Kutubxonachi.uz
21
har qaysi kishi, hamma birgalikda, butun bani bashar bir bo‘lib, falokat va illatlarga barham berishsa,
hayotning istiqbolini yangilashlari mumkin. Bu xomxayollikmi? Yana xayolparastlikmi?! Yo‘q, bu
navbatdagi xayolparastlik emas. Bu tirik jonning omon qolish yo‘li, boshqacha yo‘l yo‘q...
Imonim komilki, kassandra-embrionlardan tezda xalos bo‘lish uchun o‘zlarini chetga olmaydigan,
orqaga chekinmaydigan, mardonavor kishilar topiladi; bunday kishilarga taqdiri azaldan xabar beruvchi
signallar ko‘p narsalar to‘g‘risida: inchunin hammaning va har bir kishining hayot tarzi uchun, avlodlar
taqdiri uchun mas’uliyati to‘g‘risida, odam bolasining o‘z-o‘zi bilan mislsiz bellashajagi haqida gapirib
beradi. Bunday kishilar hayotning yaxshilanishiga erishadilar.
Men bunga ishonaman.
Endi qisqacha o‘zim haqimda.
Meni hech kim sochimni qirqib rohiblikka qabul qilgan emas, men shunchaki, boshqacha aytganda,
shartli samoviy rohibman va ismimni ham shartli tanlab, o‘zimni Filofey deb ataganman, qadimgi Rusda
shunday ismli rohiblar bo‘lishgan. Fazoviy hujrada darvishona yashashni o‘zim tanlaganman. Bizning
xalqaro ekipajimiz — amerikalik, yapon va men (yaqin vaqtgacha sovet olimi va kosmik laboratoriyaning
ilmiy rahbari) o‘z dasturimizni tugatib, Yerga qaytishimiz kerak edi, men orbital stantsiyani tashlab, ko‘p
marta foydalaniladigan fazoviy kosmik kemaga o‘tishdan bosh tortdim. Men bu haqda bayonot berdim
va meni tinch qo‘yishlarini talab qildim. O’tkir ustarani tomog‘imga qadab, sheriklarimni meni o‘z
holimga qo‘yishga majbur qildim. Va o‘z so‘zimni o‘tkazdim...
Mana beshinchi oy, bir yuz o‘ttiz yettinchi kundirki, orbitada yakka-yolg‘iz yashab tadqiqotlar olib
bormoqdaman, Stantsiyada qoldirilgan oziq-ovqat zahiralari menga bu yerda yana ko‘p vaqt bo‘lishimga
imkon beradi. Yomon aytmay yaxshi yo‘q degani rost bo‘lsa kerak. Sovet imperiyasining
parchalanishidan butun dunyo zil ketdi, menga esa bu qo‘l keldi. Kosmos uchun xizmat qiladigan yerdagi
sobiq sovet mahkamalari boshlari gangib, meni va ilgarilari «Vostok–27» deb atalgan orbital stantsiyani
unutib qo‘yishdi. Hali-veri eslashmasa ham kerak, taxminimcha, men haqimda o‘ylashga ularning
vaqtlari ham yo‘q, ehtimol, ular kosmosdagi mulklarni yangi davlatlarga bo‘lib berish kabi be’mani tadbir
bilan hali uzoq vaqtgacha band bo‘lishadi, men yashab turgan orbital stantsiyani ham bo‘lib olishga
harakat qilishlari mumkin, balki kosmosning o‘zini ham taqsimlab olishar... Lekin bu ularning ishi.
Mening tanlagan ishlarim aniq va o‘z burchimni bajarayapman. Men butun insoniyatning fikrini o‘rganib,
kassandra-embrionlarning signallarini umrimning oxirigacha aniqlash bilan shug‘ullanishga bel
bog‘laganman.
Yerda meni hech kim kutmayapti, chunki men so‘qqabosh, tashlandiqman, bolalar uyida
tarbiyalanganman. Barcha ma’lumotlarga qaraganda, go‘dakligimda onam meni qandaydir jiddiy
sabablarga ko‘ra bolalar uyi eshigi oldiga tashlab ketishga majbur bo‘lgan ekan. Mening hayotim qanday
kechdi, kosmosga ketishga meni nima majbur qildi — bu haqda hozircha hech nima demayman, bu
alohida mavzu.
hazratim, men Sizning nuroniy siymongiz oldida yana bir marta bosh egaman. Aybga buyurmagaysiz.
Siz orqali odamlarga murojaat etar ekanman, mening birdan-bir orzum — kishilar haqiqatni bilishsin.
Filofey, samoviy rohib,
hayotda — Andrey Kriltsov
Rim papasiga orbital kompyuterdan jo‘natilgan maktubga «Tribyun» gazetasining tahririyasiga
yuborilgan xat ham ilova qilingan edi. «hurmatli muharrir! Siz bilan kelishganimizdek, maktubimni bosib
chiqarish huquqini faqat «Tribyun» gazetasiga beraman.
Men «Tribyun» gazetasi ana shunday ishga jur’at etib o‘ziga o‘ta og‘ir mas’uliyat olayotganini yaxshi
tushunaman. Sizning jasoratingizga qoyilman.
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |