www.ziyouz.com kutubxonasi
122
senga omonlik berdi, deyapti, shu gap rostmi?" deb so‘radi. "Ha rost" dedilar
payg‘ambar alayhis-salom. "Unday bo‘lsa, menga o‘ylab ko‘rishga ikki oy muhlat bergin"
deya iltimos qildi Safvon. Payg‘ambar alayhis-salom unga to‘rt oy muhlat berdilar.
Safvon to‘rt oydan keyin kelib imon keltirdi va islom uchun astoydil xizmat qiladigan
fidoyi musulmonlardan biriga aylandi.
Utbaning qizi Hind ham yashirinib olgan edi, bu urinishidan biron natija chiqmasligiga
ko‘zi yetgach, kelib islom dinini qabul qildi. Payg‘ambar alayhis-salom uning hurmatini
o‘rniga qo‘yib, o‘rinlaridan turib kutib oldilar. "Ey rasululloh, — dedi Hind, — men ilgari
sening xalqing mag‘lub bo‘lishini istagan edim, endi sening xalqingga zafar yor bo‘lishiga
tilakdoshman".
Do'stlaringiz bilan baham: |