QO’SHIN YUBORISH
Shu yilning rabbiul avval oyida payg‘ambar alayhis-salom Zotu Atloh degan joyga
Ka’b ibn Umayr boshchiligida o‘n besh kishilik qo‘shin yubordilar. Musulmonlar borib yerli
aholini islom diniga da’vat etdilar, lekin ular bu da’vatdan bosh tortib, urush e’lon qilishdi
hamda bir hovuch islom elchilarini qilichdan o‘tkazishdi. Faqat Ka’b ibn Umayr tasodifan
omon qolib, voqeadan rasulullohni ogoh etdi. Payg‘ambar alayhis-salom qattiq iztirob
chekdilar. Mushriklardan o‘ch olish uchun qo‘shin yubormoqchi bo‘lib turganlarida,
dushmanning o‘z o‘rnidan ketganligi haqida xabar keldi. Xabarni eshitgach niyatlaridan
qaytdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |