www.ziyouz.com kutubxonasi
4
Ular oynavand to’siq oldida to’xtashdi va ruhoniy Tornning to’siq ortiga qarashini kuzatib
turdi. U yerda chaqaloq yotardi. Chaqaloqning sochlari qop-qora, Tornga tikilib turgan
ko’zlari moviy edi.
- Uning hech kimi yo’q, - dedi ruhoniy. – Uning onasi vafot etdi. Farzandingiz bilan bir
vaqtda.
Torn keskin unga o’girildi.
- Xotiningizga farzand kerak, - davom etdi ruhoniy, - bu go’dakka esa ona.
Torn asta bosh chayqadi.
- Biz o’z farzandimiz bo’lishini xohlardik, - dedi u.
- Go’dak judayam o’xshab ketadi…
Torn yana unga qaradi va uning so’ziga qarshilik bildirolmadi. Chaqaloqning sochlari
Katerinaniki bilan bir xil edi, yuzi esa Tornning yuziga o’xshardi.
- Xonim bu haqda hech qachon bilmaydi, - dedi ruhoniy.
Torn ko’zlarini yumdi, uning qo’llari qaltirardi.
- Bola sog’lommi?
- Mutlaqo sog’lom.
- Qarindoshlari bormi?
- Hech kimi yo’q.
Ular jim qolishdi.
- Bu yerda men rahbarman, - dedi ruhoniy. – Hech qanday yozuv qoldirilmaydi. Bu
haqda hech kim bilmaydi.
Torn shubha ichida ko’zlarini olib qochdi.
- O’Z BOLAMNI ko’rsam maylimi? – so’radi u.
- Bu bilan nima o’zgarardi? – javob qildi ruhoniy. – Tiriklarga mehr ko’rsating.
Oynavand to’siq ortidagi chaqaloq xuddi Tornni quchoqlamoqchidek unga qo’llarini
cho’zardi.
- Xotiningiz haqqi, janob. Xudo bu yolg’onni kechiradi. Mana bu go’dakka rahm qiling…
U jim bo’lib qoldi, chunki ortiqcha gapga o’rin qolmagandi.
- Ushbu tunda Xudo sizga o’g’il ato qildi, janob Torn.
Osmonda yangi paydo bo’lgan yulduz titray boshladi. Kasalxona karavotida esa Katerina
o’ziga keldi. U bir necha daqiqa ilgari o’ziga ukol qilinganini bilmasdi. Uning tug’ishi o’n
soatga cho’zilgan, keyin esa hushidan ketib, chaqalog’ini ko’rmagan edi. U o’ziga
kelgach, hayajonga tushdi va tashqarida qadam tovushlarini eshitib, o’zini tutib oldi.
Eshik ochildi. Katerina erini ko’rdi. Jeremining qo’lida chaqaloq bor edi.
- Bizning bolamiz, - dedi Torn. Uning ovozi quvonchdan titrab chiqardi. – Bizning
o’g’limiz bor.
Katerina qo’llarini cho’zib chaqaloqni oldi va quvonganidan ho’ngrab yubordi. Tornning
ko’zlaridan yosh oqar va Xudodan minnatdor edi.
2
Tornlar katoliklarga mansub bo’lishsada, hech qachon ibodat qilishmasdi. Katerina
ba’zida duo o’qib turar, cherkovga esa faqatgina diniy bayramlarda borardi. Torn
Katerinadan farqli o’laroq, o’g’li Demenni cho’qintirishmaganiga befarq qarardi. To’g’ri,
ular bunga urinib ko’rishdi. Ular chaqaloqni cherkovga olib borishdi, lekin cherkovga
kirganlarida chaqaloqning dahshatga tushib chinqirganini ko’rishgach, ortga qaytishni
ma’qul topishdi. Muqaddas suvni olib ularning ortidan ko’chaga chiqqan ruhoniy, agar
ular farzandini cho’qintirishmasa, u Xudoning dargohiga hech qachon tusha olmasligini
aytdi. Ammo Torn go’dakning qattiq qo’rqqanini ko’rib, cho’qintirishdan voz kechdi.
Omen (Iblis Hamlasi). Birinchi kitob. Devid Zeltser
Do'stlaringiz bilan baham: |