HIJRATNING YETTINCHI YILI XAYBAR G’AZOTI
Hijratning yettinchi yili muharram oyida payg'ambar alayhis-salom sahobalarga
Xaybar yahudiylariga qarshi yurishga tayyorgarlik ko‘rishni buyurdilar. Xaybar
yahudiylari Xandaq g‘azoti vaqtida arab qabilalarini musulmonlarga qarshi qayragan
edilar. Ka’b ibn Ashraf voqeasida bayon etganimizdek, ular hali ham adirdagi arablar
bilan payg‘ambar alayhis-salomga qarshi til biriktirib yurishardi. Bundan xabar topgan
rasululloh Hudaybiyada birga bo‘lgan sahroyi arablarni safarbarlikka chaqirdilar.
Hudaybiya g‘azotida qatnashmaganlar kelib bu safar urushda ishtirok etishga ijozat
so‘rashdi. Payg'ambar alayhis-salom ularga: "G’animat uchun emas, faqat jihod uchun
talabgorlar kelsii, bu safar hech kimga g‘animat berilmaydi", dedilar hamda bu
qarorlarini jarchi orqali hammaga eshittirdilar. Rasululloh o‘z o‘rinlariga Sibo’ ibn
Urfatani tayinlab, safarga otlandilar. Bu gal u kishiga ayollari Ummu Salama hamroh
bo‘ldi. Musulmonlar qo‘shini Madinaning g‘arbi-shimolidan yuz mil olisdagi Xaybarga
yetib kelgach, baland ovozda takbir aytib duo o‘qidi. Payg‘ambar alayhis-salom:
"Bunchalik kuchanib baqirmanglar, sizlar garang yoki o‘zi yo‘q narsaga emas, balki
sizlardan sira ham ayrilmaydigan, gaplaringizni eshitib turadigan Ollohga duo
qilyapsizlar", dedilar.
Xaybar xalqi bir-biridan uncha olis bo‘lmagan Natot, Kasiba, Shiq nomli uchta qal’ada
yashardl. Natot qal’asida Noim, Sa’b, Qila qo‘rg‘onlari, Kasiba qal’asida Ubay, Bari’
qo‘rg‘onlari, Shiq qal’asida Qamus, Vatih, Sulolim qo‘rg‘onlari bor edi. Payg‘ambar
adayhis-salom ishni Natot qal’asini qamal qilishdan boshladilar. Qo‘shinni qal’aning
sharqidagi o‘q yetmaydigan bexavotir yerga joylashtirgach, dushmanga tahdid solish
niyatida shahar atrofidagi xurmo daraxtlarini kesib tashlashni buyurdilar. Musulmonlar
to‘rt yuzga yaqin darxtni kesib tashlashdi. Lekin dushman tomon miq etmadi. Rasululloh
yahudiydarning urushishga astoydil bel bog‘laganini anglab daraxtlarga qiron keltirishni
to‘xtatdilar va o‘q otib shaharga hujum qilishni buyurdilar, biroq bu urushdan biron naf
chiqmadi.
Ertasidan boshlab rasululloh kichik bir guruhni olib dushmanning shahar tashqarisiga
chiqqan askarlari bilan uncha-muncha to‘qnashib qaytaverdilar. Kechasi bir kishi
soqchilikka turdi. Safarning yettinchi kuni soqchilikka turgan Umar ibn Xattob yarim
kechasi shahar tashqarisiga chiqqan bir yahudiyni asir olib, payg‘ambar alayhis-
salomning huzurlariga olib keldi. Qo‘rquvdan dag‘-dag‘ qaltirayotgan asir: "Agar meni
o‘ldirmasanglar, sizlarga foydali bir sirni aytib beraman", deya omonlik so‘radi.
Rasululloh omonlik berganlaridan keyin u: "Qamal qal’adagilarning tinkasini quritdi,
odamlar muttasil tahlikadan qattiq charchashdi. Ular bola-chaqasini Shiq qal’asiga
ko‘chirib bo‘lishdi, ertaga tashqariga chiqib sizlar bilan jang qilishmoqchi. Shahar
darvozasi ochilganda manjaniq*, dabboba*, qilich va nayzalar saqlanadigan omborni
ko‘rsatib qo‘yaman. Agar bu qurollarni qo‘lga kiritsanglar, boshqa qal’alarni osongina
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |