www.ziyouz.com
kutubxonasi
31
Mazkur masalalar quyidagi forscha bayt va o‘zbekcha she’rda go‘zal shaklda ifodalangan.
Bayt:
Az jonibi shirdeh hama xesh shavand
V-az jonibi shirxora zavjonu furo‘’.
Sut emizgan jonibidin xesh bo‘lgaylar bari,
Ya’ni sut bergan eri birla aning farzandlari,
Ikkisi volidayni ham alar singillari,
Ham ikovini ako ham uko dilbandlari,
Ushbular emguchiga bo‘lgusidir mahramlari,
Sut emgon jonibidin er-xotin farzandlari,
Ul bayon bo‘lganlari bo‘lgay bular mahramlari.
Demak, razo’ tufayli sut emizgan ayol, eri, farzandlari, er-xotinning ota-onalari, aka-
ukalari, opa-singillari sut emgan bolaga mahram hisoblanadilar.
Mazkur yoshdagi bolani ikki yo‘lining biridan ayol suti bilan huqna (klizma) qilish yo
erkak kishining sutini yosh bolaga ichirish yoki ayol sutini ovqatga qo‘shib berish razo’
hukmini sobit qilmaydi.
Agar ayol sutini taomdan boshqa narsalarga, masalan, suvga, sutga yoki doriga
aralashtirib ichirilsa, bu holda qaysi birining ko‘pligi e’tibor qilinadi: ayol sutining miqdori
ko‘p bo‘lsa, razo’ sobit bo‘ladi, oz bo‘lsa, sobit bo‘lmaydi.
Burundan tomizilgan sut ham razo’ hukmini sobit qiladi, chunki sut burun orqali
oshqozonga borib, oziq bo‘ladi.
Erga tegmagan qizning suti, quloq yoki ko‘zga tomizilgan sut va o‘lgan ayolning suti
ham razo’ni sobit qiladi.
Ikki yarim yoshdan o‘tgan bolalarda va undan yuqori necha yoshda bo‘lmasin, har
qanday ayolning sutini qay holda ichsa ham razo’ sobit bo‘lmaydi. Bilmoq lozimki, ayolga
boshqa bolani emizish zarurati tug‘ilsa, albatta, erining roziligini olishi shart. Vallohu
a’lamu bissavob.
ERNING HAQLARI
Ayol o‘z umr yo‘ldoshi bilan yaxshi muomalada bo‘lib, uni ehtirom qilsin, yaxshi so‘zlaru
xush odobi va raftori bilan uning qalbini qo‘lga olsin. Hadisi sharifda:
“Ayollarning jihodi
o‘z eri bilan yaxshi muomalada muosharat (tirikchilik) qilishidir”
, deyilgan.
Ayol kishi Alloh taolodan savob umidida erining g‘ayrat (rashk) va g‘azabiga sabr qilsin.
Shu bilan birga besh vaqt namozini o‘qisin, ramazoni sharifda ro‘za tutsin, nomusini
saqlasin va eriga itoatli, farmanbardor bo‘lsin, hatto eri tog‘dan menga bir tosh olib kelib
ber desa, yuz o‘girmasin. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytadilar:
“Har
qachonki ayol besh vaqt namozini o‘qisa, ramazon ro‘zasini tutsa, o‘z nomusini saqlasa
va o‘z eriga itoat etsa, Parvardigorning jannatiga doxil bo‘ladi”.
Oila va nikoh risolasi. Fazluddin Iqroruddin
Do'stlaringiz bilan baham: |