QO’SHIN YUBORISH
Payg‘ambar alayhis-salom Avtosga qochganlarning orqasidan Abu Omir Ash’oriy
boshchiligida qo‘shin yubordilar. Musulmonlar dushmanni butunlay tor-mor etib juda
ko‘p g‘animatlar olib qaytishdi. Bu g‘azotda sarkarda Abu Omir shahid bo‘lib, qo‘shinga
uning qarindoshi Abu Muso qo‘mondonlik qildi.
TOIF G’AZOTI
Saqif va Hovozin qabilalaridan qochganlar Toif shahriga borib olishgan edi.
Payg‘ambar alayhis-salom ularga qarshi otlangan qo‘shinga Xolid ibn Validni sarkarda
etib tayinladilar-da, o‘zlari ham sahobalar bilan birga yo‘lga chiqdilar. Yo‘lda keta turib
Avf ibn Molik Nasriyning qal’asidan o‘tayotganlarida sahobalarga uni buzib tashlashni
buyurdilar. Saqiflik bir kishining bog‘i yonidan o‘tishayotganda bog‘bon musulmonlarga
itoat etishdan bosh tortib yashirinib oldi. Rasululloh unga odam yuborib, agar
yaxshilikcha chiqmasa bog’iga o‘t qo‘yib yuborilishini ayttirdi. Bog‘ egasi bosh tortgach,
boqqa o‘t qo‘yib yuborildi.
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |