RASULULLOHNING SOFIYAGA UYLANISHLARI
Xaybar g‘azoti g‘alaba bilan tugagach, payg‘ambar alayhis-salom bani Nazir
qabilasining boshlig‘i Xuyayning qizi Sofiyani nikohlariga oldilar. Ozod bo‘lishi uning
mahri etib belgilandi. Sofiya islom dinini qabul qilib, mo‘minlarning onasi bo‘lish
sharafiga erishdi.
NIKOHI MUTANI BEKOR QILISH
Payg‘ambar alayhis-salom Xaybarda turgan paytlarida nikohi mutani bekor qildilar.
Nikohi muta ma’lum muddatga uylanish. Bunday nikoh johiliyat davrida hamda
islomning avvalida mavjud edi. Shu yildan e’tiboran shariat hukmi bilan bu odat
ta’qiqlandi. Shuningdek Xaybarda eshak go‘shtini yeyish harom qilindi. Bu hukmni
eshitgan musulmonlar eshak go‘shti pishib turgan qozonlarini ag‘darib yubordilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |