Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet245/246
Sana04.02.2022
Hajmi0,55 Mb.
#428633
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   246
Bog'liq
Nurul izoh

www.ziyouz.com kutubxonasi 
123
shukronasini tashqi ko‘rinishda ham ko‘rsatib o‘tganlar. Doimo chiroyli va pokiza kiyimlarda 
yurganlar. Bu haqda ham zamondoshlari guvohlik berib ketganlar. Shunday baland maqomga erishgan 
zot nihoyatda tavozeli, xokisor, kamtar bo‘lgan ekanlar. Ma’lumki, kishiga Alloh taolo fazilat berib, u 
qanchalik baland maqomga ko‘tarilsa, uiing hasadgo‘ylari ham shunchalik ko‘payadi. 
Imomimiz esa o‘shanday hasadgo‘ylarni ko‘rganlarida: "Bizlarni yomonlagan kishilarning gunohini 
Alloh kechirsin, bizlarni yaxshi ko‘rganlarni Alloh rahmat qilsin", deb duo qilar ekanlar. Ya’ni, 
yomoilikka yomonlik bilan javob qilmas ekanlar. 
Yana bir misol: halolni haromdan ajrata olmaydigan, o‘zi kambag‘al, bechora bo‘lsa ham, 
kalondimog‘, birovlarga ozor yetkazadigan kishilar bo‘ladi. Imomimizning ham bir qo‘shnilari bor 
ekan. U Alloh taolo harom qilgan ichkilikka giriftor, har kecha mast ekan. Imomi A’zam sha’nlariga 
hajvlar aytar, baqir-chaqir qilib, u zotga ozor berar ekan. Imomimiz toqat bilan uning haqoratlarini 
eshitaverar ekanlar. Ittifoqo, bir kuni qo‘shnining xonadonidan odatdagi baqir-chaqir, so‘kinish, 
haqorat sasi kelmay qolibdi. Imomimiz xavotirlanib, xabar oldiradilar. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shnisi 
badxulqligi tufayli mirshablar qo‘liga tushib, hibsga olinibdi. Imomi A’zam uni Xudo jazolabdi, deb 
qo‘ya qolmasdan, darhol amirning huzuriga boribdilar. Mening bir ayolmand kosib, kambag‘al 
qo‘shnimni qandaydir ayb bilan zindonband qilibdilar. 
O’sha qo‘shnimni ozod qiling, unga mening o‘zim kafilman, deb iltimos qilibdilar. Kufaning amiri, 
albatta, Imomi A’zamning kim ekanini bilar edi. Shuning uchun u kishining hurmatidan nafaqat 
badxulq qo‘shnini, balki keyingi ikki kun davomida hibsga olinganlarshshg hammasini qo‘yib 
yuboradilar. 
Shundap so‘ng u qo‘shniga Xudo insof beradi. U zindondan to‘g‘ri Imomi A’zamnnnghuzuriga 
keladi. Tavba qilib, Imomimizga shogird bo‘ladi. . 
Imomi A’zamning masala bobida beqiyos bo‘lganliklariga yana bir misol. Bu misol Imomimiz 
yashagan davr uchun ancha mushkul edi. Kufada bir ayol egizak farzand ko‘ribdi. Egazaklar bir-
birlariga bellaridan yopishgan holda tug‘ilibdilar. Hozir bundaylarni Siyom egizaklari deb atay1ilar. 
Biroz fursat o‘tgach, o‘sha ikki chaqaloqdan birining ajali yetib o‘ladi, ikkinchisi esa tirik. Agar bu 
holat bizning zamonda ro‘y bersa, darhol jarrohlar aralashib, masalani nashtar bilan hal qilib qo‘ya 
qoladilar. Lekin 1300 yil avval bo‘lgan voqea haqida ketyapti. Xullas, hamma hayron. O’likni qabrga 
qo‘ymoqchi bo‘lsalar, uning tirik sherigi bor. Ko‘mmasalar... 
Shunda hech kim jo‘yali bir javob aytolmagan mazkur masalaga Allohning ilhomi bilan Imomi 
A’zam javob qiladilar. U kishi, bu o‘lgan bola ko‘miladi, lekin shundoq ko‘miladiki, tirik bola yerning 
ustida qoladi, deydilar. Xuddi shunday ko‘madilar va Allohning qudrati bilan sanoqli kundan so‘ng yer 
o‘sha marhum farzandni tirik farzanddan ajralib oladi. Tirik bolaning hayoti mana shunday saqlab 
qolinadi. Keyin uni Imomi A’zamning o‘g‘li deb ataydilar. Imomimizning bu "o‘g‘li" uzoq yillar umr 
ko‘radi. 
Kufa viloyati va shahrining hokimi Ibn Hubaya Imomi A’zamga Kufa viloyatiga qozi bo‘lishini 
taklif qiladi taklifimni qabul qilmasangiz, zindonband bo‘lasiz, sizni har kuni o‘n darra uradilar, deb 
tahdid qiladi. Shunda lmomi A’zam, rahmatulloha alayh: "Allohning oxirat diyoridagi azobidan bu 
dunyodagi hokimning azobi yengil bo’ladi, men roziman", deydilar. 
Imomi A’zamni zindonband qilganlaridan so‘ng o‘n kun shomida hoklmning huzuriga olib borar 
ekailar. Hokim u zotdan: "O’ylab ko‘rdingizmi, endi qozi bo‘lishga rozimisiz" deb so‘rar ekan. Rad 
javobini eshitgach, g‘azablanar, yana o‘n darra urishga buyurar ekan. 
Imomimiz kaltaklanib, zindonga qaytganidan so‘ng yig‘lar ekanlar. Hamxonalari bu holatdan 
hayron. Nihoyat, Imomimizdan nega bunday qilayotganlarini so‘rashga jur’at qilibdilar. Axir sizga 
lavozim bermoqchilarku, uni tezroq qabul qiling, shu azoblardan qutuling, deyishibdi. Shunda Imomi 
A’zam rahmatullohi alayh: "Men kaltak zarbidan yig‘layotganim yo‘q. Onamga rahmim kelganidan 
yig‘layapman. U kishi mening zindonga tushganimdan, kaltaklanayotganimdan boxabarlar. Onam 
qanday chidayaptilar ekan! Meni mana shu narsa yig‘latyapti", degan ekanlar. Shu tariqa o‘n kunni 


Nurul Izoh 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish