa yo‘lini topa olmadim va tavakkaliga 
rozilik berdim.
Vakolatli organlarning bir xodimi bilan suhbatlashganim esimda. U suhbat uchun institutga keldi. 
Xiyla aqlli odam ekan. Inkubalarni qamalganlar orasidan tanlab olishning axloqiy jihatiga shubha 
qilganimda u hozircha boshqa yo‘li yo‘q, vaqt kelib mahkumalardan foydalanish zaruriyati qolmaydi – 
inkubalarning xizmatlari, aytaylik, fohishalarning hizmatlari kabi pullik bo‘ladi deb javob berdi. Va 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish