Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
24
uchib ketayotgan xonandani qarshi olish uchun Reynga kalla tashlab, suza ketsa-yu, unga qo‘l silkitsa, 
suvdan boshini chiqarib biron bir shirin so‘z ila uning ko‘nglini olsa, yonma-yon birga chopib, dunyoning 
jamiki tashvishlarini unutsa.
Ular katta yo‘lda g‘izillab ketayotib o‘sha g‘alati hofizni eslab rosa kulishdi.
Bork yana o‘z uyiga, o‘lan to‘shagiga, ishxonasi, yozuv stoliga qaytish ishtiyoqida yonar ekan, “Endi 
uyga, uyga. Ishlash kerak, ishlash!” deb qo‘yar edi o‘z-o‘ziga. Bu haqda o‘ylar ekan, odatdagiday 
vujudida ikki xil tuyg‘u jo‘sh urar edi — Har gal safardan qaytib kelganda bo‘lgani kabi aeroportda — 
Jessi bilan uchrashganda qandaydir o‘kinch, hafta davomida uyda bo‘lmaganligi, qo‘ldan boy berilgan 
kunlar uchun achinish hissi uning dilini tirnar edi. Inson o‘z umrida qancha kunlarni behuda 
o‘tkazganligini, bu kunlarning qadr-qiymatini juda kech tushunadi.
Bu safar odatdagi kayfiyatga yana bir his — samolyotda ekanligidayoq eshitilgan xabarning aks 
sadosi qo‘shilganday bo‘ldi. Bunday axborotlar odatda, hammani hayratda qoldiradigan sensatsiya bo‘lib 
alanga oladi-da tezda so‘nib qoladi. Lekin Bork bu safar qulog‘iga chalingan voqea haqida o‘ylagan sari 
ro‘y bergan hodisaga o‘zini daxldorday, daxldor bo‘lganda ham endi undan bosh torta olmaydigan, 
o‘ziga hech aloqasi bo‘lmagan mojaroni miyasidan tamomila chiqarib tashlay olmaydigan darajada 
daxldorday sezib, o‘zi o‘zidan tobora ko‘proq hayratlanardi. Agar tasodifan u sudxonaga kelib qolganda 
kutilmaganda birdan hukm chiqarishib, sudlanuvchigina emas, balki shu paytda ishni eshitish uchun 
kelgan barcha kishilar sud protsessida ishtirok etganliklari uchungina aybdor deb topilsa qanday 
bo‘lardi? Bu hukmnomani o‘qib eshittirilganligi uchungina bekor qilib bo‘lmasa-ya!
Kosmosdan kelgan yangilikdan chindan ham g‘alati, kutilmagan va tushuntirib bo‘lmaydigan vaziyat 
vujudga keldi. Rulda o‘tirgan Jessi ham bu yangilik og‘ushida g‘arqday ko‘rinadi. Buni Bork xotinining 
chehrasidan, ko‘zlaridan bilib oldi. Tabiat Jessiga chaqnoq nigoh ato qilgan — ko‘z ilg‘amas darajada 
tovlanib turadigan bu nigoh Robert Bork uchun butun bir olam desa arzigulik. Ular birinchi bor xayriya 
kontsertida tanishishgan edi — o‘shanda Bork uni yosh musiqachilar orasida, Jessi esa Borkni sahna 
yaqinida, tomoshabinlar o‘rtasida ko‘rgan edi; shundan so‘ng ular bot-bot uchrashib turishdi; o‘sha 
birinchi kundan boshlab, uning ko‘zidan “hayotning issiq-sovuqlarini” o‘qib olishni o‘rgandi, uning butun 
borlig‘ini bilib oldi va Jessi ham erining butun fe’l-atvorini o‘rgandi. Bir-birlarini bir so‘zdan, bir qarashdan 
tushuna olishlari ularning inoq va baxtli oilaviy hayot qurishlariga zamin yaratdi.
U o‘z tabiatiga xos bo‘lmagan tarzda o‘yga tolib jimib qolgan ziyrak xotinini oldi-qochdi gaplar bilan 
alahsitmaslikka harakat qildi. Jessining tashvishlanishi uchun durustroq asos ham yo‘q edi. Ularning 
turmush poydevorlari o‘ta mustahkam edi, oldindan aytib bo‘lmaydigan birdan-bir narsa shu ediki, 
Xudoning qancha umr ato qilganini hech kim bilmas edi. Hozircha ular o‘zlarining ijodiy rejalarini vaqt 
va sog‘lik imkon bergan qadar amalga oshirishga harakat qilishmoqda edilar. Bork shu narsani tushunar 
ediki, hozir Jessining avzoyi buzuq ekan, demak, u samoviy rohib Filofeyning haligi xatidan g‘alati 
ahvolga tushib qolgan edi.
“Uyda gaplashib olarmiz, — deb o‘yladi Robert Bork. — Ehtimol, hozir yo‘ldayoq dorilfunundagi 
do‘stlardan birontasiga qo‘ng‘iroq qilib, gaplashgan ma’qulmidi? — U telefon dastasini ko‘tarmoqchi 
bo‘ldi-yu, yana o‘ylanib qoldi.

hozir emas, oldin o‘sha samoviy folbinning maktubini diqqat bilan o‘qib ko‘ray-chi, undan 
keyin...”

Radioni qo‘yaymi? – Erining fikrini o‘qiganday so‘radi Jessi.

Kerak emas... Radiodagi valdirashlarning menga nima keragi bor? Sen yonimdasan, shuning o‘zi 
yetadi.

Bu gapingga jon deb ishonaman, juda ishonaman, — dedi Jessi bosiq istehzo bilan, yana bir 
mashinani quvib o‘tar ekan.


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish