Microsoft Word nurul izoh ziyouz com doc



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/246
Sana04.02.2022
Hajmi0,55 Mb.
#428633
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   246
Bog'liq
Nurul izoh

www.ziyouz.com kutubxonasi 
121
Imomi A’zam Abu Hanifa No’mon ibn Sobit 
Imomi A’zam Abu Hanifa No‘‘mon ibn Sobit, rahma-tullohi alayh, hijriy 80 yili Kufa shahrida 
dunyoga kel-ganlar. Dastlab ipak va jun matolar tijorati bilan shu-g‘ullandilar. So‘ngra Alloh uning 
qalbida ilmga muhabbat paydo qiladi. O’tkir zakovatli, teran tushunchali, sog‘lom va juda quvvatli 
dalillar topishqat’iyati bilan qiyosda, dalillardan yangi hukmlar chiqarishda tengsiz daho edilar. U 
kishining asl ismlari No‘‘mon, otalarining ismi esa Sobit, bobolarining ismi Zuto bo‘lgan. Zuto Qobul 
shah-rida tavallud topganlar. Qavmiyatlari, millatlari forslardan. Musulmonlar Qobulni 
fathetishganida, asir bo‘lib Kufa shahriga kelib qolganlar. Zuto Islom dinini qabul qilganlaridan so‘ng, 
uni qullikdan ozod qiladilar Zuto-dan Kufada Sobit ismli farzand dunyoga keladi. Sobitdan esa bizning 
Imomimiz — hazrat No’mon ibn Sobit, kunyalari Abu Hanifa, unvonlari Imomi A’zam bo‘lgan zot 
tavallud topdilar. 
Imomi A’zam Payg‘ambarimizning, alayhissalom, asri saodatlarida Kufada o‘sib-ulg‘ayganlar. Shu 
yerdagi eng katta ulamolardan dars oldilar. Ustozlari Kufa shahrining faqihi, katta muhaddis olim 
Hammod ibn Abu Sulaymon degan zot edi. Bu davrda ba’zi sahobalar hayot edilar. Jumladan, Kufa 
shahrida Imomi A’zam to‘qqiz nafar sahoba bilan muloqotda bo‘lganlar. 
Abu Hanifa, rahmatullohi alayh, o‘z mazhabini Kufada shakllantirdilar. U zot o‘z fiqh uslubini 
quyidagicha bayon qiladilar: "Avvalo Qur’oni karimga murojaat qilaman, agar lozim bo‘lgan dalilni 
undan topa olmasam, Payg‘ambarimizning, sollallohu alayhi va sallam, hadisi shariflariga murojaat 
qilaman. Qidirgan narsamni undan ham topa olmasam, sahobalardan birining so‘zini dalil sifatida 
olaman, ularning so‘zini qo‘yib, boshqalar aytgan so‘zni dalil o‘laroq qabul qilmayman. Zarur bo‘lgan 
tilni sahobalarning so‘zlaridan topa olmasam, boshqa tilarning so‘zlariga suyanmay, ijtihod qilgan 
inson kabi men ham ijtihod qilaman". Ahli sunna val jamoa mazhablari ulamolarini nomma-nom
 
sanasak, mazhabboshimizning darajasi yaqqol ayon bo‘ladi. Imomi A’zam Abu Hanifa, rahmatullohi 
alayh, 80 hijriy yilda tug‘ilganlar. 
Imom Molik ibn Anas, rahmatullohi alayh, 93-yilda tug’ilganlar. 
Imom Shofe’iy, rahmatullohi alayh, 150-yilda tug‘ilganlar. 
Imom Ahmad ibn Hanbal, rahmatullohi alayh, 164-yilda tug’ilganlar. 
Imom Shofe’iy shunday e’tirof qiladilar: "Odamlar hammalari — barcha ulamolar Qur’onu hadisni 
anglashida, masala ilmida Abu Hanifaga bola-chaqalikka yaraydi xolos. Abu Hanifa bilan raqobat 
qilish darajasiga yetgan inson yo‘q". 
Imom Molik ibn Anas, rahimahulloh, esa: "Men hadis ilmini bilishda, janob Rasulullohning oxirgi 
hadislarini yetkazishda, eng sahih hadislarini anglab yetishda Imomi A’zamga o‘xshagan boshqa 
insonni uchratmadim", dedilar va bu zot ham doimo Imomi A’zamni o‘zlariga ustoz sanaganlar. 
Janob Rasulullohning, sollallohu alayhi va sallam, ming adadli sahobasining 150 nafari, yana 
boshqa bir taxminga ko‘ra, 1500 nafari Kufada yashaganlar. Ularning ulug‘laridan Abdulloh ibn 
Mas’ud, roziyallohu anhu, Hazrati Ali karramallohu vajhahu, kabi ulug‘ zotlar ham rada istiqomat 
qilganlar. 
Demak, Imomi A’zam tarbiyalangan muhit — Kufa hadis ilmiga boy iqlim edi. Shuning uchun 
Imomimiz bari taqriban 4000 hadis rivoyat qilganlar. Abdulloh ibn Mas’ud, Abdulloh ibn Abbos, Abu 
Dardo, y ibn Ka’b, Abu Muso al-Ash’ariy, roziyallohu anhum, kabi sahobalar mujtahidlik maqomiga 
chiqqan edilar. Imomimiz bularning hammalaridan hadis rivoyat qilganlar. Hazrati Usmondan so‘ng 
xalifa bo‘lgan hazrati Ali Kufani Islom davlatining poytaxtiga aylantirdilar. 
Hazrati Ali xalifa sifatida Kufaga kirib kelgan davrda bu yerda to‘rt ming nafardan ziyod juda yetuk 
bilimli ulamo bor edi. Bularning barchasi Abdulloh ibn Mas’uddan, roziyallohu anhu, ta’lim olgan 
edilar. 
Imomn A’zam, rahmatullohi alayh, mana shunday iqlimda unib o‘sganlar. Rivoyatlarda kelishicha, 
Imomi A’zamning bobolari Zuto otalari Sobitni go‘daklik chog‘ida Hazrati Alining oldiga olib borib, 


Nurul Izoh 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   246




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish