Microsoft Word nurul yaqin ziyouz com doc



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/270
Sana30.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#197178
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   270
Bog'liq
Muhammad Xuzariy. Nurul-yaqin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
120
RASULULLOHNING MURUVVATLARI 
 
Payg‘ambar alayhis-salom Ka’baning ichiga kirib takbir aytdilar. Maqomi Ibrohimda 
ikki rakaat namoz o‘qiganlaridan keyin obizamzam ichdilar va masjidga kirib o‘tirdilar. 
Odamlar rasulullohning atrofiga yig‘ilib, u kishiga juda ko‘p aziyatlar yetkazgan, 
yurtlaridan haydab chiqargan, har qadamda bir shumlikni ko‘zlab urushgan quraysh 
mushriklariga qanday muomala qilishlarini kutib turishardi. Mana shu qaltis vaziyatda 
sarvari olamning shunday bebaho fazilatlari namoyon bo‘ldiki, bundan har bir musulmon 
faqat biron maqsadni ko‘zlab emas, balki har qanday vaziyatda Olloh uchun xolis turish 
lozimligini o‘rganishi kerak. Payg‘ambar alayhis-salom yig‘ilganlarga: "Ey quraysh xalqi, 
meni hozir nima qiladi, deb o‘ylayapsizlar?" deb so‘radilar. Odamlar: "Sen mard 
qarindoshimizning o‘g‘lisan. Mard qarindoshimiz bizga yaxshilik qiladi, deb o‘ylayapmiz", 
deyishdi. Rasululloh: "Bo‘pti, sizlar o‘ylagancha bo‘la qolsin. Boringlar, hammangiz 
ozodsizlar!" deya muruvvat ko‘rsatdilar. 
Xudo rahmat qilgur imom Busayiriyning "Hamziya" qasidasida bunday misralar bor: 
Haq uchun bo‘lsa muhabbat, nafrati insonning,  
Unga baribir erur hukm etganda yotu o‘z.  
Maqtovlardan mast bo‘lib, g‘ururlanmas payg‘ambar,  
Ranjimaydi aytsa gar yovuz kimsa yomon so‘z.  
Zolimlardan olsa qasd, xo‘rliklarga chidolmay,  
To‘kilardi begumon daryo-daryo qizil qon.  
Har bir ishda Ollohning rizosini ko‘zlab u,  
Vafoga ham jafoga adolat bo‘ldi qalqon. 
Fazlu karam bobida betimsol edi asli,  
Xushchiroyu husnixulq, hech ishida yo‘q nuqson. 
Payg‘ambar alayhis-salom nutq so‘zlab, islom dinining ayrim muhim masalalari ustida 
to‘xtalib o‘tdilar: "Kofirlarning badaliga musulmon o‘ldirilmaydi. Dini boshqa odamlar bir-
biriga merosxo‘r bo‘lmaydi. Hech kim otasi yoki onasining hamshirasi (egachi-singlisi)ga 
uylanishi mumkin emas. Da’vogar dalil ko‘rsatsa, javobgar qasam ichishi lozim. Ayol 
kishi mahramsiz uch kunlik safarga chiqishi mumkin emas. Bomdoddan keyin kun 
chiqquncha, asrdan keyin kun botguncha namoz o‘qib bo‘lmaydi. Qurbon hayiti va 
ramazon hayiti kunlari ro‘za tutilmaydi. Ey quraysh jamoasi, Olloh taolo sizlardagi 
johiliyat davridagi kibru havoni, otalaringiz bilan faxrlanish hissini yo‘qotdi. Hammangiz 
odam bolalarisizlar, odam esa tuproqdan yaratilgan". Shundan keyin rasululloh Hujrot 
surasining 13-oyatini o‘qidilar: "Ey insonlar, biz sizlarni bir erkak bilan bir ayoldan 
yaratdik. O’z aro tanishib, bilishishinglar uchun ko‘pgina millat va urug-aymog‘ qildik. 
Eng taqvodor bo‘lganingiz Ollohning dargohida eng hurmatli hisoblanasizlar. Olloh esa 
hamma narsani bilguvchi, hamma narsadan xabardor zotdir". 
Bu gaplardan ta’sirlangan odamlar musulmon bo‘lib, payg‘ambar alayhis-salomga 
bay’at qila boshlashdi. Muoviya ibn Abu Sufyon bilan Abu Bakr Siddiqning otasi Abu 
Qahofa ham shu kuni imon keltirishdi. Payg‘ambar alayhis-salom ularning islom diniga 
kirganidan benihoya xursand bo‘ldilar. 
Bay’at qilish uchun bir odamning dag‘-dag‘ titrayotganini ko‘rgan rasululloh: 
"Qo‘rqma, men podshoh emasman. Quritilgan go‘sht yeydigan quraysh xotinning 
bolasiman", dedilar. 
Payg‘ambar alayhis-salom o‘limga hukm etgan kimsalarga bu olam tangu tor bo‘ldi, 
lekin u zoti muborakning hukmlari odil va haqli edi. Bundaylarning bir qismi Ollohning 
iltifoti tufayli imon keltirib, jonini saqlab qoldi. Abdulloh ibn Sa’d ibn Abiy Sarh emikdosh 
qarindoshi Usmon ibn Affonga yolborib rasululohdan omonlik olib berishini o‘tindi. To 


Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish