www.ziyouz.com kutubxonasi
111
QO’SHIN YUBORISH
Shu yilning sha’bon oyida San’o bilan Makka oralig‘idagi Turoba degan joyda
yashovchi Havozin arablari musulmonlarga qarshi harakat qilishayotgani ma’lum bo‘ldi.
Payg‘ambar alayhis-salom ularga qarshi Umar ibn Xattob boshchiligida o‘ttiz nafar
sahobani jo‘natdilar. Bu xabarni eshitgan Havozin arablari qochib ketishdi. Musulmonlar
bu yurtda biron kimsani uchratolmay qaytib kelishdi.
QO’SHIN YUBORISH
Shu yilning sha’bon oyida payg‘ambar alayhis-salom Fadak tomondagi bani Murra
arablariga qarshi Bashir ibn Sa’d Ansoriy boshchiligida qo‘shin yubordilar. Bu qo‘shin
ham biron kimsani uchratmagach, dushmanning chorva mollarini haydab yo‘lga tushdi.
Jarlikda yashirinib yotgan bani Murra arablari bundan xabar topib yarim kechasi
musulmonlarga hujum qildi, ikki o‘rtada shiddatli jang boshlandi. Musulmonlar juda ko‘p
talafot ko‘rishdi, qo‘shinning boshlig‘i Bashir qattiq yaralanib yotgani uchun o‘ldi, degan
o‘yda unga tegishmadi. Tong otgach, Bashir qolgan-qutgan odamlarini yig‘ib,
rasulullohning huzurlariga qaytib keldi.
Shu yilning Ramazon oyida payg‘ambar alayhis-salom Mayfag‘a xalqiga qarshi G’olib
ibn Abdulloh Daysiy boshchiligida bir yuz o‘ttiz kishilik qo‘shin jo‘natdilar. Musulmonlar
Mayfag‘alar bilan to‘qnashib, bir qismini o‘ldirishdi, bir qismini asir olishdi. Jang paytida
Usoma ibn Zayd bir mushrikning orqasidan quvladi. Garchand u kalimai shahodatni
aytgan bo‘lsa-da, Usoma baribir, chopib tashladi. Usoma mushrik o‘limdan qo‘rqqanidan
kalima keltirdi, deb o‘yladi. Madinaga qaytib borganlaridan keyin bu gapdan xabar
topgan rasululloh Usomadan: "La ilaha illalloh desa ham o‘ldirdingmi? Endi La ilaha
illalloh degan kalima uchun qanday hisob berasan?" deb so‘radilar. "U jonini saqlab
qolish uchungina imon keltirdi", deya o‘zini saqlashga urindi Usoma. "Sen uning yuragini
yorib, gapining chin, yolg‘onligini bilganmiding?" dedilar rasululloh. Bu haqli savoliga
qanday savob berishni bilmay qolgan Usoma: "Ey rasululloh, men uchun istig‘for
aytgin", deya o‘tindi.
Payg'ambar alayhis-salom esa hadeb: "U La ilaha illalloh degan bo‘lsa, o‘ldirishga
qanday qo‘ling bordi-a?" deb takrorlar edilar. Usoma o‘z qilmishidan pushaymon bo‘lib,
ko‘p afsus-nadomat chekdi. Hatto: "Qani edi shu kungacha musulmon bo‘lmaganimda,"
dedi. Olloh Taolo Niso surasining 94-oyatida bu xususda shunday deydi: "Dunyo molini
ko‘zlab sizlarga musulmon bo‘lganini bildirgan odamni sen mo‘min emassan, demanglar.
Ollohning dargohida juda ko‘p g‘animatlar bor". Usoma yanglishib bir musulmonni
o‘ldirib qo‘ygani uchun payg‘ambar alayhis-salom unga bir qulni ozod qilishni buyurdilar.
Chunki u bilmay o‘ldirgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |