Microsoft Word oxirzamon ziyouz com doc



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/132
Sana09.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#765166
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   132
Bog'liq
True

Kutubxonachi.uz
37
rohib paydo bo‘lib qolsa, o‘shanda unga nima kerakligini hech kim bilmaydi, shunda sen bizning 
komandamizda bosh maslahatchi bo‘larmiding? O’sha kampaniya paytida, albatta. Tabiiyki, tegishli haq 
evaziga. Lekin gap bunda emas, Xudo haqi, meni kechir, buni pisanda qilmasa ham bo‘lardi.

Rahmat, Oliver, taklifing uchun rahmat, — qandaydir keraksiz mavzuga burun suqmaslik uchun 
shoshib javob berdi Bork. — Lekin aytib qo‘yay: o‘zimning ishlarim shu qadar ko‘pki, ulgurmayman. 
Senga tong sahardan qora kechgacha yoningda yelib-yuguradigan uddaburon, ishchan yigitlar kerak. 
Axir bu kampaniya ovozlar ketidan quvish degan so‘z. Men bo‘lsam bu ishga keksalik qilaman.

Unday dema, Robert, unday dema. Sen o‘zing o‘ylagan darajada keksa emassan. Sen o‘zingni 
qari qilib ko‘rsatyapsan. Mening gapimga ishon. Men chin dildan gapiryapman. Ma’qul bo‘lsa, o‘ylab 
ko‘r. Shoyad! Kosmos Filofeyi bo‘lgandan keyin kurrayi zamin Filofeyi ham bo‘lishi kerak! Nima deysan?

Bu haqda birgalikda o‘ylashib ko‘rarmiz, — xijolat tortib dedi Bork. — umuman olganda, kerak 
bo‘lib qolsa telefonlashib turishimizga hech narsa xalaqit bermaydi.

O’key! Gaping to‘g‘ri. Xayrli kech! Mendan Jessiga salom ayt.

Jessi hozir televizor ko‘rib o‘tiribdi.

Tushunarli, hozir hamma televizorga yopishib qolgan. Hamma sharhlovchilarning fikr-
mulohazalariga quloq tutib o‘tiribdi. Ertaga nima bo‘larkin? Qanday shamol esadi? Xudo biladi. Xayr, 
Robert.

Ko‘rishguncha.
 
B ye sh i n ch i b o b
 
Robert Bork, nihoyat, telefon dastasini qo‘yar ekan, boshini chayqadi — Filofeyning maktubi chindan 
ham hammani qiziqtiradi. Asrlar osha hal qilinmay qolgan muammolar kam bo‘lgan deysizmi? Mana, 
endi kassandra-embrionlar jumbog‘i yoz kuni boshga qor yoqqanday bo‘ldi. Endi butun dunyo jazavaga 
tushadi. Qancha odamlar dovdirab qoladi. Vaqti-soati keldi! Na qochib, na yashirinib bo‘ladi! Nimadir 
nishona bermoqda! hoziroq osmonda muallaq turipti! Yetilib kelayotgan olovli hodisavoqealarning tafti 
sezilmoqda! Bozorning qoq o‘rtasida kimningdir nomusiga tegishsa yoki diniy tuyg‘usini haqoratlashsa, 
ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan qiy-chuv ko‘tarilgani kabi Filofeyning maktubiga shoshilinch va ayovsiz 
javob qaytarilishi aniq. Hokimiyat davrlarida, yangi xudolarni deb, yangi xaloskor haqiqatlar ilinjida, 
ideal hayot qurish yo‘lidagi xayoliy bepoyonliklar sari boshlangan katta va kichik yurishlarda har gal 
bo‘lgani kabi, Filofeyning g‘oyalari pachavasi chiqquncha tanqid qilinsa, masxaralansa, badnom etilsa, 
la’natlanilsa kerak. Hammavaqt shunday bo‘lgan. Nahotki tarix bu gal ham yana, yana ko‘r-ko‘rona 
takrorlansa! Nahotki har qachon bo‘lgani kabi, entikib nafasi tiqilsa, hech narsa kashf qilolmasdan hech 
nimaga erishmay barbod bo‘lsa? Lekin avloddan avlodga tobora ko‘proq to‘plana borgan yovuzlik, asrlar 
bo‘yi yig‘ilgan yovuzlik mahsuli o‘laroq hayotdan bosh tortgan kassandra-embrionlar o‘z-o‘zidan 
yo‘qolmaydi, Filofey kashfiyoti munosabati bilan kassandraembrionlar to‘g‘risidagi xabar insoniyatning 
qiyin qismatidan — oxirzamon bo‘lishidan nishona beradi. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas.
Ana shular haqida fikr yuritar ekan, Robert Bork nogahon o‘ylab ketdi — o‘zidagi bu ehtiros qaydan 
keldi, koinotning bir burchagida olam kezib yurgan samoviy rohib Filofeyning qilmishini nega yuragiga 
shunchalik yaqin olayotir, nega unga bu qadar kuyib-pishayotir, nega endi u kassandra-embrion 
ta’limoti muallifining otashin tarafdori, hamfikri bo‘lib qoldi? Bularning sababi nimada? Borkni 
hammadan ham ko‘proq hayratda qoldirgan narsa shu ediki, uning butun o‘tgan hayoti o‘z umrida 
ko‘rgan-kechirganlari, bor tajribasi va bilimi xuddi shu paytda, Filofeyning kashfiyoti munosabati bilan 
chinakam ahamiyat kasb etganday bo‘ldi. Ana shu ishonch unda ham taajjub uyg‘otdi, ayni vaqtda misli 
ko‘rilmagan darajada ich-ichidan qoniqish hissini hosil qildi, u o‘zini qidirib yurgan narsasiga, masalalar 


Oхirzamon nishonalari (roman). Chingiz Aytmatov 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish