Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
17
Kassandra-embrionning signaliga qanday munosabatda bo‘lish kerakligini kim aytib bera oladi. Ota-
onalar qanday yo‘l tutishlari kerak? Kassandra tamg‘asiga taqdiri azalning darakchisi deb qarash 
kerakmi? Yoki aksincha, uni umuman xayoldan chiqarib tashlash lozimmi? Qo‘l siltash kerak, vassalom, 
oradan ikki haftacha vaqt o‘tgandan so‘ng, ayniqsa, kechalari homilador ona tinchgina uxlayotgan 
paytda miltillab turadigan g‘alati nuqta yo‘qoladi, o‘z-o‘zidan so‘nadi, vassalom. Xudo xohlasa, unutiladi 
ham.
ha, ehtimol shundaydir. Lekin shunga qaramasdan buni eslashadi, ha, bola oy-kuni yetgach, 
tug‘ilgandan so‘ng ota-onalar xohlashadimi-yo‘qmi haligini eslashadi. Keyinchalik, ehtimol, bu esda ham 
qoladi, bolalikda, onaning taqdirida, oilaning hayotida har xil mushkul vaziyatlar ro‘y berishi mumkin, 
va har gal Kassandra tamg‘asining signallarini eslaganda yurak orqaga tortib ketadi va muvaqqat rangli 
dog‘ haqida xilma-xil fikrlar esga kelib, qancha-qancha savollar tug‘iladi. Shunisi qiziqki, bu belgi nima 
uchun ularning bolalariga, shu ayolning bolasiga to‘g‘ri keldi, deb o‘ylab qolasan kishi. Bunday belgi 
boshqa onalarda ham bo‘ldimikin, agar bo‘lgan bo‘lsa, ular ham buni hammadan va o‘zlaridan 
yashirishadimi, esga olmaslikka, aql bovar qilmaydigan bir hodisa sifatida unutishga harakat qilishadimi? 
Bola ham qandaydir yo‘llar bilan, elas-elas tush ko‘rganday bu haqda shubhalana boshlasa-chi va bu 
narsa umuman bolaning ruhiyatida aks etadimi?
Bu esa savollar va shubhalarning birinchi to‘lqini, xolos. Bundan buyon ular tobora ko‘payib, 
murakkablashib boraveradi. Nahotki ota-onalar o‘zlari haqida, o‘zlarining bevosita va bilvosita gunohlari 
to‘g‘risida o‘ylashmasa? Ehtimol ular — ona ham, ota ham hammasida ayblidirlar? Eng og‘iri, eng 
mushkuli shudir, chunki o‘zini ayblashdan qiyin azob yo‘q. Mana shu o‘rinda o‘z-o‘zidan eng qiyin savol 
tug‘iladi — nima uchun xuddi shu ota-onalarning pushtlari falokat signallari bera boshladi, buning sababi 
nimada — ota-onalar xuddi ana shu haqda o‘ylaydilar. Embrionni shu ahvolga solgan xilma-xil omillarni, 
ya’ni o‘zlarining biologik individlar sifatidagi xatti-harakatlarinigina emas, shu bilan birga shaxsiy 
turmushlari, jamiyatdagi hayotlari bilan bog‘liq hamma narsalarni — ijtimoiy ahvoli, da’vo-talablari, 
nafsoniyatlari, maslak-e’tiqodlari: kishining hayotini tarkib toptiradigan va larzaga soladigan jamiyki 
tushunchalarni, inchunin adolat nima, adolatsizlik nima, yaxshi nima, yomon nima degan tushunchalarni 
ham eslashga majbur bo‘ladilar.
Hayotdagi o‘ta xilma-xil jihatlarning ana shunday o‘zaro bog‘liqligining boisi shundaki, pushtning 
paydo bo‘lishi Makon va Zamondagi markaziy voqea, tabiat arxetiplarida tarixning mevasidir.
Kassandra-embrion o‘ta o‘tkir ichki sezim (intuitsiya)ga, zamonning qanday bo‘lishini oldindan sezish 
xususiyatiga ega. Shu bois embrion impulslarini tushunib yetish birinchi galda o‘zimizdan tashqarida va 
o‘z ichimizda pala-partish barpo qilayotgan dunyomizning mazmunini anglab yetish demakdir. Shu 
ma’noda Kassandra tamg‘asi, ehtimol, voqealikning mohiyatiga yangidan kirib borishga, ilgarilari biz 
uchun qatag‘on bo‘lgan sirni tahlil qilishga turtki sifatida Tangri Taoloning inoyati ila kashf etilgandir. 
Va har bir kishi o‘z tushunchalariga qarab va qalb amriga ko‘ra xulosa chiqarishga erklidir.
Shu o‘rinda ana shu huquqdan foydalanib, orbital stantsiyada turib kuzatishlar olib borar ekanman, 
men — samoviy rohib Filofey — so‘z so‘rayman. Sayyoradoshlarimga murojaat qilayotirman. Yaratuvchi 
tomonidan bizga ato qilingan hayotning mazmun-mohiyati hurmati, biz yashab turgan dunyoga 
endigina kelayotgan kassandra-embrionning zamon oxir bo‘lishidan nishona bera boshlashiga sabab 
nima ekanligi haqida fikr yuritaylik.
Bu masala yuzasidan har xil farazlar bo‘lishi mumkin. Mening ham o‘z fikrlarim bor. Kosmik 
stantsiyaning takomillashgan asbob-uskunalari turli qit’alarda turli vaqtlarda olib boriladigan televizion 
ko‘rsatuvlarni qabul qilishga imkon beradi. Optik asboblar Yer yuzasining turli nuqtalaridan hamma 
narsalarni turli shakllarda ko‘rsatib turibdi. Men yerliklarning kundalik hayotlarini kuzatib turibman, agar 
men Yerda bo‘lganimda edi, bunchalik keng manzarani ko‘ra olmagan bo‘lur edim. Men shunchaki 
kuzatuvchi emasman, mening dasturim ham kosmosni, ham Yerni qamrab oladi, men hozirgi va bo‘lajak 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish