Microsoft Word nurul yaqin ziyouz com doc



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/270
Sana30.12.2021
Hajmi0,63 Mb.
#197178
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   270
Bog'liq
Muhammad Xuzariy. Nurul-yaqin

www.ziyouz.com kutubxonasi 
121
Makkada osoyishtalik o‘rnatilguncha Usmon ibn Affon Abdullohni o‘z uyiga yashirib 
qo‘ydi. Keyin uni payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga olib bordi-da: "Ey 
rasululloh, men qarindoshimga omonlik berdim, sen uning bay’atini qabul qilgin", dedi. 
Payg‘ambar alayhis-salom xuddi uning gapini eshitmagandek teskari qarab oldilar. 
Usmon iltimosini bir necha marta takrorladi, rasululloh har gal yuzlarini ters 
buraverdilar. Lekin Usmon juda ham hokiturob bo‘lib yolboravergach, oxiri uning yuz 
xotiri uchun Abdullohning gunohidan kechdilar. Usmon bilan Abdulloh chiqib ketgach, 
sarvari olam sahobalarga: "Birontangiz Abdullohning kallasini olarmikinsiz deb teskari 
qarab olsam, nega jim turaverdinglar?" dedilar. "Nega bizga ishora qilib qo‘ymadingiz?" 
deyishdi sahobalar. "Payg‘ambar ko‘zi xiyonat qilishi mumkin emas", deya ularga tanbeh 
berdilar rasululloh. 
Ikrima ibn Abu Jahl Makka fath etilgandan keyin qochib ketdi. Uning xotini Ummu 
Hakim Makka fath etilishidan avval musulmon bo‘lgan edi. Ummu Hakim sarvari 
olamdan eri uchun omonlik olgach, izlab yo‘lga tushdi. Izlay-izlay nihoyat uni dengiz 
sohilida kemaga chiqmoqchi bo‘lib turganda topdi. "Men senga dunyodagi eng yaxshi, 
yangi odil odamdan omonlik olib keldim. O’zingni o‘zing juvonmarg qilmay men bilan 
birga yur", dedi Ummu Hakim. Ikrima xotinining gapiga ishonib Makkaga qaytib bordi. 
Payg‘ambar alayhis-salom uni ko‘rib: "Musulmon bo‘lib, bizga hijrat qilib kelgan odamni 
quchoq ochib kutib olamiz", deya o‘rinlaridan turib ketdilar. Ikrima imon keltirib, ilgarigi 
gunohlari uchun payg‘ambar alayhis-salomdan o‘ziga istigfor aytishlarini o‘tindi. 
Rasululloh uning iltimosini bajo keltirdilar. Shu kundan e’tiboran Ikrima islom uchun 
astoydil jon koyitadigan musulmonlardan biriga aylandi. 
Hubar ibn Asvad qochib gadoy topmas bir pastqamlikka yashirindi. U payg‘ambar 
alayhis-salom Makka bilan Toif oralig‘idagi Ji’ronada turgan paytlarida kelib: "Ey 
rasululloh, men Eronga qochib ketmoqchi edim, lekin sening silai-rahmingni, dilingni 
ranjitganlarning ham gunohidan o‘tishingni eshitib qaytib keldim. Bizlar butparst edik. 
Olloh sen orqali hidoyatga erishtirdi, halokatdan qutqardi. Meni ham kenglik qilib 
kechirgin", dedi, "Mayli, kechirdim", dedilar payg‘ambar alayhis-salom. 
Horis ibn Hishom bilan Zuhayr ibn Aru Umayya Maxzumiyni Abu Tolibning qizi Ummu 
Honi himoyasiga olgan edi. Horis payg‘ambar alayhis-salomga uchrashgan paytida 
rasululloh seni hidoyat qilgan xudoga shukr, senday odam islomning nimaligini 
tushunmay qolishi mumkin emasdi", dedilar. Sarvari olamning bu gaplari Hishomning 
ko‘nglini tog‘dek o‘stirib yubordi. U to umrining oxirigacha islom uchun astoydil jon 
koyitadigan sahobalardan biriga aylandi. 
Yashirinib olgan Safvon ibn Umayya musulmonlarning qasosidan qo‘rqib o‘zini 
dengizga g‘arq etmoqchi bo‘ldi. Amakisining o‘g‘li Umayr ibn Vahib payg‘ambar alayhis-
salomning huzurlariga kelib: "Ey ollohning payg‘ambari, Safvon o‘z qavmining boshlig‘i. 
Oldin qilgan gunohlaridan qo‘rqib o‘zini suvga g‘arq etmoqchi. Sen saxovat bilan hamma 
odamning gunohidan kechyapsan, unga ham omonlik bergin", deb o‘tindi. "Mayli, 
amakivachchanga borib ayt, gunohidan kechdim", dedilar rasululloh. "Bu gapingni 
isbotlaydigan biron nishona bergin", dedi Umayr. Payg‘ambar alayhis-salom sallalarini 
olib, uning qo‘liga tutqazdilar. Umayr sallani olib, Savfonga uchrashdi. "Ota-onam 
sadagang ketsin, men eng yaxshi, eng mehribon, eng muloyim, eng oqil odam — 
payg‘ambar alayhis-salomning yonidan keldim. U amakingning o‘g‘li, uning hurmati — 
sening hurmating, uning sharafi — sening sharafing, uning hokimiyati — sening 
hokimiyating. Yur, borib tavba qil", dedi. Safvon: "Unga ro‘para kelishdan qo‘rqaman", 
dedi. "Payg‘ambar alayhis-salom haddan tashqari muloyim, bag‘ri keng odam", deya uni 
ishontirishga urindi Umayr va omonlik berilganining nishonasi bo‘lmish sallani ko‘rsatdi. 
Safvon shundan keyingina payg‘ambar alayhis-salomga uchrashib: "Umayr rasululloh 


Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish