Xaybar yurishi nihoyasiga yetgach, Habashistondagi Ja’far ibn Abu Tolib, Abu Muso
Ash’ariy bilan ularning hamrohlari qaytib kelishdi. Payg‘ambar alayhis-salom
musofirchilikda o‘n yil yashagan musulmonlarning qaytganidan benihoya xursand bo‘lib,
ularga Xaybarda qo‘lga kiritilgan g‘animatlardan berdilar. Abu Sufyonning qizi Ummu
Habiba Ja’far bilan birga qaytib keldi. O’sha vaqtda Davs qabilasining odamlari ham kelib
musulmonlar safiga qo‘shilgan edi. Ularning orasida Abu Hurayra bor edi. Payg‘ambar
alayhis-salom yangi kelganlarni ham quruq qo‘ymadilar.