Kutubxonachi.uz
35
ko‘rishadi? Qanday mavqe tutish kerak? Ochig‘ini aytganda, men konservator deb nom chiqarishni
xohlamagan bo‘lar edim, buning keragi yo‘q, shu bilan birga biron sohada inqilob qilish — Hamma vaqt
xatarli bo‘lib kelgan. Qandaydir bema’nilik, tushunmovchilik sababli, aytaylik, ana shu samoviy voqea
munosabati bilan poyganing boshidayoq o‘yindan chiqib ketish alam qiladi. Men hammasiga tayyorman,
saylovoldi kurashining hamma variantlari, Olimpga ko‘tarilish yo‘lida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan barcha
mushkulotlar hisob-kitob qilib qo‘yilgan. Xuddi ana shu paytda samoviy rohibning «Assalomu alaykum»
deb qolishi qiziq bo‘ldi-ku! Nima qilish kerak — «men sen bilan» deymanmi yoki «seni jin ursin, nari
tur» deymanmi? Xudo haqqi, bunaqasi tushingga ham kirmaydi. Lekin go‘rga borasanmi? Shu masala
yuzasidan sening fikringni bilmoqchi edim, shunchaki qiziqsinib emas, balki zaruratdan. Kutilmaganda
ovozlarni boy berib qo‘ymasam bo‘lgani. Mana muammo qaerda.
–
Yaxshi, Oliver, men hammasiga tushunganday bo‘ldim, — javob berdi Robert Bork, Ordokning
g‘ayrati va shijoatiga qoyil qolib (Siyosiy jihatdan omon qolish uchun siyosatchilar bilan bel bog‘lab
kurashish oson emas!).
Bork rohib Filofeyning kosmosdan dumli yulduz yanglig‘ uchib kelishi kishilarning ongiga qanday
rahna solganligi, dunyoda qanday yovuz ig‘vo-ehtiroslar xuruj qilganligini bir lahzada ko‘z oldiga
keltirgach, miyasiga qon quyilganday bo‘ldi, qulog‘i shang‘illab ketdi. Bu yaxshilikka olib keladimi yoki
yomonlikka? Bevosita qo‘yilgan savolga javob berish kerak edi.
–
Agar sen, Oliver, saylovoldi poygasida ishtirok etmaganingda ham, — dedi Bork telefon simining
narigi uchida suhbatdoshi uni ko‘rib turganday beixtiyor bosh chayqatar ekan, — o‘shanda ham baribir
muhokama qilinishi kerak bo‘lgan masalalar topilardi. Gap mening Filofey maktubi ta’sirida
bo‘lganimdagina emas. Gap shundaki, men har qancha shubha qilmayin, Filofeyning xulosalarini rad
etish uchun asos topolmayapman. Aksincha, ishonch paydo bo‘layotir.
–
Ishonish kerak demoqchimisan?.. Bu nimaga olib keladi, Robert?
–
Zamon nimaga olib kelgan bo‘lsa, o‘shanga. Bundan buyon masala shunday qo‘yiladi — biz
Filofeyning kashfiyotini ma’lumot uchun qabul qilamizmi yoki uni qo‘limizdagi dalillar bilan rad etamizmi,
yo bo‘lmasa, hech qanday muhim voqea ro‘y bermaganday, pinagimizni buzmay turaveramizmi,
Filofeyni xira pashshaday haydab yuboramizmi? Birinchisi ham, ikkinchisi ham, uchinchisi ham hozircha
bizning ixtiyorimizda. Bordi-yu Filofey ko‘targan muammolardan o‘zimizni chetga oladigan bo‘lsak, hayot
doimgiday davom etaveradi, Kassandra tamg‘asidan bexabar bo‘lganimizda, kassandra-embrionlarning
genetik fojeasi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lmaganimizda boshqa gap edi, lekin biz buni bilib oldik.
Endi qanday yo‘l tutish kerak? O’zimizcha hech qanday xavf yo‘q deb beparvolik qilib turaveramizmi
yoki haqiqatdan ko‘z yummay, oxir zamonning muqarrar ekanligini sezib, kassandra-embrionlarning
ovozini eshitib turaveramizmi? Nima qilish kerak? Kechagina insoniyat bu haqda hech narsa bilmas edi,
bugun esa bundan xabardor. Boshqacha aytganda, tashxis qo‘yilgan. Oqibatda inson o‘z jismida o‘zini
yangidan kashf etdi deyish mumkin — o‘zining endigina paydo bo‘lib, unib kelayotgan pushtida u o‘zi
kim, oldingi avlodlarning irsiy yo‘l bilan o‘tgan illatlari uni qayoqlarga, qanday genetik zimistonga olib
ketadi? Biz o‘sha mudhish ko‘zguda o‘zimizga yaxshilab razm sola olamizmi? Yoki ko‘rmaslikka olib,
o‘zimizni borgan sari burchakka ko‘proq tiqaveramizmi? Men Filofeyning kashfiyotini ana shunday
tushunaman.
–
Hm, hm, — kuchanib to‘ng‘illadi Oliver Ordok telefonda va og‘ir uf tortib jimib qoldi.
–
Nima uchun jimib qolganingni tushunaman. Lekin mening fikrimni umuman inobatga olmasliging
ham mumkin. Eshityapsanmi?
–
Eshityapman. Har holda sening fikring men uchun muhim, Robert. Mening boshqa yo‘lim yo‘q —
men yutishim yoki yutqazishim mumkin, bu mening yo‘l tanlay olishimga bog‘liq. Tushunyapsanmi?
Yutqazish esa menga hecham yoqmaydi. Nega endi men yutqazishim kerak ekan? Tushunib turibman,
masalan, men ish tashlovchilar tomoniga o‘tsam yoki aksincha, aparteidga qarshi namoyishchilarning
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |