www.ziyouz.com kutubxonasi
63
abadiy barhayot! Zumar surasining 20-oyati esinglardami? Olloh: "Sen ham albatta
o‘lasan, ular ham o‘lishi aniq", deydi. Bundan tashqari Oli Imron surasining 144-oyati
aynan sizlar haqingizdadir:
"Muhammad bor-yo‘g‘i bir payg'ambar, undan avval ham talay payg‘ambarlar o‘tgan.
u olamdan o‘tsa, yoki o‘ldirija darrov imondan qaytasizlarmi?" Xudo haqqi, men aniq
bilamanki, islom dini xuddi quyosh nuridek yer yuziga tarqaladi. Abu Sufyonga
aldanmanglar, u islomning haq din ekanini juda yaxshi biladi, faqat hasadgo‘yligi tufayli
unga qarshi turadi. Robbingizga tavakkal qiling! Ollohning dini keng tarqaladi. Ollohning
so‘zi haq. Ollohni yoqlagan kishiga yaratganning o‘zi madad beradi'. Xudo o‘z diniga
quvvat ato etadi. Yaratgan egam sizlarni birlashtirgani uchun hammadan fazilatli Abu
Bakrni payg‘ambar alayhis-salomning xalifasi qilib sayladinglar. Bu bilan islom dini
yanada kuchga kiradi. Kimki dindan qaytib, murtad bo‘lar ekan, shartta kallasini olamiz".
Bu gap arosatda yurgan odamlarni sergaklantirdi, haqiqiy musulmonlarning imonini
yanada mustahkamladi. Suhayil haqida aytilgan fikr rasulullohning mo‘jizalaridan biridir.
Valid ibn Validni Xolid bilan Hishom qutqarib olishdi. Valid Makkaga qaytib kelgach,
musulmon bo‘ldi. Unga: "Tovon to‘lanmasidan oldin imon keltirib qo‘ya qolsang
bo‘lmasmidi?" deyishganda, "Odamlar qo‘rqqanidan islomga kiribdi, deyishmasin deb
atay shunday qildim", deya javob berdi. Uning islom diniga kirganidan g‘azablangan
qarindoshlari Madinaga ketishiga yo‘l qo‘yishmadi, Rasululloh Ka’ba ziyoratiga
kelganlarida Valid payt poylab u kishiing yoniga qochib ketdi.
Badr urushida mushriklarning a’lamdori bo‘lgan Soib ibn Yazid islom olamining
mo‘tabar imomlaridan Shofeiy Muhammad ibn Idrisning bobokalonidir.
Tutqun Vahobning otasi Umayir qurayshlarning shayotinlaridan bo‘lib, payg‘ambar
alayhis-salomga ko‘p aziyat yetkazgan edi. Kunlarning birida Safvon ibn Umayya bilan
Badr jangida boshlariga tushgan musibatlarni eslab o‘tirishganda Umayir dardini to‘kib
soldi: "Agar birovdan qarzdor bo‘lmaganimda, mendan keyin bola-chaqamning holi ne
kecharkin degan tashvish qiynamaganda Madinaga borib, Muhammadni o‘ldirib, asirlikda
qiynalayotgan o‘g‘limni qutqarib kelardim", dedi. Safvon: "Unday bo‘lsa, qarzlaringni
men to‘layman, bola-chaqangning holidan xabar olishga so‘z beraman", dedi.
Umayir qilichiga zahar suvi berib, Madinaga yo‘l oldi. Bir to‘da musulmonlar bilan
suhbatlashib o‘tirgan Umar qilich osib kelgan Umayirga ko‘zi tushib: "Manavi Ollohning
dushmani bo‘lgan it yaxshi niyat bilan kelmagan", dedi-da, darrov payg‘ambar alayhis-
salomga xabar yubordi. Rasululloh Umayirni huzurlariga olib kelishni buyurdilar. Umar
dushmanning qilichidan tutgancha ichkariga boshlab kirdi. Payg‘ambar alayhis-salom uni
qo‘yib yuborishni buyurdilar va Umayirni yaqinroq kelishga taklif etdilar. Umayir
yaqinroq kelib: "Ertangiz xayrli bo‘lsin!" dedi. Rasululloh: "Parvardigori olam sening
salomingdan yaxshiroq salomni o‘rgatdi", dedilar va uning nima maqsadda kelganini
so‘radilar. Umayir: "Qo‘linglarda bandi bo‘lib yotgan o‘g‘lim uchun keldim, unga
muruvvat qilinglar", deya o‘tindi. "Unday bo‘lsa nega qilich ko‘tarib kelding?" deb
so‘radilar payg‘ambar alayhis-salom. "Xudo ursin bu qilichni, kunimizga yaramadi-ku",
dedi Umayir. "Rostingni ayt, nima maqsadda kelding?" deya qayta so‘radilar rasululloh.
"Aytdim-ku, asir o‘g‘limni qutqargani keldim", dedi Umayir. "Yolg‘on gapiryapsan, —
dedilar rasululloh. — Sen Safvon bilan tosh ustida o‘tirib, meni o‘ldirishga qasam
ichding. Safvon qarzingni to‘lashga va’da berib, qutqu soldi". Esi og‘ib qolgan Umayir:
"Sening nuqul osmondan kelishinga, vahiylaringa ishonmagan edim, lekin bu gaplarni
qanday bilding? Axir biz gaplashgan yerda Safvon ikkalamizdan boshqa biron tirik jon
yo‘q edi-ku", dedi. Payg‘ambar alayhis-salom sahobalarga: "Qarindoshinglar Umayirga
Qur’on bilan diniy ahkomlarni o‘rgatib, o‘g‘lini qo‘yib yuboringlar", deb tayinladilar.
Umayir Makkaga qaytib borgach, musulmon bo‘lganini e’lon qildi.
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |