www.ziyouz.com kutubxonasi
124
dedi. Molik uning maslahatiga quloq solmay, jangchilarning orqasiga ayollarini saf-saf
qilib tizdi, ulardan keyin tuyalarni, sigirlarni va eng orqaga qo‘ylar podasini qo‘ydi.
Lashkarboshining mo‘ljalicha bu usul jangchilarning orqaga chekinib jang maydonidan
qochib ketishiga imkon bermasdi. Havozin bilan Saqif qabilalari urushga tayyorgarlik
ko‘rayotganidan xabar topgan payg‘ambar alayhis-salom ularga qarshi otlanishga qaror
qildilar va o‘n ikki ming g‘oziy bilan yo‘lga chiqdilar; ularning ikki minggi Makkalik,
qolganlari Madinalik sahobalar edi. Makkaliklar o‘lja — g‘animat ilinjida g‘ayratga minib,
topgan ot ulovda, topmagan poyu piyoda safarga otlandi. Ularning orasida ayollar, hatto
Safvon ibn Umayya Suhayl ibn Amr kabi saksonta mushriklar ham bor edi.
Dushman qarorgohiga yaqinlashgach, payg‘ambar alayhis-salom g‘oziylarni safga
turg‘azdilar. Muhojirlarning a’lamini Ali ibn abu Tolibga, Hazraj qabilasining a’lamini
Hubob ibn Munzirga, Avs qabilasining a’lamini Usayd ibn Huzayrga tutqazdilar, boshqa
qaoilalarga ham o‘z bayroqlarini berdilar. Shundan keyin ustilariga ikki qavat sovut,
boshlariga dubulg‘a kiyib, xachirlariga mindilar. Musulmonlar o‘zlarining ko‘shshgidan
g‘ururlanib yo‘lga tushgan edilar. Biroq ularning soni jonlariga asqotmadi, darayu
jilg‘alarda tepaligu adirlarda pistirmada turgan dushman yomg‘irdek o‘q yog‘dirdi.
Sarosimaga tuvdib qolgan musulmonlarning oldingi safidagilar otlarining boshini burib
qocha boshladilar. Nima gapligini anglab yetmagan orqa safdagilar ham ularga ergashdi.
Payg‘ambar alayhis-salom xachirdan tushmay jang maydonida turaverdilar.
Muhojirlar bilan ansorlarning bir qismi rasulullohning yonlaridan jilishmadi. Bular Abu
Bakr, Umar, Ali, Abbos va uning o‘g‘li Fazl, Abu Sufyon ibn Horis bilan uning qarindoshi
Robi’a ibn Horis, Mut’ab ibn Abilahab edi. Abbos xachirning tizginidan, Abu Sufyon
egaridan ushlab payg‘ambar alayhis-salomni muhofaza etishardi.
Rasululloh
musulmonlarni qochmaslikka undasalar-da, hsch kim u kishining gaplariga quloq
solmas, qochoqlar uchun keng olam tangu tor o‘raga aylangan edi. Haligacha
butparastlikdan voz kechmay endigina musulmonchilik ko‘chasiga qadam qo‘ygan ba’zi
bir makkaliklar quvonsa, ayrimlari qattiq iztirob chekishardi.
Abu Sufyon ibn Harb: "Ular endi to dengiz sohiliga yetmaguncha to‘xtashmaydi" dedi.
Safvon ibn Umayyaning ukasi quvonib: "Mana, Muhammadning sehri barbod bo‘ldi",
dedi. "Og‘zingni yum, ovozing o‘chgur! — deya o‘dag‘ayladi Safvon. — Xudo haqqi,
menga Havozin qabilasidan birov boshliq bo‘lganidan ko‘ra qurayshlik hukmronlik qilgani
yaxshi edi. Senlar ham odammisan?" Qurayshliklardan birovi o‘tib keta turib:
"Xushxabar! Muhammad bilan sahobalari adoyi tamom bo‘lishdi! Endi ular mag‘lub
bo‘lishi muqarrar!" — dedi. "Sen hali badaviylarning g‘alabasidan xushxabar
yetkazguvchi xabarchimisan? — deya o‘dag‘ayladi Safvon battar zardasi qaynab. Bor
yo‘qol, ko‘zimga ko‘rinma. Ikrima ibn Abu jahl qurayshlik mushrikning yo‘lini to‘sib:
"Musulmonlar o‘la qolsa mag‘lubiyatdan qutulolmaydi, deyapsanmi? Bu narsa sening
ilkingda tugul, jatto Muhammadning ham qo‘lida emas, balki Ollohning ixtiyorida.
Musulmonlar bugun yengilsa, ertaga g‘alaba qozonishi muqarrar", dedi. Suhayl ibn Amr
unga e’tiroz bildirib: "Ey Ikrima, hukm chiqarishga shoshilma, bu ishning oqibati nima
bo‘lishini bilmaysan-ku", dedi. Ikrima uning fikriga qo‘shilmadi. "Biz ilgari noto‘g‘ri yo‘lda
adashib-uloqib yurgan, aql-hushimizni ishlatmagan edik. Na foydasi, na zarari bor
butlarga cho‘qinib o‘zimizni laqillatardik. Endi ham esimizni yig‘ib olmaymizmi?" dedi u
qizishib.
Islom lashkarining oldingi safi to‘zib, musulmonlar mag‘lub bo‘lganligi haqidagi xabar
Makkaga yetib bordi. Jang maydonidan qochganlar qochib, qolganlar sarosimada edi,
biroq payg‘ambar alayhis-salom hamon joylaridan jilmay: "Men Abdulmuttalibning
o‘g‘liman, xudoning payg‘ambariman, yolg‘onchi emasman", deb turaverdilar.
Musulmonlar orasida Abbosning ovozi o‘tkir edi. Rasululloh unga: "Ansorlarni chaqir!"
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |