Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
32
tan olishiga qaraganda, u o‘ziga qarshi bo‘lgan odamni bir ko‘rsam der edi. U raqibiga ro‘para chiqar va 
uni iskanjaga olar edi. Buning ustiga Ordok binoyiday va’zxon edi: jaranglagan ovozi, so‘zlarni chertib-
chertib talaffuz qilish, ta’sirchan imo-ishoralar, xullasi kalom, olomonning diqqat-e’tiborini tortadigan 
jamiyki sifatlar notiqda muhayyo edi.
Ordokning Bork e’tiborini eng ko‘p jalb qilgan xususiyati, butunlay tasavvur qilib bo‘lmaydigan nodir 
fazilati shu qadar hayrotomuz ediki, asti qo‘yavering. Chindan ham biron kishiga aytsangiz bunga 
umuman ishonmaydi, bo‘lishi mumkin emas deydi. Bork buni orqavorotdan eshitib emas, balki shaxsan 
bilar edi, chunki ular Oliver Ordok bilan bir dorilfununni bitirishgan, lekin turli yillarda o‘qishgan — Bork 
sal oldin, u esa keyinroq o‘qigan, Bork tarix fakultetini, Ordok bo‘lsa yuridik fakultetni tugatgan. 
O’shandan buyon ko‘p vaqt — bir necha o‘n yil o‘tdi, lekin dorilfununda o‘tkazilgan romantik yillar ularni 
yaqinlashtirgan edi. Ordokning eng noyob qobilyati shunda ediki, u telefonda qachon, kim bilan, nima 
haqda gaplashganlarini umr bo‘yi yodida saqlab qolar edi! ha, u telefon orqali qilgan hamma suhbatlarini 
yoddan bilar edi. Aytaylik, biron arzimas masala yuzasidan bo‘lsa ham, bundan o‘n-o‘n besh yil oldin 
qaysi kuni, soat nechada, kim bilan qancha vaqt gaplashganini aytib bera olar edi, masalan, uning bir 
vaqtlar aeroportning ma’lumotxonasiga qo‘ng‘iroq qilgani yoki bir ming to‘qqiz yuz yetmish birinchi yil 
12 avgust chorshanba kuni soat uchda birdan benzokolonkadan telefon qilishgani degandek. Xotiraning 
ana shunday xususiyatini, kallada shu qadar bemaza ma’lumotlarning to‘planishi mumkin ekanligini 
hech kim tushuntirib bera olmadi. Robert Bork Ordokning ana shu g‘alati fazilatiga ba’zan havasi kelsa, 
ba’zida esa undan dahshatga tushar edi. Bu haqda gohida mutlaqo jiddiy, ayrim hollarda esa kulgili va 
qo‘rqinch bilan o‘ylar edi, rost-da, bunday bema’ni qobiliyatning odamga nima keragi bor? Bu Tangrining 
mukofotimi yoki aksincha, jahannamdan yuborilgan jazomi? Kim biladi?
Robert Bork birga o‘qigan o‘rtog‘ining telefondagi ezmaligiga quloq osgan paytida ham Ordokning 
o‘sha fazilatini esga oldi. Birdan o‘ylab ketdi: «Salomat bo‘lsak, balki o‘n yillardan so‘ng hozirgi 
suhbatimizni ham gapirib berar, men bo‘lsam hammasini unutgan bo‘laman, ajab emas, birdan mening 
ham esimga tushib qolsa... Buning nima keragi bor?».
Shu asnoda u gap mavzusini o‘zgartirib muddaoga o‘tdi:

Endi, Robert, dardimni eshit. Uzr, gapni uzoqdan boshlashga to‘g‘ri keladi; shunday bir voqea 
ro‘y berdiki, uni dab-durustdan tushuntirib berolmayman. Sen buni yaxshi bilasan, albatta, bu haqda 
butun Amerika shang‘illayapti. O’sha samoviy rohib, oting qurg‘ur — Filoveymidi, Filovey-a?

Filofey, — to‘g‘riladi Bork. — Ismi Filofey. Men uning maktubini bir soat oldin o‘qidim.

O’zim ham shunday bo‘lsa kerak deb o‘ylagan edim, Robert. Bilasanmi, kassandra-embrionlar 
muammosi shaxsan mening boshimga tosh bo‘lib tushganday bo‘ldi. Bundan ko‘ra dahshatli zilzila 
bo‘lgani yaxshiroq edi. Meni kechirasan, tushkunlik ruhimni ezib tashladi. Umrimda hech qachon bunday 
ahvolga tushmaganman. Shu vaqtga qadarli jahannam nima ekanini tasavvur ham qila olmas edim, 
hozir esa jahannam yoqasida turibman. Men raqibimni qidirib topishga va hammaning ko‘z o‘ngida u 
bilan bellashishga odatlanganman, bu yerda esa o‘zingni qanday tutishingni, kim bilan ish qilishingni, 
qo‘y-chi, kim bilan solishish kerakligini bilmaysan. Aytmoqchimanki, bu qandaydir mavhum narsa. Shu 
bilan bir vaqtda, aslini olganda bu hammaga va har bir kishiga daxldordir, hammamiz gangib qoldik, 
balki faqat sen va senga o‘xshagan allomamisan allomalarning e’tiqodigina o‘zgarmagandir.

Kechirasan, Oliver, — uning so‘zini bo‘ldi Bork, — men ham bu borada hamma qatoriman. 
Ochig‘ini ayt, nega endi bu masala yuzasidan boshqa odam qurib qolganday menga murojaat 
qilayotirsan. Ikkalamiz ham bir dorilfunundan chiqqanmiz, men xohlaganingcha senga quloq solishim 
mumkin, shunday bo‘lganda ham...

Ochig‘ini aytaman. Bu fikr menda paydo bo‘lgani yo‘q. Bu masala yuzasidan sharh va maslahat 
so‘rab senga murojaat qilish g‘oyasini mening yordamchim Entoni Yunger aytdi. U yosh yigit
ishchanligidan tashqari o‘ta savodli, falsafa bilan ham qiziqadi. Men uni hurmat qilaman. Shu desang, 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish