84 – rasm. Mexanik harakat qilayotgan 2 ta avtobus.
Agarda bu jarayonni sistema deb qarasak, uning elementlari: 1-avtobus, 2-
avtobus, inersial sanoq sistema va sistemaga ta’sir etuvchi kuchlar: avtobusning
tortish kuchi-F
T
, og‘irlik kuchi-P, ishqalanish kuchi-F
ish
, havoning qarshilik kuchi-
F
h
Yerning reaksiya kuchi-N lar hisoblanadi va hokazolar.
Ushbu sistemaning sanab o‘tilgan elementlari soni to‘liq emas, biz ushbu
misolda bir qator muhim bo‘lmagan elementlarni e’tiborga olmadik, bular
atmosfera bosimi, havoning namligi va harorati, Yerning elektr va magnit
maydonlari, avtobuslar harakatlanayotgan yo‘lning holati (ho‘l yoki quruqligi, Yer
sharining noinersial sanoq sistema ekanligi, Yerning Quyosh atrofidagi va o‘z o‘qi
atrofidagi aylanma harakati va h.k.) .
Endi avtobuslarning nisbiy tezliklari to‘g‘risida to‘xtaylik. Agar ikkala
avtobus qarama-qarshi tomonga harakatlanayotgan bo‘lsa ularning nisbiy tezliklari
Galiley almashtirishlariga asosan qo‘shiladi.
1
2
n
.
Agar avtobuslar bir tomonga turlicha tezlik bilan harakatlanayotgan bo‘lsa
ularning nisbiy tezligi tezliklar ayirmasiga teng bo‘ladi.
1
2
n
. Relyativistik hol uchun nisbiy tezlik
2
2
1
2
1
/
1
c
н
munosabat orqali
aniqlanadi.
Agar ikkalasi bir yo‘nalishda bir xil tezlik bilan (
1
2
) harakatlanayotgan
bo‘lsa, ularnig nisbiy tezligi
0
n
ga teng bo‘ladi.
F
T
N
F
k
P
0
F
k
N
F
T
V1
P
V
2
Х
212
Harakatning
nisbiyligi
bilan kundalik turmushda ham, tabiat hodisalari va
turli-tuman fizik jarayonlarda ham duch kelish mumkin. Ammo barcha hollar
uchun umumiy bo‘lgan nisbiylik prinsipi yotadi. Bu prinsipni to‘g‘ri tushunish va
uning mohiyatiga yetish, barcha fizik hodisalar to‘g‘risida o‘quvchilarda to‘g‘ri
mulohaza yuritishga olib keladi. Agar mexanika bo‘limida Galileyning nisbiylik
prinsipi to‘liq o‘zlashtirilmasa keyinchalik Eynshteyn tomonidan kashf etilgan
maxsus va umumiy nisbiylik nazariyasi (elektrodinamik hodisalar uchun) ham
tushunarli bo‘lmaydi. Shu sababli, mexanik harakatning nisbiylik prinsipini
sistemali yondashuv usuli yordamida keng va har tomonlama chuqur o‘rganish
zarurati tug‘iladi. Bu usul bilan maktab ma’ruzasini, suhbat darslarini ham olib
borish mumkin. Yana bir misol:
Mexanikaning kinematika bo‘limi moddiy
nuqta modeli asosida o‘rganiladi, ya’ni mexanik harakat qilayotgan jismning
o‘lchami qaralayotgan sharoitda e’tiborga olinmaydi. Bu metodik jihatdan
to‘g‘rimikan? O‘quvchini real sharoitdan chetlatish emasmi, o‘quvchilarda
mavhum tushunchalar yuzaga kelmasmikan degan savol tug‘iladi. Bu albatta haqli
e’tiroz, ammo moddiy nuqta modelini kiritmasak, ba’zi masalalarni o‘rganishda bir
qator chalkashliklar kelib chiqadi.
Chunki moddiy nuqta tushunchasi elektr bo‘limida (nuqtaviy zaryad) ham,
butun olam tortishish qonunini o‘tganda ham qo‘llaniladi. Shuningdek moddiy
nuqta tushunchasi makroskopik jismlardan tashqari mikro olamda (atom va yadro)
kechadigan jarayonlarda ham qo‘llaniladi.
Masalan,
yadro o‘lchami 10
-13
sm bo‘lsa, undan birinchi Bor orbitasida
joylashgan elektrongacha bo‘lgan masofa r=0,5
10
-8
sm, demak ushbu sharoitda
ham yadro va elektronlarni moddiy nuqta deb qarash mumkin.
Demak, har bir fizik hodisa yoki kattaliklarni sistemali yondashuv orqali
o‘rganish olamning tuzilishi to‘g‘risida o‘quvchilarga chuqur va mukammal bilim
berishga erishiladi. Fizikadan og‘zaki dars turlarida sistemali yondashuv usuli
orqali o‘quvchilar bilimini bir sistemaga keltirish, mavzuga qiziqishini va darsning
samaradorligini oshirishga erishish mumkin. Ikkinchidan sistemali yondashuv usuli
213
yordamida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, har bir masalaga ijodiy yondashuv kabi
ko‘nikma va malakani shakllantirishga ham erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |