Kutubxonachi.uz
34
chiqadigan bo‘lsa va haqiqatdan-da nodir kashfiyot qilingan bo‘lsa, kashfiyot deganimiz ham ruh paydo
bo‘lishining biopsixologik faktoriga, embriondagi intuitsiyaga, jumladan oxirzamon nishonasiga (men
uni «Filofey nishonasi» deb atagan bo‘lur edim) aloqador bo‘lsa, erk va qo‘rqinch, tug‘ilish bilan o‘lim
kishi hayotida qanday o‘rin tutsa, bu ham bundan buyon xuddi shunday o‘rin tutajak.
–
Hatto shu darajadami? Nahotki shunday bo‘lsa, unda hech narsa deb bo‘lmaydi. Hayratomuz
gaplar! — Ordokning ovozida samimiy hayrat va ranjish alomati sezildi. — Unday bo‘lsa bundan buyon
nima qilmoq kerak?
–
Sen nimani nazarda tutyapsan?
–
Men nimani nazarda tutishim mumkin? Biz sen bilan musohaba qilgan yuksak materiyalar o‘z
yo‘liga, lekin men saylovchilarning savollariga konkret javob berishim, «Filofey nishonasi»ga o‘z
munosabatimni bildirishim kerak. Bu borada tushunmovchiliklar bo‘lmasligini xohlar edim.
–
Ha, seni tushunaman, — Ordokning fikrini ma’qullab dedi Bork. — O’ylab ko‘rish kerak...
–
Biron soatdan so‘ng telefon qilsam-chi? Rostdan ham, Robert, g‘alati bo‘lib ketayapman. Xotirjam
bo‘lganimda seni bezovta qilmagan bo‘lur edim ham, lekin o‘zim nafsoniyati kuchli odam bo‘lganim
uchunmi (men shunday odamman, xudodan yashirmaganni bandadan yashirmayman) o‘sha
auditoriyada o‘zimga o‘zim kuchli ishonishim hecham kifoya qilmaydi. Sening gaplaringdan payqadimki,
bu — inson tabiatida butunlay yangi bir haqiqatdir. Axir biz amerikaliklar, o‘zing bilasanki, hamma
sohada birinchi bo‘lmog‘imiz, o‘zimizning mustaqil va boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan fikrimiz bo‘lmog‘i
zarur. Xudo ko‘rsatmasin, bugun galaktikadan o‘zga sayyoraliklar kelib qolishsa, ertaga o‘shalar bilan
achomlashib tushgan rasmlarimizni bosib chiqarishimiz kerak. Aks holda biz amerikalik bo‘lolmaymiz.
–
Ha, to‘g‘ri, xuddi shunday, — kuldi Bork va qo‘shib qo‘ydi: — Albatta, endi telefonda gaplashishlar
kifoya qilmaydi, balki muhimroq narsa, aytaylik qandaydir forum, yo‘q deganda maxsus konferentsiya,
bittagina konferentsiya emas, bizning Amerikadagina emas, balki boshqa mamlakatlarda ham
konferentsiyalar o‘tkazilmog‘i kerak, bu tashabbusni aholi zich yashaydigan regionlar, birinchi galda
Rossiya, Xitoy, hindiston, Yaponiya ayniqsa jon deb qo‘llab-quvvatlaydi, Filofey uloqtirgan tosh suv
yuzida qanday to‘lqin hosil qilajagini tasavvur etaman. Lekin boshlagan suhbatimizni davom ettiraylik.
Nima qilmoq kerak, ertaga nima qilamiz? Axir sen, Oliver, o‘zingning saylovoldi dasturing bilan
chiqmoqchi eding shekilli? Shundaymi? Sen hozirgina saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazding, sening
o‘zingning birinchi o‘ringa qo‘ygan masalalaring, dalil-isbotlaring, har bir da’vogarda bo‘lganidek, ta’sir
qilish usullaring bor. Matbuotda nomzodlarning reytingi to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘zga tashlandi.
Xomcho‘tlar, bashoratlar. Sening ishlaring chakki emasga o‘xshaydi. Men sening raqiblaringni ham
yaxshi bilaman.
–
Hamma gap shunda-da. Juda kuchli, tadbirkor shaxslar. Ana shunday kutilmagan omil — Filofey
nishonasi mana men deb turganda o‘shalarni hech ham unutib bo‘lmaydi.
Bork uning ko‘nglini ko‘tarishga urindi:
–
Menimcha, hali vaziyat aniq emas ekan, bu haqda gaplashishga vaqt erta. Prezidentlikka nomzod
ekansan, bu mavzuning senga bevosita aloqasi yo‘q.
Oliver Ordok og‘ir xo‘rsindi.
–
Sen u qadar haq emassan, — e’tiroz bildirdi Ordok. — Albatta, butun tarix uchun hecham mas’ul
emasman. Lekin bu vaziyatning saylovoldi ishlarimga ta’siri meni tashvishga soladi. Endi menga quloq
sol, Robert. Mening senga murojaatimga kelganda shuni aytish kerakki, hozirgi yoshlar seni yaxshi
bilishadi va ma’naviy jihatdan senga ergashishadi. Ko‘p vaqtingni oldim, men tasodifan qo‘ng‘iroq
qilayotganim yo‘q, axir sen mashhur futurologsan va hokazo, bizdek siyosat amaliyotchilariga senga
o‘xshagan allomalar maslahat bermasa, kim maslahat beradi. Saylovlardagi raqiblarim tullak
siyosatdonlardir, ular orasida men yangiman. Bilasanki, hozir birinchi qur, agar oldindan to‘g‘ri siyosiy
yurishlar qilinmasa, o‘yindan chiqib ketish hech gapmas. Ana shu vaziyatda saylovchilar kimni afzal
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |