Kutubxonachi.uz
30
T o‘ r t i n ch i b o b
Bamaylixotir dam olishning iloji bo‘lmadi. Kech soat yettidan oshishi bilan telefon jiringladi. Ayol kishi
dadil ohangda, kech bezovta qilgani uchun kechirim so‘radi-da, mister Bork prezidentlikka nomzod
mister Ordok bilan gaplasha olarmikin deb qoldi. Shundan so‘ng Ordokning o‘zi gaplashdi. Har doim
so‘zamol, o‘ta samimiy odam bu gal nima uchundir hayajonda edi. Ikki do‘st o‘rtasidagi erkin suhbat
qirq minutdan ko‘proq davom etdi. Robert Bork ish yuzasidan ko‘pgina kerak-nokerak gaplarni eshitdi.
O’zi ham ko‘nglidagi gaplarini aytib oldi.
Suhbat hazil-mutoyibadan boshlandi:
–
Xelou, Robert, qaytib kelganing rost bo‘lsin, men senga aytib qo‘yishim kerak: bu safar Amerika
qit’asida sening kelishingni hech kim menchalik kutmagan bo‘lsa kerak, bundan sening go‘zal rafiqang
mustasno, albatta, seni Reyn sohilida qandaydir frankfurtlik jononlar davrasida uchratib qolsam kerak
degan umid bilan Yevropaga jo‘nashga ham tayyor edim.
–
Rahmat, Oliver! Frankfurtlik ayollar chindan ham go‘zal. O’ylaymanki, sen meni faqat shu sababli
axtarib yurmagandirsan. Boshqa biron gaping bo‘lsa kerak. Ancha vaqtdan beri ko‘rishganimiz yo‘q.
–
Ha-da, juda gap ko‘p. O’zing tushunasan-ku: jin ursin, aytganday keyinroq jin haqida men senga
tunov kuni o‘zim guvoh bo‘lgan qiziq bir voqeani so‘zlab beraman, buyog‘ini eshit, sen Yevropa bo‘ylab
sayr qilib yurgan kezlaringda men saylovoldi kampaniyasiga o‘ralashib qoldim.
–
Bilaman, bilaman. Bunga qattiq kirishgansan.
–
Qattiq bo‘lganda qandoq. Menga yetarlicha beli baquvvat, eng muhimi, manfaatdor puldorlar
sherik bo‘lishmoqda. Lekin gap bu haqda ketmayotir, aqcha bir orkestr bo‘lsa, ashulasini sening o‘sha
manman do‘sting, ya’ni kamina aytishim kerak. Buning ma’nosi nimaligini o‘zing mendan ko‘ra yaxshiroq
bilasan. Faqat biron natija chiqarmikin? Bu jiddiy masala. Biroq men orqaga chekinmoqchi emasman.
Qisqasi ezmalik qilishga o‘rin yo‘q. Sen buni juda yaxshi bilasan. Omma bilan uchrashuvlarda obro‘yimga
obro‘ qo‘shmoqchiman (olomon demoqchi emasman, hecham, har qanday holda ham, ha, albatta,
umumzakovat, buni men barcha uchrashuvlarda ta’kidlayapman, men barcha darajalardagi
umumzakovatning rivoj topishi tarafdoriman). Shunday bo‘lsa ham sen — sen o‘zimiznikisan, aytib
qo‘yay, sening ikkiyoqlama muhitlar haqidagi maqolalaringni o‘qiganim bor, demakki, populizm degani
portlash xavfi bo‘lgan mintaqaga kirib qolgan bilan baravar: odamlarning ko‘nglidagidek qadam
tashlamasang, javob bermasang, fikr bildirmasang, birovlarning ko‘ngli to‘ladi, boshqalarniki — yo‘q, va
hamma sendan nimadir kutadi, va bunga har qanday holatda ham tayyor bo‘lib turmoq darkor. Eng
muhimi, muammolarni o‘z nuqtai nazaringdan xalqqa tushunarli qilib gapirib berishda. Ular, saylovchilar
nimalarni kutishadi — muammolarning hal qilinishini. Allo, allo, eshitayapsanmi? Robert, kechirasan,
men senga — olimga qayoqdagi narsalarni gapirib o‘tiribman, o‘zim ham xijolatdaman. Lekin hozirgi
paytda mening qismatim shunday. Ko‘chada o‘tib ketayotgan har bir kishi meni tushunishi kerak.
–
Xavotir bo‘lma, Oliver. Men seni eshityapman, qulog‘im senda.
–
Rahmat. Eng muhimi, dunyodagi hozirgi krizis holati qarshisida o‘z dasturimni — Amerika
istiqbolining strategik dasturini saylovchilarga tushuntirib berishga harakat qilaman. Dunyoda krizis
bo‘lib turgan paytdagi dasturimni. Ta’kidlab aytaman — krizis holati dasturini. O’z-o‘zimga shunday deb
qo‘yaman — Hayot o‘zi qachon krizis holatida bo‘lmagan. Krizis har doim, hamma zamonlarda bo‘lgan.
Har doim kimdir o‘zini tahlika ostiga qo‘yib boshqalarni o‘z ortidan ergashtirgan. Shu ma’noda krizis
odamlarni ergashtirish, ishontirishning zaruriy shartidir. Konstituttsiya va mavjud qonunlar bor bo‘lsin,
dunyoda osoyishtalik hukmron bo‘lsa birov birovga quloq solarmidi? Krizis bo‘lmasa, birov birovning
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |