www.ziyouz.com kutubxonasi
115
Abdulloh ibn Ravoha bayroqdor bo‘ldi, afsuski, ular shahid bo‘lishdi, — deya ko‘zlaridan
shashqator yosh to‘kdilar.
— Shundan keyin a’lamni Ollohning qilichlaridan biri (Xolidning sifati shunday edi) o‘z
qo‘liga oldi. Olloh ularga g‘alaba ato etdi". Shu payt bir odam kelib: "Ja’farning oilasidagi
ayollar ovoz chiqarib yig‘lashyapti", dedi. Rasululloh ularni yig‘idan qaytarishni
buyurdilar. Xabarchi: "Urinib ko‘rdim, lekin foydasi bo‘lmadi", dedi. Rasululloh ikkinchi
marta ularga sabr tilab, yig‘idan qaytarishni tayinladilar. Biroq, xabarchi urinishidan
hech qavday naf chiqmaganini aytib keldi. Shunda rasululloh "Agar yig‘idan
to‘xtashmasa, og‘izlariga tuproq tiq", dedilar.
Qo‘shin yetib kelganda kutib olgani chiqqan sahobalar ularni qochoqlikda ayblashdi,
lekin payg‘ambar alayhis-salom bu fikrni rad etib, jangchilarni g‘oliblar deb maqtadilar.
Madinada qolganlar qo‘shinning o‘z jonini saqlab chekinganini mag‘lubiyat deb
hisoblashdi, biroq rasululloh bu jangda ishlatiladigan harbiy usul deb, Xolidning
tadbirkorligiga ofarin aytdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |