Microsoft Word omen1 ziyouz com doc



Download 254,88 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/74
Sana21.11.2022
Hajmi254,88 Kb.
#869379
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74
Bog'liq
@Kutubxona Elektron-Omen-1

www.ziyouz.com kutubxonasi 
13
Ularning ko’zlari uchrashdi. Katerina uning qo’lini o’pdi. 
- Bilasanmi, Keti, - dedi Torn birpas jim turgach, - men seni birinchi marta 
uchratganimda seni dunyodagi eng go’zal ayol deb o’ylaganman.
Keti jilmaydi. 
- Hozir ham shunday deb o’ylayman. 
- Men seni sevaman, - dedi Katerina. 
- Men ham seni sevaman, - javob berdi Jeremi. 
Ular Pirfordga kech kirganda qaytishdi. 
Ertalab to’qqizda Torn nikoh marosimiga borish uchun tayyor bo’lib kiyinib olgandi. 
- Keti! – chaqirdi u. 
- Hozir! – dedi Katerina yuvinish xonasida turib. 
- Kech qolyapmiz. Ular bizni kutib qolishadi. 
Gorton limuzinni darvoza yoniga olib keldi. Torn ko’chaga chiqib, unga birpas kutib 
turishni aytdi va tezda oshxonaga qaytdi. Katerina kiyinib chiqib, Demenning xonasiga 
kirdi. 
- Ketdik, Demen! 
Bolaning xonasida hech kim yo’q edi. U suvning shildirashini eshitdi va yuvinish xonasiga 
kirdi. Demen vannada o’tirar, Beylok xonim uni yuvintirardi. 
- Beylok xonim, - do’q urdi Katerina, - men sizga bolani kiyintirishni buyurgandim… 
- Agar qarshi bo’lmasangiz, xonim, menimcha u boqqa borgani yaxshi. 
- Uni cherkovga olib borishimizni aytdim-ku! 
- Cherkov yosh bola uchun mos joy emas. 
Ayol jilmaydi. U vaziyatning jiddiyligini tushunmayotganga o’xshardi. 
- Kechirasiz, - o’zini bosishga urindi Katerina, - lekin biz cherkovga borishimiz shart. 
- U cherkovga borishga yoshlik qiladi, - qaysarlik qildi Beylok xonim.
- Meni tushunmayapsiz shekilli? – qat’iy tarzda dedi Katerina. – U biz bilan cherkovga 
boradi. 
Beylok xonim g’ijindi. Bola ham nimadir yuz berganini sezgandek enagasiga mahkam 
yopishdi.
- U oldin ham cherkovga borganmi? – so’radi Beylok xonim. 
- Buning nima ahamiyati bor… 
- Keti! – chaqirdi Torn. 
- Ketyapman! – dedi u va ayolga g’azab bilan tikildi. Ayol ham unga shunday tikilib 
turardi. 
- Kechirasiz, lekin to’rt yoshli bola cherkovdagi nikoh marosimini tushunarmikin? 
- Siz o’yolimni kiyintiring, - dedi Katerina xotirjamlik bilan, - va besh daqiqadan keyin 
mashina yoniga olib chiqing. Yo bo’lmasa, boshqa joydan ish izlang. 
- Bo’pti, shunday qilaman. 
Katerina burilib chiqib ketmoqchi bo’ldi. 
- Aytgandek, cherkov masalasida… - dedi Beylok xonim. 
- Nima? 
- Uni olib borganingizga pushaymon bo’lasiz. 
Katerina chiqib ketdi. Besh daqiqadan keyin Demen kiyinib chiqdi. 
Ular yangi shosse qurilayotgan Shepperton orqali ketayotib, mashinalar tiqiniga duch 
kelishdi. Mashinada shusiz ham betoqat vaziyat hukmron edi.
- Biror narsa bo’ldimi? – so’radi Torn. 
- Arzimagan narsa. 
- Juda achchig’ing kelyapti? 
- Hechqisi yo’q. 


Omen (Iblis Hamlasi). Birinchi kitob. Devid Zeltser 

Download 254,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish