Microsoft Word omen1 ziyouz com doc



Download 254,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/74
Sana21.11.2022
Hajmi254,88 Kb.
#869379
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   74
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-Omen-1

www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
Torn Jennings ko’rsatgan tarafga qaradi va qop-qora itning boshiga ko’zi tushdi. Itning 
yonayotgan ko’zlari bir-biriga yaqin joylashgan, uning og’zidan so’lak oqardi. Yaqin 
atrofda uvillash eshitildi. Torn va Jennings qimirlamay turishardi. It butalar orasidan 
chiqib keldi. U ozib ketgan, hammayog’i yara-chaqa bo’lib, biqinida yangi jarohatning izi 
bor edi. Butalar shitirlab, yana bitta itning tumshug’i ko’zga tashlandi. Keyin yana va 
yana itlar paydo bo’la boshladi. Go’yoki butun qabriston harakatga kelayotgandek edi. 
Atrofni qora sharpalar bosib ketgan, ular och qolgan, o’nlab quturgan itlar edi. Ularning 
og’zidan so’lak oqardi. 
Jennings va Torn hattoki bir-birlariga qarashga ham jur’at qila olishmasdi. Uvillayotgan 
itlar to’dasi hozircha joyidan qimirlamay turardi. 
- Ular... murdalarning hidini sezishyapti... - shivirladi Jennings. - Orqaga yurish kerak. 
Ular nafaslarini yutganicha, asta-sekin ortga chekina boshlashdi. Shu lahzada itlar 
ularga tashlanishdi. Torn toyib ketdi va beixtiyor baqirib yubordi. Jennings shu zahoti 
unga yopishdi va xotirjamlikni saqlash maqsadida pichirladi: 
- Yugurmaslik kerak... ularga faqat jasadlar kerak... 
Ammo itlar qabrlarni aylanib o’tib ko’zlarini tiriklardan uzmay turishardi. Itlar va odamlar 
orasidagi masofa qisqarib borar, yirtqichlar tobora yaqinlashib kelishardi. Torn va 
Jennings ortga chekinib borishardi. Shu payt ular orqadagi to’siqqa urilishdi. Torn 
qaltiraganicha Jenningsga yopishdi. Ular tosh sanamning oyog’i ostida turishardi. Itlar 
ularni har tarafdan o’rab olgandi. Yirtqichlar va ularning qurbonlari qandaydir 
soniyalarga jim bo’lib qolishdi. Quyosh botayotgan va qabriston ortida ufq qizarib 
ketgandi. Itlar olg’a tashlanish haqidagi buyruqni kutishardi.
Jennings jahd bilan itlarning yo’lboshchisini lom bilan urdi va itlar shu zahoti ularga 
otilishdi. Jenningsni yiqitgan yirtqichlar uning tomog’idan tishlashga urinishardi. Muxbir 
yerda yotganicha tipirchilar, fotoapparat tasmasi uning bo’yniga o’ralib qolgandi. 
Jennings itlardan qutulishga harakat qilardi. 
Torn to’siq yoniga yetib olishga erishdi. Shu payt unga katta it tashlandi va tishlarini 
uning yelkasiga botirdi. Jeremi cho’kkalab qoldi va boshqa itlar ham unga tashlanishdi. 
Tishlarning sharaqlashi eshitilar, Jeremining ustiga so’laklar oqardi. Torn emaklagancha 
to’siqqa yaqinlashishga urindi. U tishlarning tanasiga qanday botayotganini his qilardi. U 
bir necha soniyaga yerda yumalayotgan Jenningsga qarashga ulgurdi. Torn oyoriqni his 
etmasdi, uning xayolida bitta fikr bor edi - bu yerdan qochish! Jeremi emaklagancha 
to’siq tomon keta boshladi. Itlar uning yelkasiga yopishishdi. Uning qo’li qandaydir 
sovuq narsaga tegdi. Bu Jennings qo’lidan tushirib yuborgan lom edi. U lomni mahkam 
tutdi va ortiga siltadi. Ayanchli akillash eshitildi va Torn itlardan biriga boplab 
tushirganini bildi. Uning yelkasi qondan ho’l bo’lib ketdi va ortiga o’girilgan Torn bir 
itning ko’zi oqib tushganini ko’rdi. Bu unga kuch bag’ishladi, u lom bilan itlarni ura ketdi 
va oyoqqa turib oldi. 
Jennings daraxt tagida turardi. Itlar unga tashlanishda davom etishardi. Olishuv paytida 
kutilmaganda fotoapparat yoritigichi ishlab ketdi va yirtqichlar dahshat bilan orqaga 
chekinishdi. Torn lomni siltaganicha to’siq tomon chekinardi. Jennings itlar yaqin 
kelishganida fotoapparat tugmachasini bosar, yoritgich chaqnaganida itlar ortga 
chekinganidan foydalanib, to’siq tomon yugurardi. Nihoyat u ham panjaraga yetib oldi.
U Tornga yaqinlashdi. Torn panjaraga osilib chiqdi va yengi osilib qolib, qabriston 
tashqarisiga yiqildi. U oyoriqdan ingrab yubordi. Jennings ham panjaraga osilib chiqdi va 
kamerani itlarga otib yuborib, o’zini tashqariga otdi. Haydovchi dahshatga tushganicha 
ularga tikilib turardi. U mashinadan otilib chiqib Jenningsga Tornni mashinaga 
o’tqizishda yordam berdi. Jenningsning ko’zi itlarga tushdi. Ular panjaraga tashlanishar, 
uvillashardi. Ulardan biri panjaradan sakrab o’tishga urindi va undan deyarli sakrab ham 


Omen (Iblis Hamlasi). Birinchi kitob. Devid Zeltser 

Download 254,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish