270
olamdagi o‘tuvchi va kooperativ jarayonlardan kelib chiquvchi, ham nazariya, ham
ta’limot, ham fan, ham dunyoqarash sifatida tushuniladi.
Falsafiy lug‘atlarda sinergetikaga xilma-xil ta’riflar berilgan. Quyida ularning
ba’zilarini keltiramiz.
Sinergetika – o‘zini-o‘zi tashkil etishlarning zamonaviy
nazariyasi, o‘zini-o‘zi tashkil etish, nochiziqlilik, muvozanatsizlik, global
evolyutsiyalar, “xaos orqali tartib” ning namoyon bo‘lishi kabi jarayonlarini
o‘rganish (I.Prigojin
)
bifurkatsiya o‘zgarishlari, vaqtning qaytmasligi,
evolyutsiya jarayonlarining poydevori bilan bog‘liq yangi dunyoqarash”
sifatida
bayon qilingan.
Sinergetika XX asrning 70 yillarida paydo bo‘lgan “ilmiy
tadqiqotlarning
fanlararo yo‘nalishi” bo‘lib, o‘zining bosh vazifasi deb tabiati turli xil: fizik, ximik,
biologik, texnik, iqtisodiy, sotsial sistemalarda o‘zini–o‘zi tashkil etish jarayonlari
zaminida yotuvchi umumiy qonuniyatlar va tamoyillarni bilish va anglashdan
iboratdir.
Sinergetika – mustaqil ilmiy predmet bo‘lmasada, ammo yangi fanlararo ilmiy
yo‘nalish hisoblanadi.
Sinergetika bu zamonaviy fizikaning (qaytmas
jarayonlar termodinamikasi
qonunlari) , kibernetikaning (o‘z-o‘zini boshqarish) , lazerlar fizikasining (o‘z-o‘zini
tashkillashtirish) , fanlararo integratsiyasi natijasida yuzaga keldi.
Keyinchalik bu jarayon kimyoda Belousov va Jabotinskiy tomonidan
avtoto‘lqinlarning ochilishi, Benar va Reley tomonidan suyuqliklarda o‘tkazilgan
tajribalar natijasida temperatura gradienti hosil qilinganda murakkab tartibli
noturg‘un strukturalarning paydo bo‘lganligi tajribalarda isbot etildi.
Darvinning evolyuion nazariyasi bilan termodinamikaning ikkinchi qonuni
o‘rtasidagi qarama-qarshilik bitta umumiy qonuniyatning turli xil ko‘rinishi
ekanligi
isbot etildi. SHu bilan birga matematikaning bir jinsli bo‘lmagan differensial
tenglamalari orqali uni ifodalash mumkin ekanligi A.Puankare, R.Tom, A.Arnold va
boshqa olimlar tomonidan ko‘rsatib berildi.
Bundan tashqari sinergetika doirasida turli maxsus fanlarning kooperatsiyasi
yuz beradi.
271
Sinergetikaning maqsadi – tabiatshunoslikning turli sohalarida hamda
sotsiologiya va hattoki lingvistikada ham umumiy g‘oyalar, umumiy uslublar va
umumiy qonuniyatlarni ochib berishdan iboratdir.
G.Xaken tomonidan sinergetikaga berilgan ta’rifga ko‘ra, sinergetika –
Do'stlaringiz bilan baham: