www.ziyouz.com kutubxonasi
121
Makkada osoyishtalik o‘rnatilguncha Usmon ibn Affon Abdullohni o‘z uyiga yashirib
qo‘ydi. Keyin uni payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga olib bordi-da: "Ey
rasululloh, men qarindoshimga omonlik berdim, sen uning bay’atini qabul qilgin", dedi.
Payg‘ambar alayhis-salom xuddi uning gapini eshitmagandek teskari qarab oldilar.
Usmon iltimosini bir necha marta takrorladi, rasululloh har gal yuzlarini ters
buraverdilar. Lekin Usmon juda ham hokiturob bo‘lib yolboravergach, oxiri uning yuz
xotiri uchun Abdullohning gunohidan kechdilar. Usmon bilan Abdulloh chiqib ketgach,
sarvari olam sahobalarga: "Birontangiz Abdullohning kallasini olarmikinsiz deb teskari
qarab olsam, nega jim turaverdinglar?" dedilar. "Nega bizga ishora qilib qo‘ymadingiz?"
deyishdi sahobalar. "Payg‘ambar ko‘zi xiyonat qilishi mumkin emas", deya ularga tanbeh
berdilar rasululloh.
Ikrima ibn Abu Jahl Makka fath etilgandan keyin qochib ketdi. Uning xotini Ummu
Hakim Makka fath etilishidan avval musulmon bo‘lgan edi. Ummu Hakim sarvari
olamdan eri uchun omonlik olgach, izlab yo‘lga tushdi. Izlay-izlay nihoyat uni dengiz
sohilida kemaga chiqmoqchi bo‘lib turganda topdi. "Men senga dunyodagi eng yaxshi,
yangi odil odamdan omonlik olib keldim. O’zingni o‘zing juvonmarg qilmay men bilan
birga yur", dedi Ummu Hakim. Ikrima xotinining gapiga ishonib Makkaga qaytib bordi.
Payg‘ambar alayhis-salom uni ko‘rib: "Musulmon bo‘lib, bizga hijrat qilib kelgan odamni
quchoq ochib kutib olamiz", deya o‘rinlaridan turib ketdilar. Ikrima imon keltirib, ilgarigi
gunohlari uchun payg‘ambar alayhis-salomdan o‘ziga istigfor aytishlarini o‘tindi.
Rasululloh uning iltimosini bajo keltirdilar. Shu kundan e’tiboran Ikrima islom uchun
astoydil jon koyitadigan musulmonlardan biriga aylandi.
Hubar ibn Asvad qochib gadoy topmas bir pastqamlikka yashirindi. U payg‘ambar
alayhis-salom Makka bilan Toif oralig‘idagi Ji’ronada turgan paytlarida kelib: "Ey
rasululloh, men Eronga qochib ketmoqchi edim, lekin sening silai-rahmingni, dilingni
ranjitganlarning ham gunohidan o‘tishingni eshitib qaytib keldim. Bizlar butparst edik.
Olloh sen orqali hidoyatga erishtirdi, halokatdan qutqardi. Meni ham kenglik qilib
kechirgin", dedi, "Mayli, kechirdim", dedilar payg‘ambar alayhis-salom.
Horis ibn Hishom bilan Zuhayr ibn Aru Umayya Maxzumiyni Abu Tolibning qizi Ummu
Honi himoyasiga olgan edi. Horis payg‘ambar alayhis-salomga uchrashgan paytida
rasululloh seni hidoyat qilgan xudoga shukr, senday odam islomning nimaligini
tushunmay qolishi mumkin emasdi", dedilar. Sarvari olamning bu gaplari Hishomning
ko‘nglini tog‘dek o‘stirib yubordi. U to umrining oxirigacha islom uchun astoydil jon
koyitadigan sahobalardan biriga aylandi.
Yashirinib olgan Safvon ibn Umayya musulmonlarning qasosidan qo‘rqib o‘zini
dengizga g‘arq etmoqchi bo‘ldi. Amakisining o‘g‘li Umayr ibn Vahib payg‘ambar alayhis-
salomning huzurlariga kelib: "Ey ollohning payg‘ambari, Safvon o‘z qavmining boshlig‘i.
Oldin qilgan gunohlaridan qo‘rqib o‘zini suvga g‘arq etmoqchi. Sen saxovat bilan hamma
odamning gunohidan kechyapsan, unga ham omonlik bergin", deb o‘tindi. "Mayli,
amakivachchanga borib ayt, gunohidan kechdim", dedilar rasululloh. "Bu gapingni
isbotlaydigan biron nishona bergin", dedi Umayr. Payg‘ambar alayhis-salom sallalarini
olib, uning qo‘liga tutqazdilar. Umayr sallani olib, Savfonga uchrashdi. "Ota-onam
sadagang ketsin, men eng yaxshi, eng mehribon, eng muloyim, eng oqil odam —
payg‘ambar alayhis-salomning yonidan keldim. U amakingning o‘g‘li, uning hurmati —
sening hurmating, uning sharafi — sening sharafing, uning hokimiyati — sening
hokimiyating. Yur, borib tavba qil", dedi. Safvon: "Unga ro‘para kelishdan qo‘rqaman",
dedi. "Payg‘ambar alayhis-salom haddan tashqari muloyim, bag‘ri keng odam", deya uni
ishontirishga urindi Umayr va omonlik berilganining nishonasi bo‘lmish sallani ko‘rsatdi.
Safvon shundan keyingina payg‘ambar alayhis-salomga uchrashib: "Umayr rasululloh
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |