Kutubxonachi.uz
27
vaqtda bo‘lmag‘ur fikrlar tug‘iladi, o‘zlarimizda deyarli har qadamda qanchadan-qancha hasadgo‘ylik,
ichiqoralik, razillik yuz ko‘rsatadi, axir uyg‘unlik degani o‘z nafsini tiyish, ma’naviy axloqsizlikka qarshi
kurash demakdir. Va bu o‘rinda o‘z-o‘zidan bir savol tug‘iladi — vijdon deganining o‘zi nima, barcha
zamonlarda har bir kishi vijdonni o‘zi xohlaganday ayyorlik bilan, o‘ziga moslab, bilganicha izohlab keldi,
o‘zi holicha tabiat oldida, tarix oldida, dunyoning kelajagi oldida, nihoyat, bizni yaratgan va biz o‘zimiz
o‘ylab topayotgan Xudo oldida mohiyati nimadadir?
–
Robert, — dedi xotini toqati toq bo‘lib, — Agar o‘rta asrlarda yashaganingda edi chindan ham
sendan otashin notiq chiqqan bo‘lur edi. Shu bilan barobar shakkokliging uchun seni inkvizatorlar jon
deb gulxanga tashlagan bo‘lar edi. Xudoni o‘ylab topib, yaratib bo‘ladimi?
–
Ha, nima demoqchi ekanligingni endi tushundim. Jessi, sen ham juda aqidaparast bo‘lib
ketyapsan. Bay, bay, bay. Baribir meni yondira olishmagan bo‘lardi. So‘z bilan hammasini, hammasini
qilsa bo‘ladi. Ha, ha. Shuning uchun ham so‘z nozil qilingan. Nimaiki xayolimizga kelsa, boshimizga
tushsa, barini so‘z bilan izhor qilamiz. Inson qo‘li bilan nimaiki yaratilibdi, bari so‘zning amalga joriy
qilinishidir. Ko‘prik daryo ustiga qurilmasdan oldin so‘z edi. Undan ham muhimi, so‘z — abadiylikning
o‘zimizdagi imkoniyatidir. Biz o‘lamiz, lekin so‘z qoladi. Shuning uchun ham u — Xudo. Biz ana shu
so‘zda iztirob ila yugurib yelamiz, so‘zlarda — ba’zan qanot bog‘lab abadiylikka uchamiz, ba’zida so‘z
bizni xachir kabi yetaklab olishi muqarrardir. Lekin men boshqa narsa haqida gapiryapman. Hayotning
butunlay qarama-qarshi mohiyati haqida — dastlab so‘z bo‘lmaganligi to‘g‘risida gapirayotirman. Bu esa
— butun boshli tabiatdir. Misol uchun o‘sha kitlarni olaylik. Shu ma’noda ular fojeali maxluqlardir. Gapira
olmagani uchun, kitlarga noyob intuitsiya — ichki shuur, faqat shu jonivorlarga xos tafakkur va ruh,
o‘ziga xos energoinformatsion (energiya hamda informatsiya chiqarib turadigan) biomaydon ato
qilingan. Kitlarning ukalari bo‘lmish delfinlarga qarab ham shunday xulosa chiqarsa bo‘ladi.
–
Shunday bo‘lsa ham, Robert, sen o‘zingga nimalarni kashf qilding?
Robert Bork o‘zi uchun o‘ta muhim bo‘lgan masala yuzasidan og‘iz ochishdan oldin o‘ylanib indamay
qoldi. U har safar aeroportga ketayotganda yoki aeroportdan kelayotganda nima uchundir uyda kam
gapiriladigan narsalar to‘g‘risida so‘z yuritish istagi paydo bo‘lishini payqadi.
–
Bilasanmi, — davom etdi u, — Kifferning gapiga qaraganda (men buni asossiz deya olmayman)
kitlar — ochiq okeanlardagi radarlardir, ular koinotdan keladigan signallarni sezishadi, ehtimol,
vulqonlarning otilishi yaqinlashganini xuddi o‘sha kitlar birinchi bo‘lib sezib olishadi va yerning ichki
energiyasining siquvidan sassiz o‘kirishadi, lekin ular uchun, har qanday kemalar ham bas kela
olmaydigan dahshatli po‘rtana va to‘fonlarga metindek bardoshli bu jonivorlar uchun eng dahshatlisi
inson aqli yetmaydigan, payqamaydigan holat, ya’ni nosog‘ ijtimoiy muhitning, odamlar qilgan
yovuzliklarning signallari ta’sirida dunyoviy ruh muvozanatining buzilishi bo‘lsa kerak. Aftidan kitlar
uchun eng dahshatlisi, ana shu, Alp tog‘laridan esadigan shamol (men nimani nazarda tutayotganimni
payqagan bo‘lsang kerak, bu haqda qancha-qancha adabiyotlar bor) tog‘ odamlarining tinka-madorini
mudom quritib turadigan bo‘ron bo‘lgani kabi, devkor maxluqlar uchun eng mashaqqatlisi ana shu
yovuzliklardir. Axir vulqon qancha qo‘rqinchli bo‘lmasin, u lavani otib chiqaradi-da so‘ngra tinib-so‘nib
qoladi. Odamlarning yovuzlik shamollari esa tinim bilmaydi. Gap mana shunda. Hayot shunday
qurilganki, ezgulik har doim tanqis, yovuzlik esa mo‘l-ko‘l, oshib-toshib yotibdi. Tasavvur qil, yerda
odamzot to‘xtatib qolishga ojizlik qiladigan dahshatli bir hodisa ro‘y bersa, bir-birlarimizni o‘ldirib,
qiynoqqa solib, oyoqosti qilib, surbetlarcha aldab, shu hodisani keltirib chiqargan bo‘lamiz (biz bunga
o‘zimizning qilmish-qidirmishlarimiz sabab bo‘ldi deb ham qo‘yamiz), kitlar chorasizlikdan najot istab
bizga keladi. Chunki dunyoviy aqlning barbod bo‘lish, yo‘qolish, demak, barham topish xavfi tug‘ilayotir.
Bundan har qanday tilsiz maxluqot zamonning oxir bo‘lishini sezadi. Tirik mavjudotlar ichki sezim bilan
ana shundan qo‘rqadi. Nima uchun kalamushlar cho‘kib borayotgan kemani tashlab qochadi, deb
o‘ylaysan. Xuddi ana shuning uchun. Gapirish, so‘zlash baxtidan mahrum bo‘lgan kitlar bizlarning
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |