www.ziyouz.com kutubxonasi
103
talvasada uyoqdan-buyoqqa zir yugura boshlashdi. Qaysar taklifi ularning nafratiga
uchraganini ko‘rgach: "Men bu gapni o‘z diningizda mustahkammisiz yoki yo‘qmi sinash
uchun aytgan edim", dedi. Saroy a’yonlari yengil tortib, unga ta’zim bajo keltirishdi.
Qaysar podsholikni Islom dinidan ortiq bildi, bu bilan payg‘ambar alayhis-salom
aytganlaridek fuqarosining gunohini ustiga oldi. Shunga qaramay, Qaysar rasulullohning
elchisini izzat-ikrom bilan kuzatdi.
BUSRO HOKIMIGA YO’LLANGAN MAKTUB
Payg‘ambar alayhis-salom Horis ibn Umayir Azdiydan Busro hokimiga maktub
jo‘natdilar. Horis Mu’ta degan kentga yetib kelganda Shurahbil ibn Amr G’assoniy degan
kimsa uchrab qoldi. U elchidan qayerga ketayotganini so‘radi. Horis Shomga yo‘l
olganinini aytdi. Shurahbil: "Sen Muhammadning elchisi bo‘lsang kerak-a?" deb so‘radi.
Horis tasdiq javobini bergan zahoti o‘ldirildi. Payg‘ambar alayhis-salom bu xabarni
eshitib, qattiq qayg‘urdilar. Shu paytgacha u kishining biron elchisi halok bo‘lmagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |