www.ziyouz.com kutubxonasi
102
— Muhammaddan ilgari orangizdan payg‘ambarlik da’vosini qiladigan biron kimsa
chiqqanmi?
— Yo‘q.
— U payg‘ambarlik da’vosini qilishdan ilgari yolg‘onchiligi uchun yuzi qaro bo‘lganmi?
— Yo‘q.
— Uning ota-bobolari orasida podsholik qilganlari bormi?
— Yo‘q.
— Unga ergashganlar yuqori tabaqa kishidarimi yo past tabaqa vakillarimi?
— Past tabaqalar.
— Unga ergashganlarning soni ko‘payyaptimi yoki ozayyaptmi?
— Ko‘payyapti.
— Unga ergashganlar orasida Islomni yoqtirmay dindan qaytganlari bormi?
— Yo‘q.
— Muhammad biron marta va’dasiga bevafolik qilganmi?
— Yo‘q. Hozir u bilan shartnoma tuzganmiz. Bu shartnomani buzadimi-yo‘qmi
bilmayman.
— U bilan urushdinglarmi?
— Urushdik.
— Kim g‘olib chiqdi?
— Ba’zan u, ba’zan biz g‘alaba qozondik.
— U sizlarni nimalarga da’vat etadi?
— Faqat birgina Ollohga ibodat qilishga, unga hech narsani sherik keltirmaslikka, ota-
bobomizning dinini tashlashga, namoz o‘qishga, sadaqa berishga, iffatli bo‘lishga,
va’daga vafo qilishga, omonatga xiyonat qilmaslikka undaydi.
— Muhammadning nasabi oliy deding, payg‘ambarlar shunday oliy nasab bo‘lishadi.
Undan ilgari hech kim payg‘ambarlik da’vosini qilmagan ekan, mabodo shunday kimsa
bo‘lganda Muhammad unga taqlid qilyapti, deyish mumkin edi. U ilgari yolg‘onchilik bilan
odamlarni laqillatib, yuzi qora bo‘lmagan ekan, demak bunday odam Xudoga ham
kazzoblik qilmaydi. U ota-bobosining taxtini talashayotgan ekan desam, avlodidan
podshoh chiqmagan ekan. Unga ergashuvchilar quyi tabaqa vakillari deding,
payg‘ambarga hamisha past tabaqa kishilari ergashadi. Ularning soni ortib boryapti
deding, ahli imon ko‘payishi turgan gap. Unga ergashganlar orasida dindan qaytganlar
yo‘q ekan, imon odamlarning qalbiga singiganda shunday bo‘ladi. Jangu jadalda goh
sizlar, goh musulmonlar g‘olib kelganini aytding, payg‘ambarlik shu tarzda sinaladi,
alaloqibat ular g‘olib chiqishadi. Uning namozga, sadaqa berishga, iffatli bo‘lishga,
va’daga xiyonat qilmaslikka, omonatga ko‘z olaytirmaslikka buyurganini aytding, bu
payg‘ambarlarga xos fazilatdir. Muhammadning haqiqiy payg‘ambar ekaniga ishonch
hosil qildim. Biz ko‘pdan beri kutgan odam dunyoga kelibdi, lekin uni sizlardan chiqadi
deb sira o‘ylamagan edim. Agar aytgan gaplaring rost bo‘lsa, Muhammad mana shu ikki
oyog‘im turgan joyni ham zabt etadi. Uning yoniga o‘zim borishga harakat qilaman.
Abu Sufyon guvohlik berishicha, Qaysarning yon-verida turganlar birdan shovqin-
suron ko‘tarishgan. Podshoh quraysh vakillariga chiqib ketishni buyurgan. Qaysarning
saroyini tark eta turib, Abu Sufyon: "Abu Kabsha o‘glining dovrug‘i Banu asfar
podshohini ham qo‘rqitib yubordi", dedi.
Qaysar Hims shahriga kelib, Rumning katta arboblarini huzuriga yig‘di-da, saroyning
eshiklarini tambalatdi. Shundan keyingina a’yonlariga yuzlanib: "Ey rumliklar! To‘g‘ri
yo‘lni topishni va podshohligingiz barqaror bo‘lishini istasanglar Muhammad
payg‘ambarni e’tirof etinglar!" dedi. Bu gapni eshitgan saroy a’yonlari xuddi qafasga
tushib qolgan yovvoyi eshaklardek o‘zlarini eshikka urishdi, biroq chiqib ketolmay
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |