www.ziyouz.com kutubxonasi
7
onasiga mahkam yopishdi.
- Qo’rqma Demen, - kuldi Katerina. – U yaxshi pari. To’g’rimi?
- Albatta, - dedi folbin, - qo’rqma.
- U seni kelajakda nima kutayotganini aytib beradi, - dedi Katerina.
- Kel yonimga, - chaqirdi folbin, - qo’lingni ber.
Demen onasiga yanada mahkamroq yopishdi. Folbin uning yoniga keldi.
- Qo’rqma, men ham odamman.
Demen tinchlandi va qo’lini uzatdi.
- O, qanday chiroyli qo’lcha! Kelajaging juda yaxshi bo’ladi.
Birdan u bolaning kaftiga qarab jim bo’lib qoldi.
- Bu qo’lingni uzat-chi.
Demen ikkinchi qo’lini ham uzatdi va folbin yanada taajjubga tushdi.
- Bunaqasini hech qachon ko’rmaganman, - dedi ayol. - Uch yildan beri folbinlik
qilsamda, bunaqasini birinchi marta ko’rib turibman.
- Nimani ko’rdingiz?
- O’zingiz qarang. Uning kaftida hech qanday chiziq yo’q!
- Nima?
Katerina o’g’lining kaftiga qaradi.
- Uning qo’li kuymaganmi?
- Yo’q.
- O’zingizning qo’lingizga qarang. Mana bu chiziqlarni ko’ryapsizmi? Mana shu chiziqlar
har bir kishining o’zigagina xos. Bu chiziqlar sizning taqdiringiz.
Oraga jimlik cho’kdi, bolakay esa nima gunohi borligini bilmoqchi bo’lganday qo’llariga
qarardi.
- Qarang, barmoqlarining uchi qanday silliq, - dedi ayol. – Uning barmoq izlari ham yo’q!
Katerina haqiqatan ham shunday ekanligini ko’rdi.
- Juda yaxshi, - kuldi ayol. – Agar u birorta bankni o’marsa, uni hech kim topolmaydi.
- Uning kelajagini aytib berolmaysizmi? Bu yerga shuning uchun kirgandik.
Katerinaning ovozi qaltirar, uni qandaydir xavotir chulg’ab olgandi.
- Albatta.
Ayol bolaning qo’lidan ushlashi bilan tashqarida qattiq qichqiriq eshitildi.
- Demen! Demen! Buyoqqa chiq! Senga sovg’am bor!
Folbin jim bo’lib qoldi. Chessaning ovozi g’alati edi.
- Demen, bu yoqqa chiq. Qara, sen uchun nima qilaman!
Katerina Demenni ko’tarib chodirdan chiqdi va uyning tomiga qaradi. Yuqorida qo’lida
arqon ushlagan Chessa turardi. U arqonni ko’tarib, uning bir uchi bo’yniga boyolanganini
ko’rsatdi. Pastda to’planganlar jimgina qarab turishardi. Masxaraboz kiyimidagi enaga
esa tom chetiga keldi va xuddi o’zini hovuzga tashlayotganday qo’llarini birlashtirdi.
- Qara, Demen! – qichqirdi Chessa. – Bu sen uchun! – Va tomdan sakradi.
Uning uchib tushayotgan tanasini arqon to’xtatib qoldi, keyin esa jonsiz tana chayqala
boshladi.
Pastda turganlar u yoqdan-bu yoqqa chayqalayotgan tanaga xuddi sehrlangandek tikilib
qolishgandi. Shu payt dahshatli chinqiriq eshitildi. Katerina dod solayotgandi. To’rt kishi
unga yordamga shoshilishdi va uning uyga kirib ketishiga yordam berishdi. Demen o’z
xonasida yolg’iz qoldi. U hozirgina bo’shab qolgan maydonchaga, tomga chiqib
Chessaning bo’ynidagi arqonni yechayotgan politsiyachiga qaradi. Jasad pastga gursillab
tushib, boshi majaq bo’ldi. Chessaning ko’zlari osmonga tikilgan, yuzida esa o’sha
masxaraboz tabassumi turardi.
Chessani ko’mishdan bir kun ilgari havo bulutli edi. Pirford osmoni qora tusga kirgan va
Omen (Iblis Hamlasi). Birinchi kitob. Devid Zeltser
Do'stlaringiz bilan baham: |