www.ziyouz.com kutubxonasi
119
kun". Payg‘ambar alayhis-salom o‘z guruhining a’lamini Makkaning quyi tomonidagi
Xujun tog‘iga qadashni, Xolid ibn Validga shaharning past, Kuday tomonidan kirishni
buyurdilar. O’zlari esa bir guruh odam bilan Tepa, Kudo’ tomondan kirib bordilar.
Jarchi oldinda yurib kimki o‘z hovlisiga yoki masjidga kirib olsa, omon qolajagini, Abu
Sufyonning uyiga kirgan odamga ham teginilmasligini e’lon qildi. Shu tarzda omonlik
berish rasulullohning o‘zlariga xos fazilatlari edi. Faqat musulmonlarga ko‘p zarar
yetkazgan, gunohi haddan tashqari og‘ir kishilar bundan mustasno bo‘lib, ular muqarrar
o‘ldirilishi e’lon qilindi. Abdulloh ibn Sa’d ibn Abiy Sarh shundaylarning biri edi. Islomning
avvalida musulmon bo‘lgan bu odam vahiylarni yozadigan kotib edi. Keyinchalik
murtadlik ko‘chasiga kirib: "Muhammad Aliymun Hakiym, deb yoz deganda, G’ofurun
Rahiym, deb yozsam ham mayli, bunisi ham bo‘laveradi degan", deya rasullulohga
tuhmat qilgan. Ikrima ibn Abu Jahl, Safron ibn Umayya, Hubor ibn Asvad, Horis ibn
Hishom, Zuhayr ibn Abu Umayya, Ka’b ibn Zuhayr, Hamzaning qotili Vahshiy, Abu
Sufyonning xotini Hind va yana bir guruh kishilar shunday noma’qulchiliklar qilishgan.
Garchand bunday kimsalarning gunohi katta bo‘lsa-da, payg‘ambar alayhis-salom tig‘
ko‘tarib qarshilik ko‘rsatmagan odamni o‘ldirishni qat’iyan man etdilar.
Xolid ibn Valid boshchiligidagi qo‘shin quraysh mushriklarini vahimaga soldi, shu bois
qanday bo‘lmasin uni chekintirish niyatida askar to‘plab jang qilishdi. Qisqa
to‘qnashuvdayoq mushriklardan 24 kishi o‘ldi, musulmonlardan esa ikki kishi shahid
bo‘ldi. Xolid ibn Valid boshchiligidagi Islom askarlari Makkaning quyi tomonidan hujum
qilib kirib kelishdi.
Payg‘ambar alayhis-salom boshchiligidagi qo‘shin esa sira ham qarshilikka uchramadi.
Rasululloh peshonalari tuyaning o‘rkachiga tekkuncha, boshlarini quyi solganlaricha
Ollohga tavozu qilib, parvardigorning ne’matlariga qayta-qayta shukronalar aytar edilar.
Bu quvonchli hodisa ramazonning yigirmasida, jum’a kunining tong pallasida yuz berdi.
Hajun degan yerga yetganda rasululloh tuyadan tushib, alam tiktirdilar, o‘z dargohlarini
ham shu yerga qurdirdilar. Ummu Salama bilan Maymuna payg‘ambar alayhis-salomga
hamroh bo‘lib, birga safarga chiqishgan edi.
Musulmonlar bir oz hordiq chiqargach, rasululloh Abu Bakr Siddiq bilan birga
gaplashib, Fath surasini o‘qib, Ka’ba ziyoratiga ravona bo‘ldilar. Tuyaning ustidan
tushmay Ollohning ziyoratgohini yetti marta tavof etdilar hamda asolari bilan Hojarul
Asvadni istilom qildilar. Baytullohning atrofiga 360 but tiklangan edi. Rasululloh
qo‘llaridagi aso bilan haykallarni nuqib: "Endi Islom dini dunsga keldi, butparastlik zavol
topdi, u qayta tiklanmaydi", dedilar. So‘ngra butlarni olib tashlashni buyurdilar.
Musulmonlar u kishining amrini shu zahoti bajo keltirishdi. Navbat qo‘llarida taqsim (fol
ko‘rish) o‘qlarini tutgan Ibrohim va Ismoil alayhis-salomning haykaliga kelganda
odamlar nima qilarini bilmay dovdirab qolishdi. "Olloh mushriklarni juvonmarg qilsin! —
dedilar payg‘ambar alayhis-salom. — Ibrohim bilan Ismoil taqsim o‘qlarini
ishlatishmaganini mushriklarning o‘zlari ham juda yaxshi bilishadi. Qo‘rqmay olib
tashlayveringlar." Bu Ka’baning birinchi marta butlardan tozalangan sharafli kun bo‘lib
qoldi. Barcha arab xalqi tomonidan ulug‘lanadigan muqaddas Ka’ba chin ma’nodagi
ziyoratgohga aylandi. Ba’zi bir joylarni hisobga olmaganda arab zaminida butparastlik
tugatildi.
______________
*Arofat — Makkadan 22 chaqirim olisdagi vodiy. Haj mavsumida shu yerda quyosh botguncha turish haj
ibodatining muhim farzlaridan biri hisoblanadi.
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |