Kutubxonachi.uz
19
mash’um paytda avtomabilda sudya va uning qo‘riqchilari o‘tib ketayotgan mahalda shu atrofda
bo‘lganlarning bari tit-piti chiqib portlab yonib ketdi. Hamma nayranglar barchaning ko‘z oldida bekami-
ko‘st ishladi.
Namoyishchilarning sabr kosasi to‘lib toshgan... Odamlar daryosi oqib bormoqda. Lekin ular kimlarga
qarshi chiqishmoqda? Ommaning qo‘lidan nima kelishi mumkin? Mafiyachilarning o‘zlari namoyish
qatnashchilarining orasida miyig‘ida kulib o‘tirishmaganmikin? Oradan bir-ikki soat o‘tgandan so‘ng
namoyish tarqalib ketadi, mafiyachilar o‘z manfaatlaridan voz kechishmaydi, o‘zlarini balandparvoz
so‘zlar bilan mafiya, kartel, sindikat va hatto imperiyalar deb atashadi. Butun-butun mamlakatlar,
mafiya mustamlakalari hozirdanoq ana shu kuchlarning yashirin zulmi ostida yashamoqda!..
Namoyish qatnashchilari olg‘a qarab borishmoqda. Ularning tepasida esa g‘izillab vertolyot uchib
o‘tib, varaqalarni yomg‘irday yog‘diradi-da, uylar ortida ko‘rinmay ketadi. Bularning hammasi mening
ko‘z o‘ngimda bo‘lib o‘tayotir. Odamlar tepadan tushgan varaqalarni ko‘zdan kechirishadi. Varaqalarda
ajal nishonasi — kalla suyagi yonida ilik suyaklari tasvirlangan... Mafiya ajal urug‘ini sochayotganini
yashirmaydi. Barchaga, mafiyaga qarshi chiqqanlarning hammasiga o‘lim! Qahrli hayqiriqlardan
odamlar hayajonga tushishadi. Ko‘plarning ko‘zlarida yosh qalqiydi. Boshiga beretni qiyshaytirib kiygan,
galstugi yechilib ketgan politsiyachi kiyimidagi juvonga ko‘zim tushadi. Qo‘liga kamera ushlab olgan
politsiyachi ayol videoga olayotgan bo‘lsa kerak. Juvon vertolyotni suratga olib ulgurdi. Bundan ne
foyda? Mafiyachilar ahmoq emas — vertolyot boshqa rangga bo‘yab qo‘yiladi, chil-parchin qilib
tashlanadi, va hokazo. Mana politsiyachi ayolning qo‘liga mikrofon tutgan yordamchilari. Ular hayajon
bilan nima haqidadir shosha-pisha gapirmoqda. Men ularning ahvolini tushunaman. Butun dunyoda har
kuni mafiya qo‘lidan qancha politsiyachilar nobud bo‘lishadi. Bularning qismati ham shunday bo‘lishi
mumkin. Ehtimol bu ayolning ham. Nimani ko‘rayapman o‘zi: uning peshonasida o‘sha mash’um xol –
Kassandra tamg‘asi. Ha, to‘g‘ri ekan! Men bu kadrni yaqinlashtirib, kattalashtirib ko‘raman –
adashmagan ekanman. Yo, Parvardigor, politsiya xodimining hech narsadan xabari yo‘q, hozir uning bu
haqda o‘ylashga vaqti ham yo‘q, lekin juvon o‘zi-ku bu dunyosini ich-ichidan xush ko‘rmaydi, shuning
uchun hozir fuqarolarga qo‘shilib olib norozilik bildirmoqda, ana shu bor nafratihissiyoti bo‘lajak
farzandiga o‘tganini o‘zi bilarmikin? Mana, falokat darakchisi uning peshonasida miltillab turibdi. Ha, bu
kassandra-embrionlarning zondaj-nurlarga aks sadosini aniqlash uchun orbitada turib o‘tkazgan
seanslarimdan birining amaliy samarasidir.
O’ylab ketasan kishi — bordi-yu ana shu yoki qandaydir boshqa bir kassandra-embrion tug‘ilsa, vaqt
kelib, xuddi o‘sha o‘g‘il bola (yoki qiz bola) eng dahshatli jinoyatchilardan biri bo‘lishi mumkin. Ko‘p
kishilarga, butun jamiyat boshiga u qancha jabr-jafo, baxtsizliklar keltiradi, katta jinoiy ishlarga qo‘l
uradi, buning asosiy sabablaridan biri shuki, embrion boshqalardan o‘ch olish instinkti bilan dunyoga
kelgan, negaki uni tug‘ilishga, foniy dunyoni qabul qilishga majbur etganlar. Bolaning keyingi hayotida
ona qornidagi davrining fojiali boshlanganligi esida qolmaydi, lekin o‘ch olish hissi xavfli samaralar
beradi. Agar taqdir taqazosi bilan kassandra-embriondan paydo bo‘lgan bola keyinchalik uning salbiy
genetik negizini zararsizlantira oladigan muhitga tushib qolsa-ku yaxshi; boshqa hollarda esa undagi
yovuzliklarning avj olishi uchun hech qanday harakat kerak emas — tog‘dan qulagan tosh tobora tezligi
oshib ketavergani kabi, ana shunday odam taqdirining o‘zi tubanlashib boraveradi.
Kassandra-embrionlarning signallariga e’tibor berar ekanman, ularning istiqbollari haqida o‘ylab
ketaman va ularga achinaman. Ularning nidolari o‘zimizga qaytib kelgan kamon o‘qimizdir, bu o‘zimiz,
bu bizning uzluksiz osiyligimiz evaziga tobora avj olayotgan qo‘rqinchdan nishonadir. Va shuning uchun
bu signallarni — kassandra-embrionlarning ovozlarini Yer kurrasida hamma eshitishi, ularning da’vatlari
mazmunini tushunishi kerak.
Yo‘q, bu o‘tkinchi narsa emas, so‘z abadiylik to‘g‘risida ketayotir. Abadiylik o‘z-o‘zicha abadiydir, inson
esa faqat bir yo‘l bilan — avloddan-avlodga axloqiy jihatdan takomillashish yo‘li bilangina abadiylik sari
Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov
Do'stlaringiz bilan baham: |